Bugungi kunda korxona faoliyatini kompleks avtomatlashtirish masalasini hal qilishga ikki xil yondashish mavjud:
• korporativ tizimni o'z kuchlari bilan bosqichma-bosqich ishlab chiqish (jumladan, tashqaridagi firmalar va tashkilotlarning alohida ish joylarini yoki ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beradigan tayyor yoki buyurtma dasturiy mahsulotlaridan foydalanish)
• korporativ darajadagi tayyor axborot tizimini joriy etish.
Birinchi yondashuvning afzalligi shundaki, o'z kuchlari bilan yaratilayotgan tizimda muayyan korxona ishining o'ziga xos xususiyatlari va ehtiyojlarini yuqori darajada hisobga olish mumkin bo’lardi.