1 TARIX SOHASIDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING
Axborot katta oqimlarining vujudga kelishiga:
Axborot katta oqimlarining vujudga kelishiga:
Bilimlarning turli sohalari bo’yicha davriy nashrlarning ko’payib borishi; masalan, ХХ asr boshlarida ilmiy xodim uchun fizika sohasida chop etiladigan 10 tagacha oylik jurnal bilan tanishib borish yetarli hisoblangan bo’lsa, asr oxiriga kelib, bu ro’rsatkich 100 ga yetdi.
Ilmiy va amaliy faoliyat natijalari e’lon qilinadigan kitob, hujjatlar, hisobotlar, dissertatsiyalar va boshqalar miqdorining katta tezlik bilan ko’payib borishi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan XX asr o’rtalaridagi ushbu holatni «Informatsion portlash» deb ham atashadi. Mutaxassislar fikriga ko’ra, 1900 yilgasha bilimlarning to’planishi va rivojlanishi juda sekinlik bilan borgan bo’lsa, 1900 yildan keyin har 50 yilda 2 baravarga, 1950 yildan keyin har 10 yilda 2 baravarga, 1970 yildan boshlab, har 5 yilda, XX asr oxiridan boshlab har yili 2 baravarga ortib bormoqda. Axborot inqirozi bir qancha salbiy holatlarni keltirib chiqardi. Ular orasida:
insonning chegaralangan qabul qilish va qayta ishlash imkoniyatlari bilan doimiy ko’payib boruvchi axborot oqimlari o’rtasidagi qarama-qarshilik;
axborot tarqalishiga halaqit beruvchi iqtisodiy, siyosiy va boshqa to’siqlarning mustahkamlanishi va boshqa birqancha muammolariga ajratish mumkin. Axborotlashgan jamiyat vazifalaridan biri – inqiroz oqibatlarini yumshatishdan iborat.
Zamonaviy jamiyat axborot resurslari. Resurs bu – qaysidir vositalarning manbasi yoki zahirasidir. Har qandar jamiyat, davlat, firma yoki jismoniy shaxs o’z hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan ma’lum resurslarga ega bo’ladi. An’anaviy resurslarga xom ashyo (tabiiy) resurslar, energetik resurslar, mehnat resurslari, moliyaviy resurslar kabi material resurslar kiradi. Bularga qo’shimcha ravishda zamonaviy jamiyatning muhim resurs turi bu – axborot resurslaridir. Vaqt o’tishi bilan axborot resurslarining ahamiyati ortib boradi; buning tasdig’i sifatida zamonaviy jamiyatning hozirgi bosqichida axborot resurslari narxi material resurslaridan past bo’lmagan tovar ekanligi faktini keltirishimiz mumkin. «Axborot resurslari» tushunchasiga turli ta’riflar berilgan bo’lib, «Axborot, axborotlashtirish va axborot xavfsizligi to’g’risida»gi gonunda keltirilgan ta’rifga asosan: «Axborot resurslari» – axborot tizimlaridagi hujjatlar va hujjat massivlaridan iborat. Axborot tizimlari– kutubxonalar, arxivlar, fondler, berilganlar bazalari va boshqalardan iborat.