Axborot tizimlari



Yüklə 3,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/96
tarix11.10.2023
ölçüsü3,4 Mb.
#154125
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   96
G.H.To\'rayueva, D.H.Fayziyeva AXBOROT TIZIMLARI (o\'quv qo\'llanma) 2023

132 
 
6.14-rasm. Korxonadagi barcha moliyaviy ishlarni yaxlit tizimga 
birlashtirish 
Korxona rahbari korxona faoliyati bo‘yicha moliyaviy 
ma’lumotlarni ko‘rmoqchi bo‘lsa, u korxona bo‘limlari tayyorlagan 
ko‘plab hisobotlarni olishi, o‘rganishi mumkin. Chunki korxonadagi 
har bitta bo‘lim o‘z hisobotini yuritadi va bu bilan ular umumiy 
faoliyatga ma’lum bir miqdorda o‘z hissalarini qo‘shishadi. Demak, 
korxonadagi aynan biron bo‘lim qanchalik samarador ishlayotgani, u 
foyda keltiryaptimi yoki ziyonga ishlayaptimi aniqlash ERP tizimlari 
orqali juda oson va aniq kechadi. Chunki korxonada ma’lumotlar bazasi 
yagona bo‘lib, biron-bir bo‘lim yoki xodim undagi ma’lumotlarni 
o‘zboshimchalik bilan deyarli o‘zgartira olmaydi. 
ERP tizimlar orqali ishlab chiqarish jarayoniga standartlarni 
joriy etish 
Bu imkoniyat katta korxonalarda juda zarur bo‘lib, bunga sabab 
korxonaning filiallari va bo‘limlari bir-biridan uzoqda joylashgan 
bo‘ladi. Bunday hollarda har bir filial yoki bo‘lim ish jarayonini 
boshqarish uchun har xil turdagi dasturiy ta’minotlardan foydalanishi 
mumkin va bunda juda ko‘plab chalkashliklar va muammolar yuzaga 


133 
keladi. Shu muommolarni hal qilish(oldini olish) uchun ERP tizimlar 
ishlatilinadi. Internet tizimi orqali kerakli ma’lumotni hech qanday 
qiyinchiliklarsiz olish mumkin. 
ERP yordamida xodimlarni boshqarish tizimida standart-
larni joyir etish 
ERP tizimlarida hamma vazifalarni xodimlar bilan birlashtirish 
imkoniyati mavjud bo‘lib, ular yordamida xodimlarni tanlab olish
ularni qayta tayyorlash, ularni kelajakdagi professional rivojlanishlarini 
belgilab qo‘yish mumkin. Bundan tashqari, ERP tizimlar orqali har 
bitta xodim ish faoliyatini samaradorligini hisoblash(aniqlash) 
mumkin. 

Yüklə 3,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin