Axborot xavfsizligi asoslari



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə4/7
tarix07.10.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#152827
1   2   3   4   5   6   7
axborot xavfsizligi mustaqil ish original

Material-buyumli ma’lumot chiqib ketishi kanaliga qattiq, suyuq va gazsimon yoki korpuskulyar (radioaktiv elementlar) ko’rinishdagi moddalar kiradi. Bular, juda ko’p hollarda, sanoatning turli chiqindilari, sifatsiz mollar, xomaki materiallar va boshqalar bo’lishi mumkin. Shunday ekan har bir konfedensial ma’lumot manbai u yoki bu darajadagi ma’lumot chiqib ketishi kanaliga ega bo’lishi mumkin.
Ishlab chiqarishda, ilmiy faoliyatlarda va axborotlarni avtomatik qayta ishlashda turli texnik ta’minot vositalaridan keng foydalanish deb nom olgan ma’lumotlar chiqib ketishi texnik kanallari guruhining paydo bo’lishiga olib keldi. Ularda ma’lumotlarni tashuvchi bo’lib, turli xil toifadagi yondosh elektromagnit nurlanishlar va navodkalar (YOEMNN): akustik-o’zgartiriladigan, nurlanuvchan hamda zararli aloqa va navodkalar hisoblanadi. YOEMNN ixtiyoriy elektron qurilmaga, tizimlarga, tabiiy xususiyatlarga ega bo’lgan mahsulotlarga xosdir.
Xavfli nurlanishga asos bo’luvchi fizik hodisalar turli xil tavsiflarga ega. Shuning bilan birga, bunday nurlanish hisobiga bo’ladigan umumiy ko’rinishidagi ma’lumotlar chiqib ketishini, himoyalanadigan ma’lumotlarning biror «qo’shimcha» aloqa tizimi orqali uzatilishi deb qarash mumkin.
Shuni ta’kidlash joizki, texnik vosita va tizimlar nafaqat qayta ishlanadigan axborotlardan iborat bo’lgan signallarni fazoga tarqatadi, balki o’zining mikrofon yoki antennasi yordamida akustik yoki magnit (elektromagnit) nurlanishlarni qabul ham qiladi, ularni elektr signaliga aylantiradi va o’z aloqa liniyasi orqali, odatda nazoratsiz, jo’natadi. Bu esa ma’lumot chiqib ketishi xavfini yanada orttiradi.
Alohida texnik vositalar o’z tarkibida «mikrofon» va «antenna» kabi qurilmalardan tashqari yuqori chastotali yoki impulsli generatorlarga ham ega bo’ladi. Ularning nurlanishi konfedensial ma’lumotlarga ega bo’lgan turli signallarga moslashtirilgan bo’lishi mumkin.
Xavfli «mikrofon effekt»i (zararli elektr signallarining paydo bo’lishi) ayrim telefon qurilmalarida, hatto telefon trubkasi qo’yilgan holda bo’lishiga qaramasdan ham paydo bo’ladi. Elektromagnit nurlanishlar tovush chiqaruvchi va tovush kuchaytiruvchi qurilmalarning
diochastotalarida o’z-o’zidan paydo bo’lishida ham hosil bo’lishi mumkin.
YOEMNNning paydo bo’lish manbasining sharoiti va sababining tahlili shuni ko’rsatadiki, uning paydo bo’lishiga ma’lum toifadagi texnik vositalarning ishlash sxemasini takomillashmaganligini, elementlarning ishlatilishi natijasida eskirganligini va shu kabilar asos bo’ladi.
Texnik kanal bo’yicha ma’lumotlar chiqib ketishidan himoyalashda, odatda quyidagi amallarning bajarilishi talab etiladi:
1. Mumkin bo’lgan ma’lumotlar chiqib ketishi kanallarini o’z vaqtida aniqlash.
2. Nazorat zonasi (hududi, kabineti) chegarasida ma’lumot chiqib ketishi kanalining energetik tavsiflarini aniqlash.
3. Yovuz niyatli shaxslar tomonidan kanalni nazorat qilish vositalarining imkoniyatlarini baholash.
4. Tashkiliy, tashkiliy-texnik yoki texnik chora va vositalar yordamida ma’lumot chiqib ketishi kanallarining energetikasini yo’q qilish yoki zaiflashtirish.

3. Obyektni kuzatish, eshitish va signalni tutib olishning asosiy usullari va tamoyillari
Ma’lumotlarni vizual-optik kanal boyicha chiqib ketishidan himoyalash – konfedensial ma’lumotlarning yorug’lik energiyasi hisobiga nazorat zonasidan chiqib ketishini bartaraf etish yoki kamaytirish bo’yicha kompleks tadbirlardir.
Ma’lumotlarni vizual-optik kanal bo’yicha chiqib ketishidan himoyalash maqsadida quyidagilar tavsiya etiladi:
– himoya obyekti shunday joylashtiriladiki, undan qaytadigan yorug’lik yovuz niyatli shaxslar joylashgan tomonga tushmasligi kerak (fazoviy to’siq);
– himoya obyektining yorug’lik qaytarish xususiyatini kamaytirish;
– himoya obyektining yorug’ligini kamaytirish (energetik chega-ralash);
– atrofini o’rash vositalari (ekranlar, pardalar, qoraytirilgan oyna, niqob, to’siqlar va turli chegaralovchi vositalar) dan foydalanish yoki qaytgan yorug’likni iloji boricha susaytirish;
– himoya qilish va yovuz niyatlilarni chalg’itish maqsadida yashirish (maskirovka), imitatsiya va boshqa vositalarni qo’lla sh;
– himoya obyektini yorug’lik qaytarish xususiyati va fon yorqinligini o’zgartirish orqali maskirovkani amalga oshirish;
– nazoratsiz tarqalayotgan chiquvchi yoki qaytuvchi nurlardan manbani himoyalashda faol va passiv himoya vositalaridan foydalanish;
– obyektni maskirovka qilishda aerozol parda, maskirovkalovchi setka, bo’yoq kabilarni qo’lla sh.
Yashirishning tezkor vositalari sifatida aerozol pardalari keng qo’lla niladi. Ular turli moddalarning gazda suzib yuruvchi mayda zarralari bo’lib, o’lchami va agregat holatiga qarab tutun, tuman, qurum hosil qiladi va himoya obyektidan qaytgan yorug’likni to’sadi. Tutunsimon moddalar yorug’likni yaxshi yutish xususiyatiga ega.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin