Axborot tizimlari



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/155
tarix20.08.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#140024
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

10-bob bo’yicha xulosalar 
Davlat organlari va boshqaruvida AKTdan foydalanish ochik turdagi fuqarolar 
jamoasini yaratishga, davlat boshqaruv samaradorligini kutarishga, 
davlat sektori xarajatlarini qisqartirishga, davlat organlari va boshqaruvi bilan 
fuqarolar xamda xujalik sub’ektlari orasidagi uzaro munosabatlarni yuksalishiga 
yordam beradi. 
Davlat sektoriga AKT joriy kilinishi iktisodietni rivojlanishini tezlatadi, ish 
samaradorligini oshiradi, davlat muassasalarining ishlab chikarish O’zbekiston 
Respublikasida AKT keng joriy etilishi uchun zaruriy shartlari bulib xukukiy va 
uyushtirish shartlari xisoblanadi, bu esa uz navbatida jamiyatni demokratik 
uzgarishlariga olib kelib axolini axborot resurslarni erkin olishiga, uzatishiga va 
tarkatishga xukuk beradi. 
kuvvatini kutaradi. 
Boshqarishning elektron usuli deganda avvalambor xamma xujjatlarni elektron 
kurinishga utkazish va davlat elektron oldi-sotdi jaraenini rivojlantirish demakdir. 
SHu bilan bilan birgalikda davlat biznes sohasida ish olib boraetgan fuqarolarga 
zamonaviy AKT qo’llash buyicha urnak bulmogi lozim.


149 
11- bob 
Elektron tijorat - biznes samaradorligini oshiruvchi manba 
11.1 Internet – elektron tijoratning asosi 
Elektron tijorat nima? Bu texnologiya O’zbekistonga ham kirib keldi. Elektron 
tijorat – bu Internet orqali sotish va sotib olishdir. Uning imkoniyatlari turli tuman. 
Internet yordamida o’zingizga zarur kitob, kiyim, yoki kompyuter va xattoki oziq - 
ovqat mahsulotlarini xarid qilishingiz mumkin. Xo’sh Internet qanday 
imkoniyatlarni yaratadi ?
Bu texnologiya bir necha yillar davomida ravnaq topdi. Undan Dell, Cisco, IBM, 
HP, Oracle, Microsoft va Sun kompaniyalari juda keng ko’lamda foydalanishadi. 
Cisco kompaniyasi mahsulotlarni sotish faoliyatining ¼ qismini Internet orqali 
amalga oshiradi[18,20].
Internetdan foydalanish sotuvchilarga qo’yidagi imkoniyatlarni beradi. 

Uzining maxsuloti va tovarini xalqaro va regional darajada reklama qilish. 
Bundan tashqari reklama o’z ichiga umumiy tariflar bilan birgalikda, tovarning 
rasmini, sotuvchi taklif 
qilayotgan chigirmalar 
hamda qo’shimcha 
ma’lumotlarni olishi mumkin 

Qo’shimcha biznes sheriklar orttirish maqsadida o’zining korxonasini reklama 
qilishi mumkin. 

Bozordagi narxlarni o’zgarishini tezkor kuzatib borishi mumkin; 

Invistrlar topish maqsadida o’zining loyixalarini reklama qilishi mumkin; 

Sotilayotgan tovarlar uchun internetdan buyurtma qabul qilish tizimini 
yaratishi mumkin; 

Elektron pochta orqali sotuv vakillari bilan tezkor aloqa o’rnatish xamda 
biznes bo’yicha sheriklarni maьlumotlariga to’g’ridan to’g’ri kira olish 
imkoniyati yaratiladi. 
Sotib oluvchiga esa: 

Kerakli tovarni sotadigan korxonani tezkor topish; 

Bozordagi narxlar bilan tanishish, hamda kerakli tovarni sotadigan va narxi 
kanoatlantiradigan sotuvchini topish; 

Elektron pochta yordamida sotuvchi – firmaga aniq surovlar yuborish hamda 
javob olish; 

Tovar buyurtma qilish; 

Ekspiditor va transport xizmatini ko’rsatuvchilarni tanlash; 

YUkni olib kelishini buyurtma qilish; 

Tulovlarni amalga oshirish v.b. 
Sotuvchilar ham, sotib oluvchilar ham, Internetdan o’zlariga kerakli 
maьlumotlar manbai sifatida foydalanishlari mumkin. 
Internetning tuzilishi xar doim takomillashtirilmoqda, imkoniyatlari esa 
kengaymoqda. Xozirda “Internet Help” deb nomlangan umuman yangi qidiruv tizimi
yuzaga kelgan. Bu tizimning yangiligi shundaki, foydalanuvchi kerakli surovlarni 
oddiy tilda (yoki shevada) beradi. Bu surovnomalarni qabul qilgan operator shu 
surovnomaga taaluqli WEB-manzillarni yuboradi.


150 
Bugungi kunda Internet jadal tarzda nafaqat kompyuter texnikasi, balki boshqa 
texnologik 
jixatdan 
murakkab 
bo’lgan 
tovarlarni
(telvizorlar,telefonlar) ishlab chiqaradigan korxonalarga ham kirib bormoqda. 
Bunday korxonalarning maqsadi – uy-jixoz bozori imkoniyatlaridan to’liq 
foydalanish.
SHu sababdan kompyuter va mobil telefon texnologiyalaridan keng 
foydalaniladi, hamda virtual reallikga kirib borish vositalarini narxi tushiriladi, bu esa 
maьlumotlarga Internet orqali etishishni iqtisodiy imkoniyatini oshiradi. Natijada 
alternativ qurilmalarni afzalliklarini yo’qqa chiqishiga olib keladi. 
Misol tariqasida, Microsoft kompaniyasi muxandislari oldiga qo’yilgan 
masalalarni olishimiz mumkin: kompyuterni inson ovozi yordamida boshqarish, 
kompyuterlarda tasvir sifatini oshirish v.b. 

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin