Ijtimoiy-pedagogik reabilitasiya — bola organizmining ba’zi buzilgan funksiyalari, uning ijtimoiy maqomining o‘zgarishi va unda og‘uvchi xulq-atvorning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bolaning yo‘qotgan ijtimoiy aloqalarni tiklashga qaratilgan choralar tizimi.
Ijtimoiy-pedagogik profilaktika — bolada turli faollik turlarining namoyon bo‘lishiga va bolalarning optimal ijtimoiy rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy tarbiya chora-tadbirlari tizimi.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat — bolaga ijtimoiylashuv jarayonida va jamiyatda o‘z-o‘zini anglashi uchun yordam ko‘rsatishga qaratilgan professional faoliyat.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyat texnologiyasi — rasional va maqsaaga qaratilgan xatti-harakatlar bilan tavsiflanadigan amaliy ijtimoiy-pedagogik faoliyatning metod va usullari majmuasi.
Ijtimoiy-pedagogik yordam — bolaning ijtimoiylashuvi va to‘la qonli rivojlanishi uchun psixologik, pedagogik sharoitlar yaratib beruvchi ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlar tizimi.
Ijtimoiy profilaktika — turli salbiy tavsifdagi ijtimoiy og‘ishlarni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar va shart-sharoitlarning oldini olish, bartaraf etish yoki neytrallashtirishga qaratilgan davlat, ijtimoiy, ijtimoiy- tibbiy va tashkiliy chora-tadbirlar majmuasi.
Ijtimoiy-psixologik yordam — oila va mikro jamiyatda qulay mikroiqlimni yaratishga, uy, maktab jamoasining salbiy ta’sirlarini bartaraf etishga qaratilgan yordam.