Axborot xavfsizligi siyosatini aniqlashda quyidagilar amalga oshirilishi lozim


Foydalanuvchilarni operasion tizim bilan ishlaganda xavfsizlik choralariga rioya qilishlari lozimligini uqtirish va ushbu choralarga rioya qilinishini nazoratlash



Yüklə 2,53 Mb.
səhifə4/5
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#185060
1   2   3   4   5
Презентация1

3. Foydalanuvchilarni operasion tizim bilan ishlaganda xavfsizlik choralariga rioya qilishlari lozimligini uqtirish va ushbu choralarga rioya qilinishini nazoratlash.
4. Operasion tizim dasturlari va ma’lumotlarining rezerv nusxalarini muntazam tarzda yaratish va yangilash.
5. Operasion tizimning konfigurasion ma’lumotlaridagi va xavfsizlik siyosatidagi o‘zgarishlarni doimo nazoratlash. Ushbu o‘zgarishlar xususidagi axborotni operasion tizim xavfsizligini yenggan niyati buzuq shaxsga o‘zining ruxsatsiz harakatlarini niqoblashga qiyinchilik tug‘dirish uchun noelektron axborot eltuvchilarida saqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Operasion tizimni himoyalash qismtizimining asosiy funksiyalari.
Operasion tizimni himoyalash qismtizimi quyidiga asosiy funksiyalarni bajaradi:
Identifikasiya, autentifikatsiya va avtorizasiya. Himoyalangan operasion tizimda har qanday foydalanuvchi (foydalanuvchi sub’ekt) tizim bilan ishlashdan oldin identifikasiyani, autentifikatsiyani va avtorizasiyani o‘tishi lozim. Foydalanuvchi sub’ektning identifikasiyasiga binoan sub’ekt operasion tizimga o‘zi xususidagi identifikasiyalovchi axborotni (ismi, hisob raqami va h.) bildiradi va shu tariqa o‘zini identifikasiyalaydi.
Foydalanuvchi sub’ektning autentifikatsiyasiga binoan sub’ekt operasion tizimga identifikasiyalovchi axborotdan tashqari uning haqiqatdan ham foydalanuvchi sub’ekt ekanligini tasdiqlovchi autentifikatsiyalovchi axborotni taqdim etadi.
Foydalanuvchi sub’ektning avtorizasiyasi muvaffaqiyatli identifikasiyalash va autentifikatsiyalash muolajalaridan so‘ng amalga oshirilada. Sub’ektni avtorizasiyalashda operasion tizim sub’ektning tizimda ishlashini boshlanishiga zarur harakatlarni bajaradi. Sub’ektni avtorizasiyalash muolajasi operasion tizimni himoyalash qismtizimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri taalluqli emas. Avtorizasiya jarayonida identifikasiyalangan va autentifikatsiyalangan foydalanuvchi sub’ektning tizimda ishlashini tashkil etish bilan bog‘liq texnik masalalar yechiladi.
Foydalanishni cheklash. Har bir foydalanuvchi xavfsizlikning joriy siyosatiga binoan ruxsat etilgan operasion tizim ob’ektlaridan foydalanishi mumkin. Operasion tizim ob’ektlaridan foydalanishni cheklash jarayonining asosiy tushunchalari – foydalanish ob’ekti, ob’ektdan foydalanish usuli va foydalanuvchi sub’ekt.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin