Bolaning ijtimoiy adaptasiyasi-bolaning ijtimoiy muhit sharoitlariga faol ko‘nikishi va ijtimoiy muhit bilan o‘zaro munosabatlarining turi.
Bolaning ijtimoiy dezadaptasiyasi - bolaning ijtimoiy muhit sharoitlariga muvaffaqiyatli ko‘nikishiga to‘sqinlik qiluvchi, unda ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlarni yo‘qotilishi.
Bolalikni ijtimoiy himoyalash - qonunchilik va bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyada mustahkamlangan, voyaga yetmaganlar huquqlarining kafolatini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar. Bular bolalarning optimal biologik va ijtimoiy rivojlanishini, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga ko‘nikishini ta’minlab beruvchi huquqiy, iqtisodiy, tibbiy va psixologik-pedagogik choralar majmuasidir.
Bolalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish - ijtimoiy himoyaning shakllaridan biri bo‘lib, kam ta’minlangan oilalar farzandlarining hayotiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ijtimoiy chora-tadbirlar majmuasi. Ijtimoiy pedagog bolalarga turli yordam ko‘rsatadi, biroq ularning ichida ustuvor yordam bolalikni ijtimoiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
Bolalikka olish - bolalikka oluvchi va bolalikka olinuvchi o‘rtasida, ota-ona va farzandlar o‘rtasida mavjud huquq hamda majburiyatlarni o‘rnatuvchi yuridik akt.
Bolalar jinoyatchiligi – balog‘atga yetmaganlarning jinoiy javobgarlikka tortilishi ko‘zda tutilgan hamma sodir etadigan noqonuniy harakatlari to‘plamidan iborat negativ ijtimoiy-huquqiy holatdir.
Vasiylik -muomalaga layoqatsiz shaxslarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish.
Valeolog (lot. Vale –sog‘ bo‘l) – bolalarni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatuvchi mutaxassis.
Guruhnnng ijtimoiy psixologik iqlimi – guruh har bir a’zosining faoliyatiga ta’sir qiluvchi munosabatlarning dinamik maydoni.