50 YANGI OʻZBEKISTON PEDAGOGLARI AXBOROTNOMASI www.in-academy.uz 1-JILD, 4-SON (YOʻPA) faoliyat va muloqotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradilar.
Bolalar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish uchun: Kun tartibida ko‘rsatilgan vaqtda o‘yinni avj
oldirish uchun sharoit yaratish, bolalarning o‘yin faoliyatlarini rag‘batlantirish va
rivojlantirish; Bolalarning o‘yinlariga xilma-xil metod, usullarini qo‘llanib, bolalarning yosh va
yakka xususiyatlarini hisobga olib rahbarlik qilish kerak.
Bolalar ertalab bog‘chaga kelishlari bilanoq o‘yinni boshlaydilar.
Bu vaqtda tarbiyachi bolalarni qabul qiladi va o‘ynovchilarni kuzatadi. Bu o‘rinda
maktabgacha bolalar o‘z ehtiyojlarini mumkin qadar to‘liq ifodalay oladigan o‘yinlarga alohida
etibor berishlari kerak. Chunki bolalarda hali murakkab o‘zaro munosabatlar paydo
bo‘lmaydi. O‘yin yakka tabiatiga ega bo‘lishi mumkin. Yaxshi o‘zlashtirilgan o‘yinchoqlar bilan
ikki-uch bola birga o‘ynaydi.
Kun davomida tarbiyachi o‘yin vaziyatini yaratadi: didaktik o‘yinchoqlar va mayda qurilish
materiallarini bu maqsadlarda alohida ajratilgan stollarga joylashtiriladi, syujetli-rolli o‘yinlar
uchun o‘yinchoqlarni, yirik qurish yasash o‘yinchoqlarni polga qo‘yadi. Nonushta va
mashg‘ulotlar oralig‘idagi qisqa vaqt bo‘laklarida u harakatli yoki didaktik o‘yinlarni tashkil
etadi. Harakatli o‘yinlar taqlid tusida bo‘ladi: bolalar o‘zlariga tanish jonivorlarningbir-ikki
harakatini qayta ifodalab beradilar. Tarbiyachi bolalarga harakatni bir vaqtda ishoraga ko‘ra
bajarishni odatlantiradi.
3. Mashg‘ulotlar, ularning bolalar faoliyatini uyushtirishdagi o‘rni. «Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan talablar» ga muvofiq
tarbiyachi nutqni rivojlantirish, bolalarni atrofdagi hayot bilan tanishtirish, oddiy matematik
tasavvurlarni, tasviriy faoliyat va qurish yasash, harakat faoliyati ko‘nikma hamda
malakalarni tarkib toptirish maqsadlarida har xil turdagi mashg‘ulotlarni o‘tkazadi. Buning
uchun guruhlarda tegishli muhit yaratiladi, qo‘llanmalar tayyorlanadi. Mashg‘ulotlar
jarayonida tarbiyachi bolalarning harakat va xilma-xil ko‘tarinki hissiyotlarga ehtiyojlari
kattaligini hisobga olib, ta’limning o‘yin namoish qilish, amaliy metodlaridan foydalanadi. U
qo‘yilgan vazifani bajarish uchun har bir bolaning o‘z diqqatini mashg‘ulot mazmuniga
qaratishga, o‘z ishini oxiriga yetkazishga harakat qiladi. Bolalar mashg‘ulotlarda
tarbiyachilarni tinglashni, savollarini tushunishni, so‘ralganda javob berishni, umumiy ishda
qatnashishni o‘rganadilar.
Pedagog o‘z guruhidagi bolalarning o‘zaro munosabatlarini hisobga olib, muloqotga oson
kirishadigan faol bolalar ham, uyatchan bolalar ham o‘zlarini yaxshi his hiladigan bolalar
jamoasini tashkil etadi. Masalan, u uyatchan va tortinchoq bolalarga ularni tengqurlari va
katta yoshlilarga ko‘proq murojaat qilishga undab, so‘rash, tushuntirish, o‘z kuzatishlarini
gapirib berish qabilidagi topshiriqlarni beradi. Muloqotga rahbarlik qilishda tarbiyachi
bolalarning faqat o‘zlarigagina xos bo‘lgan xususiyatlarini ham hisobga oladi. Muloqot
madaniyatini tarbiyalashning muhim vositasi katta va kichik guruh bolalari faoliyatining
jamoashakllarini tashkil etilishidir.
Katta va tayyorlov guruh bolalarining turmushini tashkil etish barqaror tabiatga egadir. U
turli bayram ertaklari, sayr-tomoshalar va yozda turistik safarlarni o‘tkazishda qismangina
o‘zgaradi.