Iqtisodiy tahdid
|
O‘zga davlat, buzg‘ungi kuchlar tomonidan muayyan davlatning iqtisodiy tuzilmasini buzish, sun’iy ravishda iqtisodiy tanazzulni keltirib chiqarish, iqtisodiy ta’qiq qo‘yishga qaratilgan xatarli harakat
|
Mafkuraviy tahdid
|
Muayyan jamiyat a’zolarini yagona maqsad va muddaolaridan chalg‘itib, milliy mentalitetga mos kelmaydigan begona g‘oya, fikr, maqsad va qarashlarni chetdan turib eksport qilish
|
Ma’naviy tahdid
|
Inson ongi, tafakkuri va xulq-atvoriga xavf-xatar solib, uning ruhiy dunyosini, ongi va qalbini vayronkor hamda buzg‘unchi g‘oyalar bilan izdan chiqarishga harakat qilish
|
Ekologik tahdid
|
Atrof-muhit holati va insonning hayot faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar etkazishdan iborat xuruj yoki bunga sabab bo‘ladigan tabiiy va texnogen xarakterdagi hodisa
|
Harbiy tahdid
|
O‘zga davlat, buzg‘ungi kuchlar tomonidan muayyan davlatning harbiy tuzilmasini buzish, harbiy to‘ntarishlarni uyushtirishga qaratilgan xatarli harakat
|
Axborot tahdidi
|
Milliy axborot tizimini izdan chiqarish, jamiyatga yot g‘oyalarni targ‘ib qilish va o‘z manfaatlarini himoya qiladigan axborotlarni targ‘ib qilish
|
Axborot-psixologik tahdid
|
O‘zga davlat va buzg‘ungi kuchlar tomonidan ma’lum davlatning ijtimoiy tuzumiga zarar etkazish, jamiyat axloqini izdan chiqarish, milliy rivojlanish dasturiga putur etkazish
|
|