Bilet №3 Avtomatlashtirilgan axborot tizimining tasniflanishi.
Tarmoq topologiyasi
Transport sathi haqida tushunchalar
Avtomatlashtirish – bu inson ish faoliyatini mashina va mexanizmlar bilan almashtirish demakdir. U texnik, tashkiliy va iqtisodiy mazmundagi hatti – harakatlar hamda tadbirlar komplek-sidan iborat bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni, boshqaruv jarayonining u yoki bu ishini amalga oshi-rishda inson ishtirokini qisman yoki butunlay cheklash imkonini beradi.
1.3- j a d v a l.
Mahsulot ishlab chiqarish uchuy texnologiya komponentlari
Moddiy mahsulot
Axborot mahsuloti
Xom ashyo va materiallar tayyorlash
Ma’lumotlar yoki boshlang‘ich axbo-rotni yig‘ish
Moddiy mahsulot ishlab chiqarish
Ma’lumotlarni kanta ishlash va yakuniy axborotga ega bo‘lish
Iste’molchilarga ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish
Uning asosida qaror qabul qilish uchun yakuniy axborotni uzatish
Avtomatlashtirish qachon zarur bo‘ladi? Quyidagi hollarda boshqaruvni avtomatlashtirish, demak, axborot tizimini, texnologiyani avtomatlashtirish zarur bo‘ladi:
insonning fiziologik va psixologik imkoniyati mazkur jarayonni boshqarish uchun yetarli bo‘lmasa;
boshqaruv tizimi inson hayoti va salomatligi uchun xavfli muhitda bo‘lsa;
boshqaruv jarayonida ishtirok etish kishidan uta yuqori malakani talab etsa;
boshqarish kerak bo‘lgan jarayon uta tang yoki avariya holatida bo‘lsa.
Texnologiya; moddiy ishlab chiqarish; axborot texnologiyasi; moddiy resurslar; mahsulot; axborot mahsuloti; texnologiya komponentlari; avtomatlashtirish.