Axborotnomasi



Yüklə 19,27 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.12.2023
ölçüsü19,27 Kb.
#193669
YO\'TA0501




YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI 
AXBOROTNOMASI 
www.in-academy.uz 
1-JILD, 5-SON (YOʻTA) 
 O'QITUVCHI FAOLIYATIDA MULOQAT MADANIYATI 
PSIXOLOGIYASI 
Mamatqulova Sarvinoz Abduraimjon qizi 
talaba 
G'aniyeva Tohira 
Ilmiy Raxbar 
Andijon davlat chet tillar instituti 
ARTICLE INFO 
 
ABSTRACT
 
Qabul qilindi: 25- Aprel 2023 yil 
Ma’qullandi: 28-Aprel 2023 yil 
Nashr qilindi: 03-May 2023 yil
 
 
Mazkur maqolada o‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot 
madaniyatini shakllantirish, pedagogik faoliyatni 
endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchilar o‘z kasbiy 
mahoratlarini oshirish, o’qituvchi va o’quvchilar 
o’rtasida o‘zaro munosabatini shakllantirish, pedagogik 
muloqot madaniyati, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida 
ma’lum bir sodir bo’ladigan vaziyatlar haqida qisqacha 
ma’lumotlar berilgan. 
KEY WORDS 
Pedagogik, 
kasbiy 
mahorat, 
muloqot, 
tanqidiy, 
ziddiyatli 
vaziyat, rejalashtirish, majburiy. 
 
O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish muammosi kishilik 
jamiyatining ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqqan holda hal qilinadi. 
Pedagogik faoliyatni endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchilar o‘z kasbiy mahoratlarini 
oshirish maqsadida o‘quvchilar bilan muloqot madaniyatini shakllantirish ustida muntazam 
ish olib borishlari zarur.
Ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi va 
o‘quvchilarning bevosita o‘zaro munosabatini ma’lum bir maqsad sari hamjihatlikka 
yo‘naltiruvchi kuchdir. Bu o‘rinda o‘qituvchi quyidagi vaziyatlarni e’tiborga olishni alohida 
ta’kidlash lozim:
- o‘qituvchining ilk tarbiyaviy faoliyatidan boshlab muloqot madaniyatiga rioya qilishi, bu 
jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi bilan har kungi muomalani vaziyatga qarab 
rejalashtirishi, har bir harakat, so‘z ohangiga e’tibor, an’anaviy muloqotning eng yaxshi 
xususiyatlarini o‘zlashtirishi;
- muloqot asosida sinf jamoasidagi turli vaziyatlarni qayd etish, o‘quvchilar hattiharakatining 
oldingi holati bilan, tarbiyaviy faoliyatdan keyingi holatini qiyoslab chiqib baho berish;
- o‘z muloqot uslubi natijalarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib, kamchiliklarni uzluksiz 
bartaraf etib borish. Zarur so‘z, ovozdagi yoqimli ohang, hulq-atvorni vujudga keltirish;
- pedagogik muloqot madaniyatining samarali kechishi uchun uning shartsharoitlarini bilib 
olishning o‘zi kifoya qilmaydi, o‘quvchilar bilan o‘zaro muomalaning “ustoz-shogird” 
an’analariga xos boshlanishi va o‘zaro fikr almashish asosida muhim vazifalarni hal qilish 
bilan muomala ob’ektining diqqatini o‘ziga jalb qilish;
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan turli 
ziddiyatli vaziyatlarni tezda bartaraf etishi uchun, avvalo o‘z iqtidoriga, pedagogik mahoratiga 
tayanishi kerak. Pedagogik muloqot asosida erishiladigan yutuqlar o‘qituvchining ijodiy 
mehnati mahsulidir. Ushbu mehnatning salbiy va ijobiy tomonlari bo‘lishi shubhasiz. Har bir 



YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI 
AXBOROTNOMASI 
www.in-academy.uz 
1-JILD, 5-SON (YOʻTA) 
vaziyatni oqilona baholash, uni to‘g‘ri rejalashtirish, tarbiyaviy jarayonlarda aql-idrok bilan 
muloqotni tashkil etish zarur.
O‘qituvchi bilan o‘quvchilarning muloqotda bir-birlarini o‘zaro tushunmasliklari, 
muloqot vositalarining qashshoqligi, har bir o‘quvchining ruhiyatiga qarab muomala 
qilinmasligi, barchaga bir xil majburiy itoatkorlik munosabati, o‘quvchilarni tor doiradagi 
intizomga chaqiruvchi emotsional jihatdan salbiy tus berilgan buyruq shaklidagi muloqot 
doimiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Pedagogik muloqot usullari ustida ishlashning 
asoslangan tizimini tuzish uchun, har bir o‘qituvchi o‘zining muammolaridan, yo‘l qo‘yilgan 
kamchiliklaridan kelib chiqib, qiyinchiliklarni tahlil qilish bilan bartaraf etishi lozim.
Pedagogik muloqotga doir barcha mashqlarning umumiy yo‘nalishini mavjud pedagogik 
vaziyatlarda malaka hosil qilish uchun, har bir muloqot ishtirokchilarining imkoniyatlarini 
ochishga ko‘maklashuvchi uning shaxsiy hislatlarini rivojlantirib borishni ta’minlovchi 
vositalardan foydalanish taklif qilinadi. Muloqotga ba’zi o‘quvchilarning sub’ektiv qarashlarini 
aniqlash, shu o‘quvchi bilan muloqotni oqilona hal qilinishi uchun zarur bo‘lgan vazifalarni 
belgilash, uning xulqini tuzatish yoki unda shunchaki ishonch kayfiyatini yaratish kerak. 
Foydalangan adabiyotlar: 
1. Иброҳимов А. ва бошқалар. Ватан туйғуси.- Т.,"Ўзбекистон", 1996 й, 93-бет.
2. Баркамол авлод-Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори.-Т.: “Шарқ”, 1998 й, 10-бет.
3. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni. //Barkamol avlod - O'zbekiston 
taraqqiyotining poydevori. -Toshkent; "Sharq", 1997, 20-29 betlar.

Yüklə 19,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin