ekran imkoniyati va tasvir imkoniyati tushunchalari mavjud. Ekran imkoniyati monitor, videoqurilma va operatsion sistema imkoniyatlariga bog`liq bo`lib, piksellarda o`lchanadi va ekranda to`liq holatda joylashadigan tasvir o`lchamini aniqlaydi. Tasvir imkoniyati – bu tasvirning xususiyati bo`lib, bir dyum uzunlikdagi kesmada nechta nuqta tasvirlanganligi (dpi) bilan o`lchanadi. Bu birlik grafik muharrir yoki skaner yordamida tasvir hosil qilish vaqtida belgilab olinadi. Tasvir imkoniyatining qiymati tasvir faylida saqlanib, tasvirning yana bir xususiyati – haqiqiy o`lchami bilan bog`liq bo`ladi. Tasvirning haqiqiy o`lchamipiksellarda yoki uzunlik o`lchov birliklari (millimeter, santimetr, dyum)da o`lchanadi. U tasvir hosil qilish vaqtida belgilanadi va tasvir fayli bilan birga saqlanadi.
Kompyuter grafikasida ekran imkoniyati va tasvir imkoniyati tushunchalari mavjud. Ekran imkoniyati monitor, videoqurilma va operatsion sistema imkoniyatlariga bog`liq bo`lib, piksellarda o`lchanadi va ekranda to`liq holatda joylashadigan tasvir o`lchamini aniqlaydi. Tasvir imkoniyati– bu tasvirning xususiyati bo`lib, bir dyum uzunlikdagi kesmada nechta nuqta tasvirlanganligi (dpi) bilan o`lchanadi. Bu birlik grafik muharrir yoki skaner yordamida tasvir hosil qilish vaqtida belgilab olinadi. Tasvir imkoniyatining qiymati tasvir faylida saqlanib, tasvirning yana bir xususiyati – haqiqiy o`lchami bilan bog`liq bo`ladi. Tasvirning haqiqiy o`lchami piksellarda yoki uzunlik o`lchov birliklari (millimeter, santimetr, dyum)da o`lchanadi. U tasvir hosil qilish vaqtida belgilanadi va tasvir fayli bilan birga saqlanadi.
Oq-qora shtrixli tasvir. Tasvirning har bir pikseliga bir bit axborot ajratiladi. Ma`lumki, bir bit yordamida ikki holatni kodlash mumkin:oq va qora rang. Tasvirning bunday turi Bitmapdeb ataladi. Bunday tasvirnng rang ko`lami bir bit bo`ladi. Nimrang tasvir. Nimrang (grayscale) tasvir pikseli 8 bit bilan kodlanadi, ya`ni uning rang ko`lami 8 bit. Tasvirning har bir pikseli 256 xil qiymat qabul qilishi mumkin. Bu qiymatlar kulrang shkala deyiladi. Bu shkala kulrangning 256 gradatsiyasiga ega bo`lib, ularning har biri 0 (qora) dan 255 (oq) gacha oraliqdagi yorug`lik qiymati bilan ifodalanadi. Bu oq-qora fotosuratni aniq tasvirlash uchun yetarlidir.