Axborot tizimlari tushunchasi «Tizim»



Yüklə 137,7 Kb.
səhifə1/12
tarix07.01.2024
ölçüsü137,7 Kb.
#207028
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Axborot tizimlari tushunchasi «Tizim»


Bilet №1

  1. Axborot tizimi xaqida umumiy tushuncha

  2. Tarmoqning dasturiy ta’minoti

  3. Global tarmoq texnologiyasi


  1. Axborot tizimlari tushunchasi


«Tizim» deganda bir vaqtning oʻzida ham yagona yaxlit deb qaraladigan har qanday ob’ekt, ham qoʻyilgan maqsadlarga erishish manfaatlarida birlashtirilgan turli elementlar majmui tushuniladi.
Ma’lumki, bugungi kunda koʻplab turli xil tizimlar yaratilgan boʻlib, ular oʻz tarkibi va bosh maqsadlari boʻyicha bir-biridan farqlanadi. Masalan, quyidagi jadvalda bir necha tizimlarga namunalar keltirilgan.
1- jadval

Tizim

Tizim elementlari

Tizimning bosh
maqsadi

Firma

Odamlar,jixozlar,materiallar,binolar
va boshqalar

Tovarlar ishlab
chiqarish

Kompyuter

Elektron va elektr mexanik elementlar, aloqa liniyalari va
boshqalar

Ma’lumotlarga ishlov berish

Telekommuniktsiya tizimi

Kompyuterlar, modemlar, kabellar,tarmoq dasturiy ta’minoti
va boshqalar

Axborot uzatish



Axborot tizimi



Kompyuterlar, kompyuter tarmoqlrai, odamlar, axborot va
dasturiy ta’minot

Professional axborot ishlab
chiqarish

«Tizim» tushunchasi keng tarqalgan va juda koʻplab ma’nolarda qoʻllaniladi. Axborot tizimlariga nisbatan qoʻllanilganda aksariyat hollarda texnik vositalar va dasturlar toʻplami nazarda tutiladi. Kompyuterning faqat apparat qismini tizim deb atash mumkin. Muayyan amaliy vazifalarni bajarish uchun hujjatlarni yuritish va hisob-kitoblarni boshqarish jarayonlari bilan toʻldirilgan koʻplab dasturlarni ham tizim deb hisoblash mumkin.


Har bir tizim toʻrt asosiy qismdan iborat:

    • kiritish;

    • ishlov berish;

    • chiqarish;

    • teskari aloqa.





teskari aloqa
Axborot tizimining maqsadi – muayyan professional faoliyat bilan bog’liq boʻlgan professional axborot ishlab chiqarish. Axborot tizimlari har qanday sohadagi vazifalarni hal qilish jarayonida zarur boʻladigan axborotni toʻplash, saqlash, ishlov berish, chiqarib berishni ta’minlaydi.
Axborot tizimi – qoʻyilgan maqsadlarga erishish yoʻlida axborotni toʻplash, saqlash, ishlov berish va chiqarishda foydalaniladigan vositalar, usullar va xodimlarning oʻzaro bog’liq majmui.
Bugungi kundagi zamonaviy axborot tizimi tushunchasi axborotga ishlov berishning asosiy texnik vositasi sifatida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishni koʻzda tutadi. Yirik tashkilotlarda shaxsiy kompyuterlar bilan bir qatorda axborot tizimining texnik bazasi tarkibiga meynfreym yoki super elektron hisoblash mashinalari kirishi mumkin. Bundan tashqari, agar ishlab chiqarilayotgan axborot foydalanuvchisi boʻlgan va usiz bu axborotni olish va taqdim etish mumkin boʻlmagan odamning roli hisobga olinmas ekan, axborot tizimi texnikaviy timsolining oʻzi hech qanday ahamiyatga ega boʻlmay qoladi.
Tashkilot deganda umumiy maqsadlar yoʻlida birlashgan va umumiy moddiy hamda moliyaviy vositalardan moddiy va axborot mahsulotlarini hamda xizmatlarini ishlab chiqarish uchun foydalanadigan odamlar hamjamiyati tushuniladi. Matnda ikki soʻz - «tashkilot» va «firma» soʻzlari teng ma’nolarda qoʻllaniladi.
Kompyuterlar va axborot tizimlari oʻrtasida farq mavjudligi ravshandir. Kompyuterlar ixtisoslashgan dasturiy vositalar bilan jihozlangan boʻlib, axborot tizimlari uchun texnikaviy baza va vosita hisoblanadi. Kompyuterlar va telekommunikatsiyalar bilan ish olib boradigan xodimlar har qanday axborot tizimining majburiy tarkibi hisoblanadi.
Axborot tizimlarining qoʻllanish sohalari turli-tumandir. Shuningdek, har bir tizimga xos boʻlgan xususiyatlar va oʻziga xosliklar ham turli-tumandir. Muayyan axborot tizimining xususiyatlari majmuini belgilovchi koʻplab omillar orasida uchta asosiy omilni ajratib koʻrsatish mumkin, bular: tizimning texnik darajasi; ishlov berilayotgan axborot xarakteri; axborotning ishlatish maqsadlari, ya’ni ushbu tizim hal qilishda yordam berishi moʻljallangan vazifalar doirasi. Sanab oʻtilgan omillar ham tizimning oʻzida, ham foydalanuvchilar uchun taqdim etiladigan axborot shaklining, axborotga ishlov berish jarayonlari xarakterining va tizimning tashqi muhit bilan oʻzaro aloqasining, tizimning algoritmik va dasturiy ta’minoting tarkibini belgilab beradi.
Texnika darajasi boʻyicha axborot tizimlari kuyidagi tizimlarga boʻlinadi:

  • dastaki;

  • mexanizatsiyalashgan;

  • avtomatlashtirilgan;

  • avtomatlashgan.

Tizimni sanab oʻtishi tartibi ular yaratilishining tarixiy ketma-ketligini aks ettiradi.
Dastaki axborot tizimlarida axborotga ishlov berishning barcha jarayonlari qoʻlda bajariladi. Qoʻlda ishlov beriladigan tizimlarning axborot massivlari hajmi uncha katta boʻlmaydi, ma’lumotlar turli tipdagi eltuvchilarda saqlanadi. Bunday tizimlarda axborotni qidirish uchun oddiy selektiv moslamalardan foydalaniladi.



Yüklə 137,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin