Refarat Sotsiologiya “A” potok 1-guruh o’quvchisi Komilov Shamshodbek O’smirlar va yoshlar jinoyatchiligi Reja



Yüklə 101,71 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü101,71 Kb.
#166958
  1   2
Topshpo\'latov Xurshidbek


O’zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi





Refarat



Sotsiologiya
A” potok 1-guruh o’quvchisi
Komilov Shamshodbek

O’smirlar va yoshlar jinoyatchiligi

Reja:


  1. Jinoyat tushunchasi va vujudga kelish yo’llari.

2. O’smirlar va yoshlarning jinoyatga boshlaydigan sabablar.
3. O’smirlar va yoshlar jinoyatchiligi sohasida O’zbekiston Respublikasining tutgan yo’li va islohotlari.
4. O’smirlar va yoshlar psixologiyasi.
5. O’smirlar va yoshlar jinoyatchiligi olimlar nigohida.
6. O’smirlar va yoshlar jinoyatchiligini kamaytirishga doir tahlillar.
7. Xulosa.
8. Axborot tahliliy ma’lumotnoma.
Jinoyat — jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish. Muayyan qilmishni jinoyat deb hisoblash masalasi har bir davlatda oʻzining ijtimoiy tuzumi, aholining turmush tarzi, milliy xususiyatlari, urf-odatlari, anʼanalariga muvofiq xalqaro huquq meʼyorlari eʼtiborga olingan holda hal etiladi.
Qilmish jinoyat ekanligini aniqlash uchun quyidagi umumiy belgilar nazarga olinadi:

  1. qilmishning ijtimoiy xavfliligi;

  2. aybning mavjudligi;

  3. jazoga sazovorligi.

Har qanday jinoiy qilmishda mazkur belgilarning barchasi birdaniga mavjud boʻlishi shart, ulardan biri mavjud boʻlmasa, qilmishni jinoyat emas, deb hisoblashga asos topiladi.
Alohida olingan muayyan bir jinoyat va umuman jinoyatchilik sodir etilishiga taʼsir koʻrsatuvchi ijtimoiy omillar, xodisalar, jarayonlar boʻladi. Jinoyat sabablari oʻrganilayotganda ana shular hisobga olinadi. Jumladan, birinchidan shaxsning oʻzi, uning dunyoqarashi, qiziqishlari, jamiyat va davlatga, yon atrofidagi kishilar va oilaga munosabati, unda salbiy sifatlarning shakllanishi va kuchayishi; ikkinchidan — shaxs tarbiyalangan, voyaga yetgan oilaviy va ijtimoiy muhit; uchinchidan — jinoyat sodir etilgan vaqtdagi sharoit, vaziyatga eʼtibor beriladi.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 14-moddasida Jinoyatga tushunchasi berilgan: Ushbu Kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi. Ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli qilmish deb topiladi.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish har bir davlatning muhim va asosiy vazifasi hisoblanadi. Inson tinch va xotirjam yashashni xohlaydi. Tinchlik bo‘lgan joyda baraka va rivojlanish bo‘ladi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi. Bundan tashqari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirishning ta’sirchan tizimini yaratish, qonun buzilishlarining oldini olish va ularni bartaraf etishning zamonaviy tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish maqsadida Prezidentimizning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘plab muhim masalalar qatori yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Ichki ishlar vazirligi tomonidan berib borilayotgan axborotlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, bugun yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar sirasiga – o‘g‘irlik, talonchilik, bosqinchilik kiradi. Bularning esa tag-zaminida mulkiy manfaatdorlik yotadi. Mulkiy muammolarni – birovlarning burnini qonatish hisobiga hal etishga intilish esa kishining ma’naviy qashshoqligini anglatadi.
Mamlakatimizda jinoyatchilik va uni keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu yo‘nalishda yoshlarning jinoyatchilik yo‘liga o‘tishlarining oldini olishga katta e’tibor qaratilyapti.
Tadqiqotlar natijasida yoshlar huquqbuzarliklarining oldini olishning tashkiliy va huquqiy choralarini belgilash va hal etishda bir qator muammolar mavjudligi aniqlandi. Xususan, ota-onalar tomonidan farzandlarining ta’lim muassasalarida ta’lim olishini pedagogik nazorat qilish darajasi juda sust. Shu bilan birga qishloq joylarida ta’lim muassasalarining yetarli emasligi, yoshlar (18-30 yosh) bilan shug‘ullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlarining mas’ullik darajasini belgilovchi va ularga majburiyat yuklovchi qonun normalarining yagona tizimi mavjud emasligi shular jumlasidandir.
Jamiyatdagi barcha nojo‘ya holatlar, jumladan, oiladagi notinchlik, ta’lim muassasalari ishidagi va boshqa sohalardagi kamchiliklar yoshlarning normal rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Huquqbuzarlik sodir etgan yoshlarning 62,2 foizi bo‘sh vaqtlarini ko‘chada o‘tkazishadi.
Bunday salbiy holatlarning oldini olish uchun, avvalambor, axborot-tahlil ishlarini yo‘lga qo‘yish lozim. Bu bilan yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatchilikning umumiy holati, miqyosi, tarkibi, tabiati va dinamikasi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.
Shuningdek, yoshlar huquqbuzarliklarini baholashda ularning yuzaga kelishiga ta’sir etuvchi omillarni inobatga olish, u yoki bu hududda ma’lum bir turdagi, ayniqsa, og‘ir oqibatlarni keltirib chiqaruvchi jinoyatlarning sabablarini tahlil etish muhim ahamiyatga ega.
So‘nggi statistik ma’lumotlarga qaraganda, yoshlar o‘rtasida jinoyat sodir etish 2018 yil mobaynida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foizga, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyat sodir etish esa 17 foizga kamaygan. Biroq, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning saqlanib turganligi barchamizni befarq qoldirmasligi lozim.
Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish – butun jamiyatning vazifasi. Tadqiqotlar aksariyat jinoyatchilarning shaxsi dastlab tarbiyasizlik oqibatida shakllanishini ko‘rsatmoqda. Tarbiyasi og‘ir o‘smir – axloqan tuzatish va qayta tarbiyalashga muhtoj bo‘lgan shaxsdir. Uni axloqan tuzatish va tarbiyalash jinoyatchiga aylanishining oldini olish, shuningdek, jamiyat bilan normal aloqalarini tiklash, unda faol hayotiy pozisiyani shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi.
Agar jinoyatlarni profilaktika qilishning ixtisoslashmagan sub’ektlari zararli ta’sir manbalarini bartaraf etish choralarini o‘z vaqtida ko‘rmasalar, tarbiyasi og‘ir o‘smirlar pedagogik va ijtimoiy beqarorlikning navbatdagi bosqichiga o‘tadilar. Agar o‘smir birinchi noo‘rin harakati (huquqbuzarligi) uchun jazo olmasa, unda qonun talablariga bepisandlik, atrofdagilar fikri bilan hisoblashmaslik odati rivojlanadi.
Yoshlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoat tashkilotlarining profilaktik ta’siri doirasiga asosan huquqbuzarlik sodir etganidan keyin tushishlari ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish borasidagi muhim muammolardan biridir. Yoshlarning g‘ayriijtimoiy moyilligini dastlabki bosqichda profilaktika qilishga nisbatan yuzaki yondashish hollari ham uchrab turadi.
O‘ziga xos profilaktika choralaridan biri huquqbuzarlik sodir etayotgan yoshlarning ota-onalarini (homiy yoki vasiylarini) g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan rasman ogohlantirishdir.
Ota-onalarning bolalar tarbiyasiga mas’ulligi Konstitusiyamizning 64-moddasida qayd etilgan. Unga ko‘ra ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.

Biroq so‘nggi paytda ota-onalar orasida farzandning tarbiyasiga o‘quv muassasasi javobgar degan fikr avj olmoqda. Vaholanki, farzandning tarbiyasi birinchi o‘rinda ota-onasi uchun muhim. Voyaga yetmaganlar va yoshlar huquqbuzarliklarining oldini olishda ota-onalarning ishtiroki tahlil qilinganda, ota-onalarning 42,8 foizi farzandlari tarbiyasiga e’tiborsiz ekanligi, 48,7 foizi bolalarini yetarli darajada tarbiyalay olmasliklari aniqlandi. Farzand niholga o‘xshaydi. Uni yoshligidan qanday tarbiyalasak, shunday voyaga yetadi. Bunda albatta oila, mahalla, jamiyatdagi muhit muhim ahamiyatga ega. O‘zi, oilasi, xalqi, ma’naviy ildizlari haqida yetarli tushunchaga ega bo‘lgan bola jinoyat ko‘chasiga qadam bosmaydi. Bunga erishish uchun jamiyatning har bir a’zosi zimmasidagi mas’uliyatni chuqur his etishi, burchini sidqidildan bajarishi lozim.
Bugungi globallashuv davrida doimo huquqiy muammo bo’lib kelgan huquqbuzarliklar nafaqat ijtimoiy muammo, balki psixologik muammo hamdir. Voyaga yetmaganlar o'rtasidagi huquqbuzarliklarga oid qonunlar uzoq vaqtdan beri shakllangan bo'lsa-da, ular ham vaqti-vaqti bilan o'zgartirilib boriladi. Hozirgi kunda dunyoning barcha ilg'or va sivilizatsiyalashgan davlatlarida voyaga yetmaganlar jinoyati to'g'risidagi qonunlar o'zgartirildi. Bundan tashqari, bugungi kunda huquqbuzarlik jinoyatdan ko'ra noto'g'ri xatti-harakatlar, ijtimoiy noqulaylik sifatida qaralmoqda.
Voyaga yetmaganlarning jinoyati deganda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar tushuniladi. Ya’ni 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar shular jumlasiga kiradi. Turli mamlakatlarda maksimal yosh chegarasi va huquqbuzarlikning ma'nosi farq qiladi. Ammo har doim 18 yoshdan kichik bo'ladi, bu huquqbuzarlik uchun qonuniy yosh hisoblanadi.
Huquqbuzarlik sabablari haqida gap ketganda odamning jinoiy moyilligi ota-onalarning avvalgi hayotidagi yomon ishlarining natijasi sifatida qaraladi. Bu, shubhasiz, noto'g'ri tushuncha va noto'g'ri fikrdir. Boshqa tomondan, bolada huquqbuzarlik paydo bo'lganda, ko'pchilik buni ota-onasining bolalik davridagi xatti-harakatlari, harakatsizligi va topshiriqlari bilan bog'liq deb hisoblaydi.
Voyaga yetmagan o’smirlarning huquqbuzarlikka yo’l qo’yishiga asosiy sabablardan biri-hissiy muammo. Bolaga noto'g'ri munosabatda bo'lish va noto'g'ri tarbiyalash bolada bir nechta hissiy muammolarni keltirib chiqaradi. Turli kuzatuvlar, holatlar tarixi va intervyular shuni ko'rsatdiki, huquqbuzarlarning ancha yuqori foizi hissiy buzilishlarni namoyon qilgan. Ishonchsizlik tuyg'usi, ota-onalar va oilaning boshqa a'zolarini rad etish huquqbuzarlik xatti-harakatlarini keltirib chiqaradigan keyingi muhim omillardir.
Bu ma'lumotlarning barchasi shuni ko'rsatadiki, huquqbuzar bolalar orasida ishonchsizlik, hasad, e'tiborsizlik va tushkunlik kabi turli xil hissiy muammolar juda keng tarqalgan. Shu sababli, bunday yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish uchun ko‘proq ruhiy ta’sir, ularda kelgusi hayotga nisbatan ishonch va rag‘bat uyg‘otish muhim hisoblanadi.
Voyaga yetmaganlaga jinoyatchiligi quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:
- Yoshlar orasidagi jinoyatchilik asosan guruhiy xususiyatga ega bo‘lib, jinoyatchi qanchalik yosh bo‘lsa, u jinoyatni shunchalik kam hollarda yolg‘iz sodir etadi;
- Yoshlar jinoyatchiligi ijtimoiy nazoratning holati bilan chambarchas bog‘liq;
- Yoshlar orasidagi jinoyatchilik ijtimoiy muhitdagi o‘zgarishlarga juda ta’sirchandir. Yoshlarning shaxsi muhitning ham ijobiy, ham salbiy ta’siriga oson uchraydi. Mamlakatimizning siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarida yuz berayotgan o‘zgarishlarning salbiy oqibatlari yoshlar orasida jinoyatchilikning keskin ko‘payishini, uning uyushgan, qurollangan, shafqatsiz bo‘lishini, yoshlarning umumiy jinoyatlari orasida mast va narkotik moddalar ta’sirida sodir etilgan jinoyatlar ulushining ko‘payishini, jinoyatlar ishtirokchilari orasida ish va o‘qish bilan band bo‘lmaganlar hissasining ko‘payishini keltirib chiqardi. Bu esa yoshlar orasida, jamiyatda yuz berayotgan jarayonlarni va ularning jinoyatchilik holatiga ta’sirini o‘rganishni talab qilmoqda. Voyaga yetmagan o‘smirlar xulq-atvorini shakllantirishning psixologik jihatlarini o‘rganish borasida respublikamiz psixologlari tomonidan ham bir qator ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Jumladan, M.Davletshin, E.G‘oziev, M.Vohidov, V.Karimova, N.Safoev, F.Haydarov, Sh.Do‘stmuhamedova, L.Nazirova, N.Komilova kabi olimlar tomonidan o‘smir psixologiyasi, voyaga yetmaganlar psixologiyasi, o‘smirlar xulq-atvorining o‘ziga xosligi, o‘smirlardagi og‘ishishlar, tarbiyasi og‘ir o‘smirlar, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi, o‘smirlar xulq-atvorini o‘zgarishiga ta‘sir etuvchi omillar kabi masalalar o‘rganilgan. O‘smirlik davrini inqirozli davrga aylantirib qo‘yadigan sabablar juda ko‘p (bolalarning jinsiy etilishi, ularda kattalik hissiningpaydo bo‘lishi va rivojlanishi, mustaqillikka bo‘lgan ehtiyojning kuchayishi va h.k.). bunday sabablarning tahliliga bag`ishlab qator maqolalar, risolalar yozish mumkin. Biroq farzandining Їtilini topa olmayotgan, u bilan psixologik aloqa o‘rnatishga qiynalayotgan har birorta-onani farzandidagi o‘zgarishlarning sabablaridan ko‘ra shunday vaziyatlarda qanday yo‘l tutishi kerakligi, nima qilish mumkinligi ko‘proq qiziqtiradi. Shu tufayli ushbu bo‘limda asosiy urg`u o‘smir yoshdagi bolalar va ota-onalar o‘rtasidagi psixologik aloqani, muloqotni yaxshilash uchun nimalarqilish maqsadga muvofiqligiga qaratildi.
Ushbu bandda farzand tarbiyasida qo‘l keladigan tayyor Їretseptlar yo‘q, unda barcha vaziyatlarga birdek mos keluvchi tavsiyalar ham uchramaydi. Ota-onalarga farzandi bilan qanday muloqot qilishni o‘rgatish niyati ham ko‘zlanmaydi. Zero, har bir oilada bu borada o‘ziga xos tajriba, an‘ana va qoidalar borligi hech kimda shubha uyg`otmaydi. Demak, bundan ko‘zlangan bosh maqsad –mutaxassislarning amaliy tavsiyalarini (ko‘rsatmalarini emas, aynan tavsiyalarini) o‘quvchiga yetkazish, uni jonli mushohada va mulohazaga undashdir.Avvalo, shunga e‘tibor qaratish kerakki, o‘smirlik yoshida ota-onaning bola ko‘z o‘ngidagi mavqei bir muncha pasayadi. Maktabgacha yoshdavrida, kichik maktab yoshida otaonasini eng kuchli, aqlli va chiroyli, deb hisoblaydigan bolalar o‘smirlik yoshiga yetib, aslida ularning ota-onalarida ham talay kamchiliklar borligini payqay boshlashadi. Umuman, bu davrda tengdoshlar mavqei oshib, kattalarga nisbatan tanqidchan munosabat kuchayadi.Mamlakatimizda voyaga yetmagan yoshlar muammosiga u yoki bu darajada aloqador bo‘lmagan birorta tashkilot yoki shaxsning o‘zi yo‘q. Biroq bu tashkilotlar va shaxslarning voyaga yetmaganlarni barkamol avlod etib tarbiyalashda o‘z o‘rni, ahamiyati, o‘ziga xos ta‘siri bor. Aytaylik, birorta bekorchi, huquqbuzar yoki diniy aqidaparast o‘z manfaatlari yo‘lida voyaga yetmagan yoshlar xizmatidan, foydalansa, hatto jinoyatga undasa, bu ham ularga ta‘sirning bir, ko‘rinishi, afsuski, salbiy namoyon bo‘lishidir?! Bizning fikrimizcha, voyaga yetmaganlar qarovsizligi va huquqbuzarliklarining oldini olishning eng samarali yo‘li mahalla, oila va maktabning mustaqkam hamkorligini ta‘minlashdan iboratdir. Xulosa o‘rnida shuniaytish mumkinki voyaga yetmaganlar o‘rtasida nizolarni hal yetishni hamda jinoyatchiikni sodir etmaslikni ularga o‘rgatish kerak. Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nizoli vaziyatlar har doim paydo bo‘ladi, faqat uni ijobiy hal etilgan yondashishni bilishimiz kerak. Chunki ular o‘smir yoshidagi o‘quvchilar bo‘lib, o‘tish davrini og‘ir damlarini boshdan o‘tkazayotgan davrdir. Milliy an‘analarimizga, maqollarga asosan: Kattani hurmat qil, kichikni izzat, Odobli bola elga manzur, Ustoz otangdek ulug’, Har qilsang hurmat ko‘rasan, Oltin olma duo ol, duo oltin emasmi kabi ibratli so‘zlarga suyangan holda nizolarni hal etishni, ba‘zan yon berishni o‘rganishni farzand go‘dakligidan oila dargohida o‘rgatish lozim. Qush uyasida ko‘rganini qiladi deganlaridek ibratli oilaning farzandlari ham ibratli bo‘lishi kerak. Odobaxloq masalalari, shuningdek, urf-odatlarimiz, milliy an‘analarimiz, qadryatlarimiz, buyuk ajdodlarimizning pand-nasihatlari, noyob asarlariga amal qilsak, voyaga yetmaganlar o‘rtasida salbiy xulq-atvor ko‘rinishlari kuzatilmaydi.
Ko’pchilik nazarida, mustaqillik yillarida O’zbekistonda yoshlar orasida jinoyatchilik ko’paygan. Mutaxassislar va kuzatuvchilar nazarida, yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik hollarining ortishiga iqtisodiy nochorlik, ishsizlik, ruhiy tanglik, maktablarda diniy ta’limning yo’lga qo’yilmagani sabab bo’lmoqda.
O’zbekistonda so’nggi yillarda yoshlar o’rtasida jinoyatchilikning ortib borayotgani rasmiy doiralarda ham, huquq-tartibot organlari nashrlarida ham qayd etiladi. Mutaxassislar bu hol sababini turlicha izohlaydilar. Advokat Baxtiyor Shohnazarov fikricha, yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning asosiy qismi ishsizlik va bekorchilikdan kelib chiqmoqda. “Bugungi kunda yoshlar o’rtasida asosan O’zbekiston respublikasining jinoyat kodeksining 169-moddasida ko’rsatilgan o’g’rilik jinoyatlari sodir etish ko’plab uchrayapti. Yana shu moddada ko’tsatilgan talonchilik jinoyatlari, ya’ni ko’cha-ko’yda fuqarolarning qimmatbaho buyumlarini, taqinchoqlarini talonchilik yo’li bilan olib ketish kabi jinoyatlar ko’plab uchrayapti. Bu jinoyatlarning eng ko’p uchrashiga sabab, mana shu yoshlarning o’rtasida hozirgi paytda bo’sh yurganlar, o’qishga bormasdan, o’qishni bitirgandan keyin ish topolmasdan yoki oliy yoki boshqa o’quv yurtlarida o’qishni davom ettirish uchun imkoni bo’lmagan shaxslar, ko’proq mana shunday bekorchi yurgan yoshlar tomonidan jinoyatlar sodir etilyapti”, - deydi advokat Baxtiyor Shohnazarov.
Ayrimlarga ko’ra, O’zbekistondagi bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelgan muhit ham o’smirlar jinoyatchiligining ko’payishiga bois bo’lgan. Tadqiqotchi Salomat Niyozova deydiki, “Oiladagi ichkilikbozlikka berilib ketgan otaning tarbiyasi bo’lmaydi, yoki bo’lmasa oilada maishiy… shug’ullanib ketgan onaning tarbiyasi bo’lmaydi. Buning oqibatida bola qarovsiz qoladi, ko’chada tentirab yurishiga to’g’ri keladi. Va qanaqadir yo’llar bilan pul ishlab topish harakatini qiladi. Yoki bo’lmasa, oila boshlig’i bo’lgan ota-onalarning tijorat bilan shug’ullanaman deb xorijiy davlatlarga ketishi ham, natijada bolalarning qarovsiz qolishi va buning oqibatida ham jinoyatlar ko’proq 13-14 yoshda bo’lgan voyaga yetmagan o’smirlar tomonidan sodir qilinmoqda”, -deb hisoblaydi tatqiqotchi Salomat Niyozova.
Salomat Niyozova bugungi kunda katta yoshdagilar bilan birga, voyaga yetmaganlar orasida ham jinoyatchilik ko’payganini aytadi. Unga ko’ra, o’smir yoshlar o’zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog’liq jinoyatlar bilan birga birovning joniga qasd qilish va uyushgan jinoyatchilikka ham qo’l urmoqda.
“Mana shu jinoyatlarning bugungi kunda kelib chiqishining o’ziga xos sabablari mavjud. Ko’pgina holatlarda iqtisodiy jihatlar bilan bog’lab olib ko’rishimiz ham mumkin, lekin ko’proq shu tadqiqot ishlari natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, atrof-muhitdagi shaxslarning ta’siri, yoki katta yoshdagi shaxslarning voyaga yetmaganlarni jinoyatga jalb qilish holatlari ko’proq uchrarkan. Bir misol ko’rib o’tadigan bo’lsak, qamoqxonalardan qaytib kelgan katta yoshdagi shaxs atrofiga bir to’da o’smir yoshlarni to’plab olib, ularga o’zining jinoyat olamidagi bo’lgan qiziq-qiziq voqealarni so’zlab beradi, yoki bo’lmasa ularga turli xil jinoyatlarni sodir qilish usullarini o’rgatib, ularni qiziqtira boshlaydi. Natijada yoshlar o’rtasida uyushgan guruh tuzilib, bu guruh esa o’zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog’liq bo’lgan oldin mayda jinoyatlarni, keyinchalik esa katta-katta jinoyatlarni sodir qilish holatlarini keltirib chiqarishadi”, - deydi Salomat Niyozova. Ba’zi yoshlar fikricha, kattalarning bolalarga shaxs o’laroq munosabatda bo’lmasliklari ham yoshlarni jinoyatga boshlovchi omillar sanaladi. “Ota-ona agar bolani har doim urushib, ko’chaga haydab yuborsa uni, urib-so’ksa, bola, albatta, yomon yo’lga kirib ketadi. Har xil yomon narsalar qilib, chekishni ham boshlaydi siqilganidan, ichishni ham boshlaydi, yomon bolalarga qo’shiladi. Bizning mahallada bir bola turadi, u o’g’rilik qilganda uni qamoqqa o’tqazishgan. Qamoqdan ikki yildan keyin chiqib onasini o’ldirib ketgan”.
“Ota-onasi ko’p pul beradi. Bermay qo’yganda, u o’rganib qolgandan keyin boshlaydi-da o’g’rilik qilishni”.
“Misol uchun o’quvchi dars qilib kelmasa o’qituvchilar ham ba’zida “san hayvonsan... isqirtsan”, - deydi. Shu ham psixologiyasiga ta’sir qiladi va bola ko’ngli ranjiydi va yomon yo’lga kirib ketishi mumkin”, - deyishadi ayrim o’smir yoshlar.
Yoshlar o’rtasida jinoyatchilikning ko’payishi sabablari turlicha bo’lsa-da, shularning biri yoshlar ruhiyatida diniy bo’shliqning paydo bo’lganida, deb hisoblaydi ba’zi dindorlar.
Adabiyotshunos olim Sayfiddin Rafiddin fikricha, o’quv maskanlarida diniy tarbiyaning yo’lga qo’yilishi yoshlarni jinoyatchilikdan qaytarishning bir yo’li bo’lishi mumkin.
“Qur’on oyatlari orqali, Hadisdagi odob-ahloqqa oid juda kop pandu-nasihatlar borki, bugungi kunda bularni yoshlarning ongiga singdirish kerak. Ya’ni, yoshligidan ruhiyatiga qaysi savob, qaysi gunoh kabi bir qancha ilohiy so’zlarni singdirish kerak. Islom ahloqi va odobi, islom madaniyati degan juda katta tushunchalarni bog’chalar, maktablarda, oliy o’quv yurtlariga kiritilib, shular orqali yoshlarni tarbiyalash kerak. Diniy ta’lim, dunyoviy ta’lim har ikkalasi qaysi insonda mujassam bo’lsa, o’shanda bir komillik, kamolot paydo bo’ladi. Xudodan qo’rqmagandan qo’rq, degan bizda bir maqol bor. Demak, yoshlarni avval Xudodan qo’rqitish kerak. Birovning haqini yema, birovni so’kma, birovni urma, Xudo jazo beradi deyish kerak. Masalan yolg’izlikda ham Xudoning ko’rib turgani, bilib turgani, eshitib turganini bola agar his qilsa, u hech qachon jinoyat qilmaydi”, - deydi adabiyotshunos olim, taqvodor Sayfiddin Rafiddin.
O’zbekiston shahar va qishloqlarida ham yoshlar huquqbuzarligining ko’paygani aksar holda iqtisodiy yetishmovchilik bilan izohlanadi. Biroq dindorlar bu hol yana iymon-e’tiqod bilab bog’liq masala ekanini aytadilar. "Masalan, har xil yetishmovchilik deymiz, lekin qishloqlarda bugungi kunda qancha hayot og’ir bo’lgani bilan to’ylar qadimgiday o’tyapti",-deydi Sayfiddin Rafiddin. "Hech kimning ochlikdan o’lgan joyi yo’q. Faqat bu yerda iymon susayib ketgan. Bu yerda ishonch, mehr, vafo degan narsalar susaygan. Payg’ambarimiz zamonlarida sahobalar hayotiga nazar solsak, shunday bir yetishmovchiliklar bo’lgan ekanki, masalan bitta turshakni, 20 kishi o’tirsa, bir-bir shimib chiqarkan, shunga qanoat qilarkan. Bilasizmi, iymon-e’tiqod haqqatam mustahkam bo’lsa, har qanday holatda inson gunohga qo’l urmaydi. Chunki bu sahobalar hayotida, yo bo’lmasa ma’lum bir jamiyatlarda, o’sha iymon mustahkamlangan, iymon odamlarning qalbiga, ongiga, shuuriga kirgan payrlar bo’lganki, bu isbotlangan”, - deydi Sayfiddin Rafiddin.
Birinchi marta ijtimoiy xavfi uncha katta bo’lmagan jinoyat sodir etganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlash, o’sha yosh ruhiyatiga salbiy ta’sir etishi mumkin, deb hisoblaydi ba’zi mutaxassislar.
Qamoq hech qachon kishilarni ijobiy tomonga o’zgarishiga xizmat qilmasligi, bu esa ularning keyingi hayotlarida o’z aksini ko’rsatishi aytiladi. Advokat Baxtiyor Shohnazarovning fikricha, “Mana shu voyaga yetmaganlarning, yoshlarning ruhiyati hali to’la shakllanmaganligi, ularni qandaydir qaltis harakatlar bilan sindirib qo’yish ham hech gap emasligini e’tiborga olgan holda ularning ustidan tergov, sud harakatlarini olib borish kerak. Chunki bilamiz, yoshlar ruhiyati juda ta’sirchan bo’ladi. Ularni sindirib qo’yish ham hech gap emas. Shuning uchun tergov organlari xodimlari ham, qolaversa sud majlisida ham ularning yoshidan kelib chiqqan holda, mana shu jarayonlarga ruhshunoslarni taklif qilgan holda o’tkazish kerak",-deydi advokat Shohnazarov. Mutaxassislarga ko’ra, qamoq muddatini o’tab chiqqan ba’zi yoshlarning qayta jinoyat sodir etish hollari kuzatilmoqda. Advokat Baxtiyor Shohnazarov fikricha, buning boisi ularning jamiyatda o’z o’rinlarini topishlari qiyin kechishidadir.
