Axborot tizimi
|
axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
|
Tahdid
|
Inson, jamiyat va davlat hayoti, faoliyatiga nisbatan muayyan davr mobaynida aniq maqsadga yo‘naltirilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy va umumsayyoraviy salbiy omillarning tajovuzi tufayli aniq makon va zamonda vujudga keladigan xavf-xatar shakli
|
Ichki tahdid
|
Aholini axborot bilan ta’minlashning ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy asoslari etarli emasligi tufayli ular haq-huquqlarining poymol bo‘lishi, erkin yashash imkoniyatiga ega bo‘lmasligiga olib keluvchi xatar
|
Tashqi tahdid
|
Axborot vositasida boshqa davlatlarning ma’lum davlat xududida hukmronlik qilishga yo‘naltirilgan harakatlardan kelib chiqib, turli noxolis siyosiy, harbiy, iqtisodiy, jamoaviy tuzilmalar vakillarining O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan salbiy ta’sir ko‘rsatishi
|
Tabiiy tahdid
|
Tabiiy ofatlar (sel, zilzila, ko‘chki, suv toshqini, yong‘in kabilar) vositasida texnogen, seysmik, gidrodinamik, gidrostatik kuchlar ta’sirida aholi turar-joylari, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligiga zarar etkazilishi
|
Ijtimoiy tahdid
|
O‘zga davlat va buzg‘ungi kuchlar tomonidan muayyan davlatda qaror topgan ijtimoiy munosabatlarni izdan chiqarish, o‘zga madaniyat, g‘oya va mafkuraviy qarashlarni targ‘ib etish
|
Siyosiy tahdid
|
O‘zga davlat, buzg‘ungi kuchlar tomonidan muayyan davlatning siyosiy tuzilmasini buzish, siyosiy rejimini izdan chiqarishga qaratilgan xatarli harakat
|
Huquqiy tahdid
|
O‘zga davlat, buzg‘ungi kuchlar tomonidan muayyan davlatning qonunchilik asoslarini yo‘qqa chiqarish, huquqiy tuzilmani barbod qilishga qaratilgan xatarli harakat
|
|
Dostları ilə paylaş: |