1 TARIX SOHASIDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING
Jamiyatning axborot resurslari boshqa material resurslari kabi strategik ahamiyatga egadir. Ammo axborot resurslari va boshqa turdagi resurslar o’rtasida juda muhim farq mavjud: axborot resursidan boshqa har qanday resurs foydalanilgandan keyin yo’qoladi (yoqilg’ini yoqish, sarflangan mablag’ va boshqa), axborot resursi esa kamaymaydi, aksincha ortib boradi.

Undan ko’p marta foydalanish, cheksiz marta nusxa ko’chirish mumkin. Axborot resurslarini klassifikatsiya qilishga qanchalik urinmaylik, bu klassifikatsiya to’liq bo’la olmaydi. Klassifikatsiya asosiga quyidagilarni qo’yish mumkin:
tarmoqlar printsipi (fan, sanoat, ijtimoiy soha va hokazo asosida);
taqdim etilish shakli bo’yicha (axborot tashuvchi turi, formallashganlik darajasi, qo’shimcha izohlanganligi va hokazo xususiyatlar bo’yicha) va boshqa prinsiplar.
Har bir sinf bo’yicha yana qo’shimcha ichki tiplashtirishni bajarish mumkin. Masalan, Internet resurslarini vazifasi va taqdim etilish shakli bo’yicha:
Milliy axborot resurslari axborot resurslari sohasidagi eng yirik kategoriya bo’lib hisoblanadi. Ushbu tushuncha XX asr 80-yillarida vujudga kelgan bo’lib, rivojlangan mamlakatlardagi axborot massasi, axborotni uzatish va qayta ishlash vositalarining rivojlanish darajasi ushbu ko’rsatkich bilan o’lchanadigan bo’ldi. Milliy axborot resurslari klassifikatsiyasini quyidagi shaklda amalga oshirish mumkin:

arxivlar mamalakat tarixi va madaniyati bilan bog’liq bo’lgan ko’p asrlik axborotlarni saqlaydi. Bu turdagi axborotlarning to’planish tezligi ko’pincha ularni qayta ishlash tezligidan katta bo’ladi;
ilmiy-texnikaviy axborot ko’p sonli maxsus nashrlar, patent xizmatlari va hokazolarni saqlaydi;
huquqiy axborot qonun hujjatlari, kodekslar, normative aktlar va hokazolarni o’zida saqlaydi (qarang: 3.-rasm).