BBB jadvalini to‘ldirish uchun tavsiyalar 1. Tayanch ibora va tushunchalar bilan tanishib chiqing.
2. BBB jadvalini to‘ldirish uchun tayanch ibora va tushunchalarning tartib raqamidan foydalaning.
Bilaman
Bilishni istayman
Bilib oldim
1
2
3
Nazorat uchun savollar: Axborot nima?
Xabar nima?
Ochiq axborot tizimi nima?
Ommaviy axborot vositalari nima?
Ommaviy axborot vositalarining vazifasi nimalardan iborat?
Tazyiq turlarini ko‘rsatib o‘ting.
Amaliy mashg‘ulot
Axborot va jamiyat taraqqiyoti: muammo va yutuqlar
Reja: 1. Axborotlashuv jarayonining jamiyat taraqqiyotiga ta’siri.
2. Axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish – davr talabi sifatida.
3. Axborotlashgan jamiyatda yoshlar psixologiyasiga ta’sir etuvchi omillar.
4. Axborotlashtirishning huquqiy asoslari.
«Tezkor-so‘rov» savollari. 1. Axborot nima?
2. Informatsion jarayonlarga nimalar kiradi?
3. Axborotlashtirish nima?
4. Axborot madaniyati deganda nimani tushunasiz?
5. Axborot iste’moli madaniyati deganda nimani tushunasiz?
Fikr: “Axboriy-psixologik barqarorlikka birinchi o‘rinda axborot tarqatuvchilar ega bo‘lishi lozim”. Topshiriq: Mazkur fikrga nisbatan munosabatingizni FSMU orqali ifoda eting.
“FSMU” metodi Texnologiyaning maqsadi: Mazkur texnologiya ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali nazariy bilimlarni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan ma’ruza mashg‘ulotlarida, mavzularni mustahkamlashda, o‘tilgan mavzuni so‘rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg‘ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.