167
13- bob Neyron tarmoq texnologiyalari
13.1 Neyron to’rlarini tashkil qilish to’g’risida ma’lumot
Odam miyasi juda murakkab tuzulishga ega. Uning qanday ishlashini o’rganish
maqsadida juda ko’p ilmiy izlanishlar olib borilgan va borilmoqda. Ma’lumki
inson
miyasi katta xajmdagi axborotni tez qayta ishlay oladi. Bunga sabab millionlab miya
nerv xujayralari - neyronlarning parallel ishlashidir [24,34].
Sun’iy neyronlarning g’oyaviy asosi xam biologik neyron xujayralari
xisoblanadi. Bugungi kunda miyaning ishlashini o’rganish yo’lida
fan erishgan
yutuqlardan kelib chiqib biologik neyron quyidagicha ishlashini aytish mumkin. Nerv
xujayrasi - neyron bo’lib, u ma’lumotlarni qayta ishlovchi eng kichik birlikdir. O’z
o’rnida xar bir neyronda ko’plab o’simtalar bo’ladi. Bu o’simtalarning bittasidan
boshqa barchalari akson deb nomlanadi va aksonlar orqali
neyronga tashqi signallar
keladi. Bitta o’simta dendrid deb nomlanadi va u orqali neyron tashqariga signal
beradi. Ko’plab neyronlar bir birlari bilan ma’lum arxitekturada bog’langan bo’ladi.
Bir neyronning aksoni boshqa bir neyronning dendridiga bog’langan nuqtalari sinaps
deyiladi.
SHu tariqa millionlab neyronlar bir-birlari bilan bog’lanib ma’lum bir
arxitekturadagi
Dostları ilə paylaş: