Iqtidorlilik — bolaning o‘z tengqurlariga nisbatan aqliy rivojlanishda ancha ilgarilab ketishi.
Katamnez — davolash yakunlangandan so‘ng, kasal haqida olinadigan ma’lumotlar. Maxsus kuzatuv ostida bo‘lgan o‘quvchilarning mehnat hayoti, ta’limi to‘g‘risida davriy ma’lumot to‘plash.
Kommunikativlik — shaxslararo muloqot madaniyatiga ega bo‘lish, bolani tinglash va eshitish qobiliyati, muomalaga kirisha olish va aloqa o‘rnatish, axborot to‘plash, turli ijtimoiy munosabatlar o‘rnatish va rivojlantirish, bolaning verbal va noverbal xulq-atvorini kuzatish.
Konkretlik — umumiy fikrlardan voz kechib, savollarga aniq javob berish qobiliyati.
Korreksion tarbiya — jamiyatdagi hayotga ko‘nikish uchun sharoitlar yaratish, ba’zi toifa odamlarni rivojlanish nuqsonlarini yengib o‘tish yoki bartaraf etish.
Madaniyat jamiyat, ijodiy kurslar va inson qobiliyatlarining tarixan rivojlanish darajasi bo‘lib, insonlar hayoti va faoliyatini tashkil qilish shakllari, shuningdek, ular tomonidan yaratilayotgan moddiy va ma’naviy qadriyatlarda o‘z ifodasini topadi.
Madaniyatlilik — bola tarbiyasi va ijtimoiylashuvi jarayoni shu jamiyat va millatning ma’naviy qadriyatlari asosida qurilishi.
“Men” konsepsiyasi — insonning o‘zi haqidagi tasavvurlari tizimi.
Mikrososium — tarkibida oila, qo‘shnilar, tengdoshlar guruhlari hamda turli ijtimoiy, davlat, diniy, xususiy va tarbiyaviy tashkilotlari mavjud, muayyan hududda faoliyat yurituvchi jamiyat.
Nazoratsizlik— bolalarni, ularning xulq-atvorini, bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazishlarini nazorat qilmaslik, ularning tarbiyasi haqida qayg‘urmaslik.
Oila — insonlar kundalik hayotining asosiy qismi jinsiy munosabatlar, bolani dunyoga keltirish, bolalarning ijtimoiylashuvi kabi holatlar sodir bo‘ladigan ijtimoiy institut.
Ontogenez — hayvon yoki o‘simlik olamining yaralishidan boshlab hayotining oxirigacha individual rivojlanishi. Ontogenez organizmni tashqi muhitning aniq bir sharoitlarda rivojlanishi hisoblanadi. Ontogenezda ham organizm birin - ketin rivojlanish bosqichlaridan o‘tadi. Inson ontogenezi ikki bosqichdan iborat: prenatal va postnatal.