65.Fosfat kislota eritmasiga qaysi metall qo’shilsa, cho’kma ajralmaydi?
A) Na B) Li C) Ca D) Ba
66.Qaysi metall temir (II) xlorid eritmasidan temirni siqib chiqara oladi?
A) Ni B) Cd C) Cr D) Sn
67. Qaysi metall nitrati termik parchalanganda erkin metall ajralib chiqadi?
A) Al B) Zn C) Ag D) Pb
68. Qaysi metall ishqor eritmasi bilan reaksiyaga kirishadi?
A) Cu B) Zn C) Ba D) Si
69.100 g 34% li kumush nitrat eritmasiga 46 g natriy bo’lakchasi tashlandi. Oxirgi eritma massasini (g) aniqlang.
A) 146 B) 122,8 C) 144 D) 120,8
70. 200 g 17% li kumush nitrat eritmasiga 78 g kaliy bo’lakchasi tashlandi. Oxirgi eritma massasini (g) aniqlang.
A) 277 B) 254,8 C) 278 D) 252,8
71.Eritmadagi kalsiy ionlarini fosfat tarzida to’liq cho’ktirish uchun natriy fosfat tuzi kalsiy xloriddan 1 g kam sarflangan bo’lsa, hosil bo’lgan natriy xlorid miqdorini (mol) aniqlang.
A) 2,4 B) 3,6 C) 0,6 D) 1,2
72. Eritmadagi kalsiy ionlarini fosfat tarzida to’liq cho’ktirish uchun natriy fosfat tuzi kalsiy xloriddan 2 g kam sarflangan bo’lsa, sarflangan natriy fosfat miqdorini (mol) aniqlang.
A) 0,6 B) 0,2 C) 0,8 D) 0,4
73.Qaysi modda o’t o’chirish ballonlarini zaryadlashda ishlatiladi?
A) Na2CO3 B) KHCO3
C) K2CO3 D) NaHCO3
74.Noto’g’ri ifodalarni ko’rsating.
1) xlor radikali; 2) suv atomi;
3) gidroksoniy anioni; 4) benzol radikali;
5) xlorid kislota-xlor va vodorod molekulalaridan tashkil topgan;
6) osh tuzi ion kristall panjaraga ega.
A) 2,3,4,5 B) 1,6 C) 2,3,4,6 D) 1,4,5
75.To’g’ri ifodalarni ko’rsating.
1) 100 % li sulfat kislota eritmasi elektr tokini yaxshi o’tkazadi;
2) barcha d-elementlar metallardir;
3) karbin- uglerodning sun’iy allatropik shakl ko’rinishidir;
4) xlor radikali tarkibida 18 ta elektron mavjud;
5) ikki hajm vodorod bilan bir hajm kislorod aralashmasi ,,qaldiroq gaz” deyiladi.
A) 2,3,5 B) 1,4 C) 1,4,5 D) 1,2,3
76.Qaldiroq gaz tarkibini aniqlang.
A) CO va O2 B) 2H2 va O2
C) 2N2 va 5O2 D) 3NO va O2
77.Noma’lum kislota eritmasida kislotaning massa ulushi 7/25 ga teng. Agar eritma tarkibidagi suvning miqdori (mol) kislotaning miqdoridan (mol) 14 marta ko’p bo’lsa, kislotani aniqlang.
A) HCl B) HNO3 C) HBr D) H2SO4
78. Noma’lum ishqor eritmasida ishqorning massa ulushi 7/25 ga teng. Agar eritma tarkibidagi suvning miqdori (mol) ishqorning miqdoridan (mol) 8 marta ko’p bo’lsa, ishqorni aniqlang.
A) LiOH B) RbOH C) NaOH D) KOH
Dostları ilə paylaş: |