Axborot tizimlari


rasmda boshqaruvning kibernetik modeli



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/155
tarix20.08.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#140024
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

rasmda boshqaruvning kibernetik modeli 
keltirilgan.


62 
Boshqarish jarayoni muayyan maqsadga erishishga yo’naltirilgan. SHundan 
kelib chiqib boshqarish jarayonini boshqariladigan ob’ektdagi jarayonga muvofiq 
keluvchi maqsad va hajm o’rtasidagi farqni kamaytirishga intilish sifatida ko’rib 
chiqish mumkin.
Boshqarish jarayonida to’g’ri va teskari aloqa kanallari bo’yicha tizimning 
boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlari o’rtasida axborot almashinuvi kechadi. 
Oldiga qo’yilgan maqsadlarni bajarish uchun tizimning boshqaruvchi qismi 
boshqariluvchi ob’ektga axborot uzatishning to’g’ri kanali bo’yicha boshqaruvchi 
ta’sirlar jo’natadi. Teskari aloqa kanali bo’yicha boshqariluvchi ob’ektdan boshqarish 
jarayoni holati va boshqaruvchi ta’sir bajarilishi natijalari haqida axborot kelib 
tushadi.
Demak, boshqarish mohiyatini boshqariluvchi ob’ektga boshqaruvchi ta’sir 
ko’rinishida etkaziluvchi qarorlar qabul qilish uchun barcha kelib tushuvchi axborotni 
tizimning boshqariluvchi qismida qayta ishlash, deb izohlash mumkin.
4.4-rasm. Boshqaruvning kibernetik modeli 
Iqtisodiy ob’ektning axborot tizimi.
Axborot konturi doirasida boshqarish 
maqsadlari xaqida, boshqariluvchi jarayon holati xaqida, boshqaruvchi ta’sirlar 
xaqida axborotga ega bo’linadi va uzatiladi. Axborot konturi axborotlarni yig’ish, 
uzatish, qayta ishlash va saqlash vositalari, shuningdek, axborotlarni ishlovchi 
xodimlar bilan birgalikda mazkur 
iqtisodiy ob’ektning axborot tizimini
tashkil etadi. 
Bu tizim dinamik rivojlanuvchidir, chunki axborot o’zgarishlarga uchraydi, uning 
tezligi iqtisodiy ob’ekt bajarayotgan vazifalarga bog’liq. Axborot tizimiga kiradigan 
ma’lumot sifatida axborotni shakllantiruvchi axborot manbalari va ma’lumotlarni 
yig’ish tizimi, ko’rib chiqiladi. CHiqadigan axborot sifatida esa qarorlarni 
shakllantirish va qabul qilish, ya’ni axborotdan maqsadli ravishda foydalanish tizimi 
tahlil etiladi. Demak, axborot tizimi axborotni boshlang’ich yig’ish va undan 
ikkilamchi foydalanish tizimi bilan o’zaro bog’liq [13,15]


63 
Axborot tizimi boshqarish tizimining asosi sanaladi. Biroq butun boshqarish 
tizimi u bilan tugamaydi. Qarorlar qabul qilish ishlab chiqarishga ta’sir ko’rsatuvchi 
boshqarish tizimining boshqa tomonini tashkil etadi.
Axborot tizimi tushunchasi uzluksiz axborot tushunchasi va uning moddiy 
namoyon bo’lishi bilan bog’liq. Bunda axborot tizimining ikki tomoni, ya’ni 
texnologik va mazmuniy jihatini farqlash lozim. Axborot tizimiga texnologik 
yondoshuv uni axborot protseduralarini(ma’lumot yig’ish, ro’yhatga olish, uzatish, 
saqlash, jamlash, qayta ishlash va xakazolar) kompleks amalga oshirish bilan bog’liq 
boshqaruv jarayonlarining biri sifatida ko’rib chiqishni ko’zda tutadi. Protseduralarni 
bajarish tashkilotning asosiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida ro’y beradi. 
Boshqarishni avtomatlashtirish birinchi galda axborot protseduralarini bajarishga 
yo’naltirilgan.
Axborot tizimiga mazmuniy yondoshuv u yoki bu tashkilotning funktsional 
vazifasi bilan bog’liq va aniq bir axborot birliklarining (rekvizit va ko’rsatkichlar, 
massiv va oqimlar) tarkibi shu bilan belgilanadi. Hal qiluvchi axborot vazifalari 
doirasi va natijalar ro’yxati axborot tizimining mazmuni bilan belgilanadi. Tashkilot 
axborot tizimining mazmunida, asosiy faoliyatida qanday rol o’ynamasin, har bir 
tashkilotning tuzilishi va har bir bo’linma faoliyatining yo’nalishi aks etadi.
Axborot tizimlariga texnologik yondoshuv axborotni protseduralar ob’ekti 
sifatida ko’rib chiqishga imkon beradi, mazmuniy yondoshuv esa axborotning 
ma’naviy tahlili, uning qiymatini belgilaydi. 

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin