Axborot tizimlari


Axborot tizimining umumiy ko‘rinishi



Yüklə 3,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/96
tarix11.10.2023
ölçüsü3,4 Mb.
#154125
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   96
G.H.To\'rayueva, D.H.Fayziyeva AXBOROT TIZIMLARI (o\'quv qo\'llanma) 2023

 
Axborot tizimining umumiy ko‘rinishi 
 
Materiallar xaridi Narx qo‘shilishi Mahsulotni sotish 
 
Yetkazib beruvchilar Buyurtmachilar 
 
Yangi axborot texnologiyalarining infratuzilmasi bilan 
bog‘liq boshqaruv muammolari.
Kompaniyani elektron tijorat va 
biznesga murojat etish AT-infratuzilmasini qayta ko‘rib chiqishga 
undaydi. Ko‘pgina kompaniyalarda eski dasturiy va texnik vositalar 
SCM 
ERP 
CRM/SCM 


88 
hamda tarmoq vositalari yaxshi ishlaydi. Buyurtmachi va yеtkazib 
beruvchilar bilan muammosiz aloqani ta’minlovchi korporativ biznes 
jarayonlarni qo‘llash uchun kompaniya axborot arxitekturasi va AT 
texnologiyalarini qayta ko‘rib chiqishi zarur bo‘ladi. 
Shuningdek, quyidagi muammolarni hal etishi kerak: 

axborot tizimlarini ishlatish jarayonlarida rahbar tomonidan 
nazoratni еtarli emasligi; 

dasturlar integrallashuvini muammosi va o‘zaro bog‘liqligi; 

tashkiliy o‘zgarishlarni kiritish zarurati; 

korporativ kompyuter hisob-kitoblari bilan bog‘liq ichki xarajatlar; 

infratuzilmani masshtablashtirish jarayonida vujudga keladigan 
qiyinchiliklar; 

ishonchlilik va xavfsizligi; 

muammolarni izohlash va boshqalar. 
Tarmoq va standartlarni nomutanosibligi aloqa muammolarini 
vujudga keltiradi. Tashkilot reinjineringi bo‘yicha imkoniyatlar paydo 
bo‘ladi. Bu esa xodimlarga to‘lovlar va tizim, tarmoqni boshqarish 
bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarga olib keladi. 
Menejerlar korporativ tarmoqlarni bandligining o‘sishini nazarga 
olgan holda strategiyani ishlab chiqishi zarur. Tarmoq infratuzilmasi 
nafaqat joriy so‘rovlarni, balki kelajakdagi talablarni ham qondira 
olishi kerak. 
Xavfsizlik korxonada birlamchi ahamiyatga ega, buning uchun 
katta tranzaksiyalar o‘tkazuvchi katta tarmoqlarga quyidagi yеchimlar 
taklif etiladi: 
SCM/ERP CRM/SCM 

boshqaruvni o‘zgartirish; 

malaka oshirish va treyning; 

ma’lumotlarni boshqarish qoidalari; 

aloqani rejalashtirish va dasturlarni integrallashuvi. 
Axborot texnologiyalari yordamida korxonalarni boshqarish 
tizimli dasturiy ta’minot va kompyuter va telekommunikasiya 
texnologiyalarini rivojlantirish asosida boshqarish vazifalarini hal etish 
uchun ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va 
axborotni muhofaza qilish, bilim usullari va vositalari majmuini tashkil 
etishdan 
iboratdir. 
Boshqaruvda 
axborot 
texnologiyalari 
avtomatlashtirilgan tarzda tez-tez ishlatiladi, ya’ni texnik va dasturiy 


89 
vositalardan foydalangan holda boshqarish texnologiyalarini amalga 
oshirishni ko‘zda tutadi. 
Umuman olganda, axborot texnologiyalari 

bu ma’lumotlarni 
boshqarish va qayta ishlash texnologiyasidir. Odatda bu atama ostida 
kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari 
sohasida turli axborotni elektron hisoblash mashinalari (EHM) va 
kompyuter tarmoqlari orqali yig‘ish, saqlash, himoyalash, qayta 
ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi. Axborot 
texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash-tashkiliy 
texnikadan tashqari aloqa vositalari telefon, teletayp, telefaks va 
boshqalar qo‘llaniladi. 
Axborot 
texnologiyalari 
insoniyat 
taraqqiyotining 
turli 
bosqichlarida mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, hozirgi zamon axborotlashgan 
jamiyatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, sivilizasiya tarixida 
birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan 
kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga 
sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot 
texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida еtakchi o‘rinni 
egallamoqda. Axborot texnologiyalarining industriyasi majmuini 
komp’yuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar bazasi, bilimlar bazasi va u bilan 
bog‘liq faoliyat sohalari tashkil qiladi. 
Bugungi kunda axborot texnologiyalarini shartli ravishda 
saqlovchi, rasionallashtiruvchi va yaratuvchi turlarga ajratish mumkin. 
Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni va vaqtni 
tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar 
buyurtma qilish, mehmonxona hisob-kitoblari tizimlari misol bo‘la 
oladi. Yaratuvchi (ijodiy) axborot texnologiyalari axborotni ishlab 
chiqaradigan, undan foydalanadigan va insonning tarkibiy qism sifatida 
o‘z ichiga oladigan tizimlardan iborat. 
Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda 
yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish 
zarurligini ko‘rsatmoqda. Jamiyatni axborotlashtirish deganda, 
axborotdan 
iqtisodiyotni 
rivojlantirish, 
mamlakat 
fan-texnika 
taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish 
jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatida 
foydalanish tushuniladi. 


90 
Korxona 
boshqaruvi 
uchun 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalarining asosiy vazifalari kerakli ma’lumotlarni qidirish, 
to‘plash, qayta ishlash, saqlash, yangi ma’lumotlarni ishlab chiqish va 
optimallashtirishning turli xil muammolarini hal etishdan iboratdir. 
Vazifa nafaqat vaqtni sarflaydigan, muntazam takrorlanadigan, 
ma’lumotlarni 
qayta 
ishlash 
operatsiyalarini 
tanlash 
va 
avtomatlashtirish, balki samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish 
uchun zarur bo‘lgan yangi ma’lumotlarni olish uchun ularni qayta 
ishlash orqali ham amalga oshiriladi. 
So‘nggi o‘n yil ichida axborot-kommunikasiya texnologiyalari 
yordamida korxonalarni boshqarish, boshqaruvda sezilarli darajada 
imkoniyatlarni yaratmoqda, chunki ular barcha darajadagi menejerlarga 
va korxonalarning rahbarlariga eng yaxshi va muqobil boshqaruv 
qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy 
axborotni qayta ishlash va tahlil qilishning so‘nggi usullari bilan 
ta’minlanib kelinmoqda. Bugungi kunda axborot texnologiyalarini 
boshqaruvga tatbiq etish xarajatlari nafaqat to‘lash, balki daromad olish 
imkonini ham bermoqda. Ma’lumki, yirik g‘arbiy korporatsiyalar 
korporativ axborot tizimlarini ishlab chiqish va rivojlantirish uchun har 
yili yillik aylanma mablag‘larining 1,5 dan 4 foizi miqdorida sarflaydi. 
Axborot-kommunikasiya 
texnologiyalari 
boshqa 
turdagi 
texnologiyalarning funksional tarkibiy qismlari (masalan, ishlab 
chiqarish, tashkiliy, ijtimoiy) va ularning intellektual yadrosi rolini 
o‘ynaydi. 
Axborot texnologiyalari yordamida korxonani boshqarish uchun 
obyektni batafsil tahlil qilish, boshqaruv vazifalari va tuzilmasini 
o‘rganish, shuningdek, axborot oqimlarini boshqarishni taqozo etadi. 
So‘rov materiallarini tahlil qilish asosida axborotni boshqarish modeli 
ishlab chiqilib, u axborotni qayta ishlash vazifalari va yangi axborot 
oqimlari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatadi.
Korxonalarga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini jalb 
qilishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 
1. Operaysion nazorat qilish tamoyili (real vaqtda boshqaruvga 
asoslanadi). 
2. Boshlang‘ich boshqaruv tamoyili (nazorat qilish obyektining 
holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish, uning 
holatini modellashtirish va prognozlashtirish, nazorat qilish tadbirlarini 
rejalashtirish, ularni amalga oshirish bo‘yicha qarorlarni qabul qilish 


91 
uchun bevosita qo‘llab-quvvatlash, ijrochilarga ularning yеchimlarini 
taqdim etish va vaqtida bajarilishini nazorat qilishdan iboratdir). 
3. Korxonalarda tashqi va ichki muhit ta’siri o‘zgarishini hisobga 
olib nazorat qilish tamoyili. 
4. Vertikal va gorizontal aloqa liniyalari va korxona oqimlarining 
o‘zaro bog‘liqligini amalga oshirish imkonini beradigan tarmoqni 
boshqarish tamoyili. 
Ta’kidlash kerakki hozirgi vaqtda korxona boshqaruvida quyidagi 
axborotni boshqarish tizimlari ishlatiladi: 

Yüklə 3,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin