Axborot bu barcha sezgi organlarimiz orqali qabul qila oladigan ma`lumotlar majmui va ularning o’zaro bog’lanish darajasidir. Axborotlar xabar ko’rinishda bo’ladi. Xabar - bu informasiyaning suzlashuv, matn, tasvir, jadval, sonli ma`lumotlar va x.k. ko’rinishdagi turidir. Inson tashki ta`sirnatijasida sezgi organlar orqali axborotlarga ega bo’ladi. Bular: ta`m bilish, xid sezish, eshitish, ko’rish, teri-badan sezgisi. Axborotlarni to’plash, qayta ishlash va uzatish vositalarga bo`lgan extiyoji juda katta. Uzatish vositalari - sputnik, televizor, radio, magnitafon, video, telefon va x.k. Tuplash va tashuvchi vositalar deb kitob, gazeta, kaseta va dikslarni tushunishimiz mumkin. Axborotlarni ustidan har xil amallarni bajarish jarayoni - axborot texnologiyasi deb nomlanadi. Axborot texnologiyasini asosiy texnik vositasi bu kompyuter.
Axborotlarning o‘lchov birliklari Ma’lumotlarni taqdim etishning ko‘plab tizimlari mavjud. Hisoblash texnikasida qabul qilingan eng kichik axborot birligi bit (bit) deb ataladi. Bit ikkita qiymat qabul qilishi mumkin: 0 va 1. Darhaqiqat, bir bit o‘zida minimal axborot tashiydi. Odatda, uni yoqilgan (1 holat) yoki o‘chirilgan (0 holat) bo‘lishi mumkin bo‘lgan lampochkaga tenglashtiradilar. Ba’zan uni o‘chirish-yoqish qurilmasilga o‘xshatadilar: "yoqilgan" holati 1, o‘chirilgani - 0.
Raqamli yoki boshqa ma’lumotlarni ifodalovchi ikkilik razryadlar yig‘indisi bitning o‘ziga xos tasvirini hosil qiladi. Amaliyot ko‘rsatadiki agar bu tasvir muntazam shaklga ega bo‘lsa, bitning bunday tasvir bilan ishlash juda qulay. Hozirgi paytda bunday shakllar sifatida 8 bitdan iborat bo‘lgan va baytlar deb ataluvchi guruhlardan foydalaniladi.
Agar 8 ta lampochkani olib va ularni yonma-yon bir qatorga qo‘yib, bir guruhga biriktirilsa, axborotning miqdorini o‘lchovi yirikroq o‘lchov birligi - bayt (byte) haqida yaqqol tasavvur hosil qilamiz. Guruhdagi har bir lampochka bitta bitga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, bayt 8 bitdan iborat, 1- jadvalida keltirilgan.