188
Tashqi audit deganda hisobotlarning ishonchliligi, to’laligi va mavjud qonun
asosida aniqlash maqsadida xo’jalik sub’ektining xolisona ekspertiza o’tkazish va
chop qilinadigan moliyaviy hisob – kitoblarni tahlil qilish, shuningdek, hisob – kitob,
soliq,
moliya,
tashkiliy
va
boshqa
masalalar
bo’yicha
maslahatlashish
tushiniladi[18,29].
Tashqi audit bo’yicha shartnoma quyidagi buyurtmachilar bilan tuzilishi
mumkin:
korxona egalari bilan;
korxona raxbarlari bilan;
davlat soliq xizmatchilari va mudofaa iqtisodiy ob’ektlari bilan;
tijorat banklari bilan.
Kompyuter tizimlarida amalga oshirish uchun tashqi auditning quyidagi asosiy
vazifalarini ajratish mumkin:
- taxrirlanayotgan muddat mobaynida raxbariyatning va moxir
mutahassisligini baholash;
- korxonada qo’llanilayotgan hisobot tizimi va
qisman hisob-kitoblarning
to’g’riligini baholash;
- hisob – kitob hujjatlarida moliyaviy – xo’jalik operatsiyalarini tasdiqlashda
hisobot xodimlarining faoliyatini to’gri baholash;
- korxona moliyaviy – xo’jalik xolatini yaxshilash va voqealarning keyingi
bashoratlanishi bo’yicha maslahatlarning zarurligi.
Ichki audit tashqi auditdan farqli ravishda korxonaning mutahassislik yoki
boshqaruv bo’limi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. U korxonani moliyaviy
xolatini, sarf – harajat manbalarini, boshqaruv tizimi
nazoratini, rezervlarni aniqlash
va raxbariyatning korxona iqtisodiy samaradorligini oshirish bo’yicha tavsiyalar bilan
ta’minlashni ichki xo’jalik nazoratiga mo’ljallangan.
Ichki auditning vazifasini aniqlash korxona faoliyatining mazmuni, mijozlar,
xodimlar, investorlarga bo’lgan majburiyatlariga bog’liq.
Ichki auditning vazifalarini boshqarish usullari – bu rejalashtirish, hisob – kitob,
nazorat va taxlildir, chunki ular yordamida harajatlar va ularni qoplash summasi
hisoblanadi.
Auditning umumqabul qilingan pogonalari quyidagilar:
- rejalashtirish;
- hisob tizimlari va ichki nazorat tizimlarini baholash;
- moliyaviy hisobotlarni tekshirish;
- auditorlik guvoxnoma (xulosa)sini olish.
Bu pogonalarning har biriga mos keluvchi standartlar ishlab chiqilgan bo’lib,
ular uch guruxga bo’linadi:
1.
Umumiy standartlar.
2.
Auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish bo’yicha standartlar.
3.
Hisobotlar tuzish bo’yicha standartlar.
Auditorlik faoliyatini kompyuterlashtirish tizimi
quyidagi komponentlardan
tuzilishi lozim:
1. Audit jarayonini gavdalantirish uchun iqtisodiy – matematik, iqtisodiy –
tashkiliy va axborotlashtirilgan modellar;
189
2. Modellarni amalga oshirishni ta’minlash uchun texnik, dasturiy,
axborotlashtirilgan va boshqa vositalar.
SHu tasavvurlardan kelib chiqqan holda kompyuter tizimi funktsional va
ta’minlovchi qismlardan tashkil topishini aytish mumkin. Funktsional qism
uslubiyatlar, auditni bajarish usul va xollari majmuidan
tashkil topadi hamda ular
axborotlashgan va matematik modellar, standartlar, normalar va h.k.larda
ta’minlanadi. Ta’minlovchi qism esa audit funktsiyalarini amalga oshirish uchun
mo’ljallangan bo’lib, u axborotlashgan, dasturiy, texnik va boshqa ta’minotlardan
tashkil topishi kerak.
Auditorlik faoliyatini kompyuterlashtirish tizimini qurishning tashkiliy formalari
erishiladigan
maqsadlarga
bogliq,
chunki
auditorlik
masalalarining
klassifikatsiyasidan ko’rinadiki, barcha tizimlar ikki sinfga bo’linishi mumkin:
- tashqi audit auditorlik faoliyatini kompyuterlashtirish uchun tizimlar;
- ichki auditni kompyuterlashtirish tizimi.
Axborotlashgan bazani tashkil qilish usullariga bog’liq
holda bu sinflarni
kompyuterlashtirish turli xil formalarda bo’lishi mumkin. Axborotlashgan baza
quyidagi ko’rinishda amalga oshirilishi mumkin:
- lokal fayllar yig’indisi – bir turdagi hisobot hujjatlari va ishlab chiqilgan
standart vositalarning operatsion tizim va amaliy dasturda ifodalanishi;
- ma’lumotlar bazasi, maxsus kriteriy va MBBT ishlab chiqilgan dasturlarga
asoslangan birlamchi hujjatlarda ifodalanishi;
- qoidalar bazasi, ekspert – auditorni qoidalar va mantiqiy dasturlash vositalari
yordamida ishlab chiqarilgan bilimlarni ifodalanishi.
Dostları ilə paylaş: