5
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI
www.in-academy.uz
1-JILD, 5-SON (YOʻTA)
O'QITUVCHI FAOLIYATIDA MULOQAT MADANIYATI
PSIXOLOGIYASI
Mamatqulova Sarvinoz Abduraimjon qizi
talaba
G'aniyeva Tohira
Ilmiy Raxbar
Andijon davlat chet tillar instituti
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 25- Aprel 2023 yil
Ma’qullandi: 28-Aprel 2023 yil
Nashr qilindi: 03-May 2023 yil
Mazkur maqolada o‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot
madaniyatini shakllantirish, pedagogik faoliyatni
endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchilar o‘z kasbiy
mahoratlarini oshirish, o’qituvchi va o’quvchilar
o’rtasida o‘zaro munosabatini shakllantirish, pedagogik
muloqot madaniyati, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida
ma’lum bir sodir bo’ladigan vaziyatlar haqida qisqacha
ma’lumotlar berilgan.
KEY WORDS
Pedagogik,
kasbiy
mahorat,
muloqot,
tanqidiy,
ziddiyatli
vaziyat, rejalashtirish, majburiy.
O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish muammosi kishilik
jamiyatining ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqqan holda hal qilinadi.
Pedagogik faoliyatni endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchilar o‘z kasbiy mahoratlarini
oshirish maqsadida o‘quvchilar bilan muloqot madaniyatini shakllantirish ustida muntazam
ish olib borishlari zarur.
Ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi va
o‘quvchilarning bevosita o‘zaro munosabatini ma’lum bir maqsad sari hamjihatlikka
yo‘naltiruvchi kuchdir. Bu o‘rinda o‘qituvchi quyidagi vaziyatlarni e’tiborga
olishni alohida
ta’kidlash lozim:
- o‘qituvchining ilk tarbiyaviy faoliyatidan boshlab muloqot madaniyatiga rioya qilishi, bu
jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi bilan har kungi muomalani vaziyatga qarab
rejalashtirishi, har bir harakat, so‘z ohangiga e’tibor, an’anaviy muloqotning eng yaxshi
xususiyatlarini o‘zlashtirishi;
- muloqot asosida sinf jamoasidagi turli vaziyatlarni qayd etish, o‘quvchilar hattiharakatining
oldingi
holati bilan, tarbiyaviy faoliyatdan keyingi holatini qiyoslab chiqib baho berish;
- o‘z muloqot uslubi natijalarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib, kamchiliklarni uzluksiz
bartaraf etib borish. Zarur so‘z, ovozdagi yoqimli ohang, hulq-atvorni vujudga keltirish;
- pedagogik muloqot madaniyatining samarali kechishi uchun uning shartsharoitlarini bilib
olishning o‘zi kifoya qilmaydi, o‘quvchilar bilan o‘zaro muomalaning “ustoz-shogird”
an’analariga xos boshlanishi va o‘zaro fikr almashish asosida muhim
vazifalarni hal qilish
bilan muomala ob’ektining diqqatini o‘ziga jalb qilish;
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan turli
ziddiyatli vaziyatlarni tezda bartaraf etishi uchun, avvalo o‘z iqtidoriga, pedagogik mahoratiga
tayanishi kerak. Pedagogik muloqot asosida erishiladigan yutuqlar o‘qituvchining ijodiy
mehnati mahsulidir. Ushbu mehnatning salbiy va ijobiy tomonlari bo‘lishi shubhasiz. Har bir
6
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI
www.in-academy.uz
1-JILD, 5-SON (YOʻTA)
vaziyatni oqilona baholash, uni to‘g‘ri rejalashtirish, tarbiyaviy jarayonlarda aql-idrok bilan
muloqotni tashkil etish zarur.
O‘qituvchi bilan o‘quvchilarning muloqotda bir-birlarini o‘zaro tushunmasliklari,
muloqot vositalarining qashshoqligi, har bir o‘quvchining ruhiyatiga qarab muomala
qilinmasligi, barchaga bir xil majburiy
itoatkorlik munosabati, o‘quvchilarni tor doiradagi
intizomga chaqiruvchi emotsional jihatdan salbiy tus berilgan buyruq shaklidagi muloqot
doimiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Pedagogik muloqot usullari ustida ishlashning
asoslangan tizimini tuzish uchun, har bir o‘qituvchi o‘zining
muammolaridan, yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklaridan kelib chiqib, qiyinchiliklarni tahlil qilish bilan bartaraf etishi lozim.
Pedagogik muloqotga doir barcha mashqlarning umumiy yo‘nalishini mavjud pedagogik
vaziyatlarda malaka hosil qilish uchun, har bir muloqot ishtirokchilarining imkoniyatlarini
ochishga ko‘maklashuvchi uning shaxsiy hislatlarini rivojlantirib borishni ta’minlovchi
vositalardan foydalanish taklif qilinadi. Muloqotga ba’zi o‘quvchilarning sub’ektiv qarashlarini
aniqlash, shu o‘quvchi bilan muloqotni oqilona hal qilinishi uchun zarur bo‘lgan vazifalarni
belgilash, uning xulqini tuzatish yoki unda shunchaki ishonch kayfiyatini yaratish kerak.
Foydalangan adabiyotlar:
1. Иброҳимов А. ва бошқалар. Ватан туйғуси.- Т.,"Ўзбекистон", 1996 й, 93-бет.
2. Баркамол авлод-Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори.-Т.: “Шарқ”, 1998 й, 10-бет.
3. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni. //Barkamol avlod - O'zbekiston
taraqqiyotining poydevori. -Toshkent; "Sharq", 1997, 20-29 betlar.