115
YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI
AXBOROTNOMASI
www.in-academy.uz
1-JILD, 3-SON (YOʻPA)
Bundan ham muhimi, yozuvchining o‘sha hayot hodisalarini o‘ziga xos tarzda badiiy idrok
etishi, mag‘zini chaqib, ulardan xilma-xil original va teran ma’nolar topishi kashf etishi
hikoyalariga o‘ziga xos joziba baxsh etgan.
Qahhor tabiati, iste’dod yo‘nalishi jihatidan hayotdagi, odamlar qismatidagi fojeiylikni
teran his etadigan adibdir. Uning eng yetuk hikoyalari ayni fojiali holat, qismatlar ifodalangan
asarlardir. Hikoyalaridagi personajlar, hayotdan olingan epizodlar, lavhalar garchi muayyan
intiho, badiiy yechim bilan yakunlansa-da, bunday yakun galdagi fojialar, ko‘rguliklarning
debochasi vazifasini o‘taydi.
Adib hikoyalari o’zining ixcham va ravonligi bilan qalbga oson va tez kirib bora oladi.
Sababi yozuvchining aksariyati tabiiy, hamda o’ta tushinarli. A.Qahhor xalq tilini benihoya
yaxshi bilar, qadrlar va unga ma’sulyat bilan yondoshar edi. Asarlarida birorta so’z
ochiqchaligi sezilmasdi, ixcham ibolardan tashkil topgan tasvirlar ma’nodorligi bilan
istalganidan ko’proq mazmun kasb etadi.
Xulosa qilib ayganda, odamlar turmushidan olingan epizodlarda, lavhalarda ular hayotiga,
qismatiga daxldor fojiiy mohiyatni ko'rish, teran his etish, personajlar xarakteri va qismatini
ularning ruhiyati ifodasi orqali yorqin badiiy detallar vositasida gavdalantirish Qahhor
hikoyanavislik san'atining eng muhim jihatlaridir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Rahmon Qo‘chqor. Men bilan munozara qilsangiz... –T.: “Maʼnaviyat”, 1998, 4-bet
2.
Normatov U. Abdulla Qahhorni anglash mashaqqati. Toshkent. „Universitet“, 1999.
3.
https://kh-davron.uz
4.
https://oyina.uz
Dostları ilə paylaş: |