Axborot xavfsizligi sohasida raqamlashtirish muammolari va istiqbollari Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekison Milliy Universiteti Jizzax filiali talabasi Rabbimov Alibek Jo’rabek o’g’li e-mail: rabbimovalibekjon@gmail.com Tel: +998913307577 Annotatsiya: ushbu konferensiyaning maqsadi diniy-ma’rifiy sohani keng miqyosda raqamlashtirishning nazariy muammolari hamda axborot xavfsizligini ta’minlashda sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘rni, kibermakonda axborot xavfsizligini ta’minlash muammolari, shuningdek, sohada zamonaviy innovatsion va pedagogik texnologiyalarni qo‘llanilishiga oid amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar hamda tadqiqotlar natijalari bilan aholi qatlamlarini tanishtirishdan iborat. Kalit so’zlar: raqamli iqtisodiyot, axborot xavfsizligi, kibermakon, sun’iy intellekt, virtual olam, kiberxavfsizlik, Yangi O’zbekiston Abstract: the purpose of this conference is to discuss the theoretical problems of large-scale digitization of the religious and educational sphere and the role of artificial intelligence technologies in ensuring information security, the problems of ensuring information security in cyberspace, as well as the application of modern innovative and pedagogical technologies in the field It consists in introducing the population strata with the results of scientific researches and researches. Key words: digital economy, information security, cyberspace, artificial intelligence, virtual world, cyber security, New Uzbekistan O‘zbekistonda axborot xavfsizligini ta’minlash va uni yanada takomillashtirish masalalarini hal qilishda O’zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Axborot xavfsizligi sohasida raqamlashtirish muammolari va istiqbollari” mavzusida respublikamizda ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Mazkur anjumanda ko’rib chiqilgan asosiy masalalar “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi tomonidan O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotga o’tish 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini amalga oshirish bo’yicha dastur va vazifalarga muvofiq tashkil etilgan. Respublikamizda o’tkazilga anjuman “Diniy-ma’rifiy sohani raqamlashtirishning nazariy muammolari”, “Axborot xavfsizligini ta’minlashda sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘rni”, “Kibermakonda axborot xavfsizligini ta’minlash muammolari” hamda “Sohada zamonaviy innovatsion va pedagogik texnologiyalarni qo‘llanilishi” kabi yo’nalishlarga bag’ishlandi. Axborot xavfsizligini ta’minlash, innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish hamda raqamlashtirish, sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, buning uchun malakali va yosh kadrlarni tayyorlashga bo’lgan ehtiyoj yanada ortdi. Axborot xavfsizligi to’g’risida o’zbek tilida ommabop o’quv adabiyotlar, ilmiy qo’llanmalar yetarli emasligi ta’kidlandi. XXI asming dastlabki o‘n yilligiga kelib axborot xavfsizligining ahamiyati keskin darajada oshib ketdi. Ma’lumotlarning qimmatbaholigi nafaqat davlat sirlarini qo‘riqlash nuqtai nazaridan, balki tijorat rivoji sababli ham oshib bormoqda, chunki axborotga ega bo‘lgan mamlakat jahonni boshqaradi. Axborotlarni yashirin olishga mo‘ljallangan mobil telefonlarni aloqadan uzish, elektr tarmoqlaridan ma’lumotlarning chiqmasligini ta’minlovchi filtrlar, diktofonlami kuchli elektromagnit to‘lqinlar ta’sirida ishdan chiqaruvchi vositalar qo‘llaniladi. Axborotlami himoyalashda awalo tashqi tahdidlarga e’tibor qaratish kerak. Axborotlarning xavfsizligi dolzarblashib borishi, axborotlarning strategik jihatdan resursga aylanib borishi bilan ham izohlanadi. Axborotlarning xavfsizligiga tahdid deganda axborotning buzilishi hamda uning yo’qotilishi xavfiga olib keluvchi himoyalanuvchi ob’ektlarga qarshi qilingan harakatlar tushuniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.ISO/IEC 27001:2005 - “Axborot texnologiyalari. Xavfsizlikni ta'minlash metodlari. Axborot xavfsizligini boshqarish tizimlari. Talablar".
2.ISO/TEC 27002:2005 - “Axborot texnologiyasi. Xavfsizlikni ta’minlash metodlari. Axborot xavfsizligini boshqarishning amaliy qoidalari.
3.0‘zDStIS0/IEC 27005:2013 - “Axborot texnologiyasi. Xavfsizlikni ta’minlash usullari. Axborot xavfsiziigi risklarini boshqarish” .
4.0‘zDStIS0/DEC 27006:2013 — “Axborot texnologiyasi. Xavfsizlikni ta’minlash usullari. Axborot xavfsizligini boshqarish tizimlarining auditi va ularni sertifikatlashtirish organlariga qo‘yiladigan talablar”. 259
5.ISO/Œ C 15408-1-2005 - “Axborot texnologiyasi. Xavfsizlikni ta’minlash metodlari va vositalari. Axborot texnologiyalari xavfsizligini baholash mezonlari”.
6. 0‘z DSt 1092:2009 - “Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. Elektron raqamli imzoni shakllantirish va tekshirish jarayonlari”.
7.0‘z DSt 1105:2009 -“Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. M a’lumotlami shifrlash algoritmi”.
8. 0‘z DSt 1106:2009 - “Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. Xeshlash funksiyasi”.
9.0‘z DSt 1204:2009 - “Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. Kriptografik modullarga xavfsizlik talablari”
10. RH 45-215:2009 — Rahbariy hujjat. M a’lumotlar uzatish tarmog‘ida axborot xavfsizligini ta’minlash to‘g ‘risida Nizom.
11.RH 45-185:2011 - Rahbariy hujjat. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining axborot xavfsizligini ta’minlash dasturini ishlab chiqish tartibi.
12. RH 45-193:2007 - Rahbariy hujjat. Davlat organlari saytlarini joylashtirish uchun provayderlar serverlari va texnik maydonlaming axborot xavfsizligini ta’minlash darajasini atiiqlash tartibi.
13. TSt 45-010:2010 - Tarmoq standarti. Aloqa va axborotlashtirish sohasida axborot xavfsizligi. Atamalar v a ta ’riflar.