Milliy manfaatlar
|
davlat tomonidan tan olingan hamda shaxs, jamiyat va davlat ijtimoiy manfaatlarining huquqiy jihatdan ta’minlangan mutanosiblashgan majmuidir.
|
Jamiyat manfaatlari
|
jamiyat rivojlanishidagi kuchli ziddiyatlarni hal etishda, milliy o‘ziga xoslikni saqlashda namoyon bo‘ladigan jamiyat ehtiyoji hisoblanadi.
|
Davlat manfaati
|
jamiyat ishlarini boshqarishni sifatli amalga oshirishga, milliy o‘ziga xoslikni saqlashga bo‘lgan davlat ehtiyojini namoyon etish hisoblanadi.
|
O‘zini namoyon eta bilishlik
|
jamiyat ishlarida qatnashishlik, etnik o‘ziga xoslikni saqlash shaxsiy ehtiyojlarni namoyon bo‘lishi-shaxsning ijtimoiy manfaatlaridir.
|
Jamiyatning axboriy xavfsizligi
|
uning ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy sohalariga, madaniy qadriyatlariga, insonlar xulq-atvorini ijtimoiy tartibga soluvchilarga, axborot infratuzilmalariga va bular yordamida uzatilayotgan xabarlarga zarar etkazish mumkin emasligidan iboratdir.
|
Davlatning axboriy xavfsizligi
|
axborot va jamiyat axborot infratuzilmalaridan tashkil topgan jamiyat ishlarini boshqarishni bajarish bo‘yicha davlat faoliyatiga zarar etkazish mumkin emasligidan iborat.
|
Tazyiq
|
o‘zaro munosabatlar ob’ektlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni ob’ektlardan birining salbiy tomonga kuch bilan o‘zgartirish kiritish maqsadida zarar etkazish yo‘li bilan hal etish usulidir.
|
|