Page 1006
xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot
sohasidagi tahdidlarga о‘z vaqtida va munosib qarshilik kо‘rsatish» va kiber
jinoyatchilikni fosh etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari, “Ilm,
ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid Davlat
dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Prezidenti Farmonida “2020 yil 1 sentyabrga qadar
kiberxavfsizlikka doir milliy 4 strategiya va qonun loyihasi ishlab chiqish vazifalari
belgilangan.
Biometrik parametrlarga asoslangan autentifikasiya. Biometrik parametrlarga
asoslangan autentifikasiya usulida biometrik parametr insonning o’zi uchun kalit
sifatida xizmat qiladi
4
. Biometrik parametrlarga asoslangan autentifikasiyalashning
ko’plab usullari mavjud. Masalan, barmoq izi, yuz tasviri, ko’z qorachig’i, ovoz,
harakat tarzi, quloq shakli, qo’l shakli va boshqa biometrik parametrlarga asoslangan
autentifikasiya usullari amalda keng qo’llaniladi. Masalan, qo’p qavatli uylar va
tashkilotlarga kirishda barmoq iziga asoslangan autentifikasiya usuli, noutbuklarda va
mobil telefonlarda yuz tasviriga asoslangan yoki barmoq iziga asoslangan
autentifikasiya keng qollaniladi
1-rasm: Biometrik namunalarga misollar Axborot xavfsizligi sohasida biometrik parametrlar parollarga qaraganda yuqori
xavfsizlikni taminlovchi muqobil sifatida qaraladi. Biometrik parametrlarga
asoslangan autentifikasiya usuli quyidagi xususiyatlarga ega:
- biometrik parametrga asoslangan usullar esda saqlash yoki birga olib yurish
zaruriyatini talab etmaydi;
- biometrik parametrlarga asoslangan autentifikasiyalash parollarga asoslangan
usullardan foydalanishga nisbatan qimmatroq, lekin tokenga asoslangan usullardan
foydalanishga qaraganda arzonroq hisoblanadi (ba’zi, istisno holatlar mavjud);
- biometrik parmetrlarni o’zgartirish imkoniyati mavjud emas, ya’ni, agar
biometrik parametr qalbakilashtirilsa, u holda autentifikasiya tizimi shu foydalanuvchi
uchun to’liq buzilgan hisoblanadi;
4
Curricula C. Curriculum guidelines for post-secondary degree programs in cybersecurity. 2017.