Akmeologiya – (akme – gullagan davr, oliy nuqta, yuqori cho‘qqi) – o‘qituvchi faoliyatida yuksak professionallikka ya’ni kasbiy yetuklikka erishish bilan izohlanadi.
Aksiologiya – ijtimoiy sub’yektlar yaratgan pedagogik qadriyatlar yig‘indisini ifodalab, insonni eng oliy qadriyat deb biladi va jamiyat rivojlanishining maqsadi deb hisoblaydi.
Adaptasiya – insonning ijtimoiy muhit bilan o‘zaro faol munosabatda bo‘lish va uning potensialini shaxsiy rivojlanish uchun ishlatish qobiliyati.
Abstinensiya – (lotincha abs – uning yo‘qligi, teneo birga bo‘lmoq, yo‘l tutmoq) – narkotik yoki alkogolni iste’mol qilishda birdan tanaffus bo‘lib qolganda narkotik ochlik deb ataluvchi ularning ta’sir qilmay qo‘ygan paytda yuzaga keladigan holati. Bunday ko‘rinishlari: bosh og‘rig‘i, og‘zi qurishi, taxikardiya, ko‘ngil ozishi. Kayfiyati buzilishi, uyqusizlik, qo‘rquv, xavotirlanish, o‘zini o‘ldirishga urinishlar hisoblanadi.
Anamnez – bola haqida ota-ona yoki bolani tarbiyalovchi boshqa shaxslardan shifokor, pedagog yoki psixolog tomonidan ma’lumot olish. Anamnez to‘planayotganda bolaning irsiyligi, boshidan kechirgan kaslliklari, nutqi, o‘yin faoliyatining rivojlanish xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar aniqlanadi.
Anomaliya – jismoniy yoki ruhiy rivojlanishning umumiy me’yorlaridan og‘ish.
Anomal bolalar – ruhiy va jismoniy rivojlanishida me’yordan og‘ishish bo‘lgan bolalar.
Alkogolizm – alkogolni suiste’mol qilishdir. Quyidagi turlarini ko‘rsatish qabul qilingan: maishiy ichkilikbozlik, surunkali ichkilikbozlik, alkogolizm psixozlari.
Bolaning ijtimoiylashuvi - uning ijtimoiy hayotga qo‘shilishi bo‘lib, shu jamiyatga xos bilimlar, qadriyatlar, me’yor va qoidalar, xulq-atvor namunalarini o‘zlashtirishdan iborat (M.A. Galaguzova).