• har qanday axborot tizimi tizimlarni tuzishning umumiy tamoyillari asosida tahlil qilinishi, tuzilishi va boshqarilishi mumkin;
• axborot tizimi dinamik va rivojlanib boradigan tizim hisoblanadi;
• axborot tizimlarini tuzishda tizimiy yondashuvdan foydalanish zarur;
• axborot tizimining mahsuloti axborot bo'lib, uning asosida qarorlar qabul qilinadi;
• axborot tizimini axborotga ishlov berishning odam-kompyuter tizimi sifatida qabul qilish zarur.
Zamonaviy axborot tizimlari ulardan foydalanadigan korxonalarga ilgari o'zlari foydalana olmagan bir qator yangi imkoniyatlar va sifatlarni berishi mumkin, xususan axborot tizimi quyidagilarga yordam berishi mumkin: