218
Glossariy
Axborot madaniyati
- axborotlashgan jamiyat fuqarolarining axborot bilan ishlashi
va uni kompyuter axborot texnologiyalari yordamida yaratish,
qayta
ishlash va uzatish qobiliyatiga aytiladi.
Axborot
- bu eng oxiridagi foydalanuvchi tomonidan olingan tushunchalar va foydali
deb baholangan yangi ma’lumot.
Axborot resurslari -
jamiyatda maxsus qo’llash uchun insonlar tomonidan
tayyorlangan va mashina tashuvchiga o’rnatilgan bilimlar.
Axborot potentsiali –
jamiyat axborot resurslarini qo’llashga
imkon beruvchi
vositalar, uskunalar va sharoitlar to’plami.
Axborotlashgan jamiyat
– ko’pchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy
shakli bo’lmish
bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash va
amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatidir.
Axborot mahsuloti va hizmatlari
– axborot kommunikatsiya
texnologiyalari
mahsuloti bo’lib, ularning axborot resurslarida qo’llanilishi jarayoni
oqibatida qandaydir yangi axborot yoki yangi shakldagi axborot hosil
qilinadi.
Axborot texnologiyasi (AT)
– ob’ekt, jarayon yoki xodisaning
xolati haqida yangi
sifat axboroti olish uchun ma’lumotlar yig’ish, qayta ishlash va uzatish
(boshlang’ich
axborot)
vosita
va
uslublari
jamlanmasidan
foydalanadigan jarayon.
Axborot havfsizligi
– qimmatli ma’lumotlar
darajasiga kirish ruxsatini
o’zgartirishga, u yoki bu ma’lumotlarni yo’qotishga, ko’rinishini tabiiy
yoki sun’iy xususiyatlarini o’zgartirishga qaratilgan xatti-harakatlardan
himoyalovchi axborot tizimi.
Axborot faoliyati
- tizimtik ravishda alohida shaxslar, shaxslar gruhi,
tashkilotlar
tomonidan amalga oshiriladigan va axborotni yig’ish, o’zgartirish,
saqlash, qidirish va tarqatish jarayonlarining to’plami.
Dostları ilə paylaş: