Tizim orqali barcha axborotlarning yuzaga kelishini quyidagi asosiy protseduralarga ajratish mumkin: saqlash, qidirish, qayta ishlash, kiritish va chiqarish. Birinchi uchtasi ichki bosqich sanaladi, to`rtinchi va beshinchilari esa mazkur tizim bilan axborot manbai va tashqi muhit o`rtasidagi aloqani ta`minlaydi.
Axborot muhiti o`zaro bog`langan uchta tarkibiy qismni o`z ichiga oladi. Bular: foydalanuvchining axborot tuzilmasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, boshqaruvning ishtirok etuvchi ob`yektlari.
Axborot muhiti o`zaro bog`langan uchta tarkibiy qismni o`z ichiga oladi. Bular: foydalanuvchining axborot tuzilmasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, boshqaruvning ishtirok etuvchi ob`yektlari.
Axborot infratuzilmasi axborotlarni o`z maqsadlariga erishish uchun foydalanadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari foydalanuvchilarni zarur texnologiyalar bilan ta`minlash vositasi sanaladi.
Axborot infratuzilmasi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari foydalanuvchilari ham o`zaro harakatlanuvchi o`ziga xos muhit sifatida ko`rib chiqiladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimining qismlari ta`minlovchi funksional Ta`min-lovchi qismning ta’minotlari Axbo-rot
texnik
matematik
dasturiy
tashkiliy
huquqiy
uslubiy
Ergo-nomik
Psixo-logik
Lingvi-nistik
Axborot ta`minoti - tashkilotda aylanib yuruvchi axborotlarni tashkil etish shakli, joylashtirilish hajmi (axborotlarni tasniflash va kodlashtirish, hujjatlarni unifikatsiyalashtirish tizimi, axborot oqimlarining yagona tizimi) bo`yicha loyiha qarorlarining shuningdek, ma`lumotlar bazasi tuzilish uslubining majmuidir.