Nazorat uchun savollar: 1.SHarq mutafakkirlarining asarlarida “tahdid” tushunchasining mohiyatini yoritishda nimalarga e’tibor qaratilgan?
2. Tahdid nima?
3. Tahdid qanday tasniflanadi?
4. Ma’naviy tahdid deganda nimani tushunasiz?
5. Ma’naviy tahdidning oldini olishda nimalarga e’tibor qaratish zarur?
6. “Ekologik tahdid” deganda nimani tushunasiz?
7. Axborot tahdidi nima?
8. Axborot tahdidiga qarshi kurashning qanday yo‘llari mavjud?
Amaliy mashg‘ulot Ommaviy axborot vositalari va axborot qarama – qarshiligi Reja: Dunyoda axborot o‘lchovlarining o‘rganilishi. Ayrim davlatlarning axborot bozoridagi hukmronligining oshish tendensiyasi.
OAV axborot–psixologik urushni olib borish vositasi sifatida.
Turli OAV (televidenie, radio, davriy matbuot)ning o‘ziga xos psixologik ta’siri. Psixologik ta’sir texnologiyasi.
Axborot urushi. Axborot qarama-qarshiligi.
Terminologik diktant: Internetning birinchi nomi nima? (Arpanet)
Xalqaro miqyosda eng ko‘p ma’lumot tarqatadigan OAV qaysilar? (Si-en-en, Bi-bi-si, Evronyus, Itar-Tass, Amerika ovozi, Reyter, Frans Press)
OAVlariga nimalar kiradi? (Televidenie, radio, davriy matbuot)
Axborot qarama-qarshiligi nima? (Milliy manfaatlar himoyasini ta’minlash).
“Blits-so‘rov” usuli
Mavzu bo‘yicha qanday tushuncha va tayanch iboralar bilan tanishdingiz?
Axborot nima?
Televideniening ta’siri qanday?
Radioning-chi?
Matbuotning kuchi nimada?
Axborot urushi tushunchasiga qanday ta’rif berish mumkin?