“Haqiqatdan ham kishi qamoqdan chiqqandan keyin unga nisbatan atrofdagilarning munosabati o’zgarib qoladi. Qamoqdan chiqqan shaxslar ham o’zlarini boshqacharoq tutishga harakat qilishadi, odamlarning oldida. Xuddi ular hayotning achchiq-chuchugini ta'tib kelishganu, ularga ortiqcha gap gapirish mumkin emas, degan fikr ham o’rnashib qoladi. Shuning uchun odamlar ham ular bilam ehtiyotkorlik bilam muomala qilayotganining guvohi bo’lamiz. Lekin hozirgi vaziyatda bilamiz, ish topish ancha muammo, ayniqsa qamoqda o’tirib chiqqan shaxsni ishga olishga hamma korxona-tashkilotlar rahbarlari moyillik ko’rsatavermaydi. Shuning uchun bularni ishga joylashda katta muammolar kelib chiqadi. Bir tomondan ularga taklif qilingan ishlar ham ko’pincha ana shu shaxslarni qanoatlantirmaydi. Maoshi kam bo’ladi, sharoitlari ularga to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun oxir-oqibatda ularning yana jinoyat yo’liga kirishi hollari ham uchraydiki, bularning hammasini iqtisodiyotga, iqtisodiy sabablarga bog’lasa bo’ladi”, - deb hisoblaydi Shohnazarov.
Ba’zi mutaxassislar fikricha, xorijdan kirib kelayotgan jangari filmlar ta’siri ostida ham o’smir yoshlar turli jinoyatlarga qo’l urishmoqda. Ayrim boy oila farzandlarining turli huquqbuzarliklar sodir etishi, iqtisodiy to’q oiladagi ma’naviy qashshoqlik bilan izohlanadi. So’nggi paytlarda o’smir yoshidagi qizlar orasida jinoyatchilikning ko’payayotgani esa, iqtisodiy nochorlik bilan bog’liqligi aytiladi.
Huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikni jilovlash masalasi ham davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birga mahalliy hokimlik va boshqa mutasaddi idoralar zimmasiga muhim vazifalar yuklangan. Ular buni bajarish bo‘yicha turli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Shunga qaramay jinoyatlar uchrayotgani, jinoyat qilgan shaxslarning har uchinchisini yoshlar tashkil qilayotgani afsuslanarli. Buni Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 iyul kuni Farg‘onada huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida qayd etdi. Sodir etilayotgan jinoyatlarning 32 foizi o‘g‘rilik va firibgarlik hisoblanadi. Ushbu toifadagi jinoyatlarning eng ko‘pi Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatida qayd qilingan. Voyaga yetmaganlar ichida o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlar ham borligi, bu borada viloyatda ham, respublikada ham eng yomon ahvol Qo‘qon shahrida ekani ko‘rsatib o‘tildi. Viloyatda voyaga yetmaganlar sodir etgan og‘ir jinoyatlarning 20 foizi va o‘ta og‘ir jinoyatlarning 43 foizi aynan Qo‘qon shahriga to‘g‘ri kelgan. Jinoyatga qo‘l urganlar orasida 47 nafar maktab va 18 nafar kollej o‘quvchisi borligi barchamizni birdek tashvishga solmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, jinoyatni aniqlash, uning negizini topish, huquqbuzarliklarning oldini olish, uni jilovlash mutasaddilarning eng asosiy vazifasidir. Jinoyatchiga jazo berishdan ko‘ra, uning oldini olish afzal. Bu yo‘nalishda hamkorlikni kuchaytirish lozim. Jinoyatchilikka qarshi kurash nafaqat huquq-tartibot organlarining, balki barchamizning faoliyatimiz mezoni bo‘lishi kerak.
Farzand niholga o‘xshaydi. Uni yoshligidan qanday tarbiyalasak, shunday voyaga yetadi. Bunda, albatta, oila, mahalla, ta’lim tashkiloti va jamiyatdagi muhit muhim ahamiyatga ega. Zero, o‘zi, oilasi, xalqi, ma’naviy ildizlari haqida yetarli tushunchaga ega bo‘lgan bola jinoyat ko‘chasiga qadam bosmaydi.
Hozirgi kunda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon qilish, ularning fuqarolik javobgarligini va olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish borasida bir qator amaliy ishlar qilinmoqda.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish, ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish darkor. Korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro samarali hamkorligini tashkil etish bilan bog‘liq aniq vazifalar belgilangan. Ma’rifatparvar alloma Abdulla Avloniy yoshlar tarbiyasini “hayot - mamot masalasi”, deb ta’riflagan. Zero, tarbiyasi mo‘rt yoshlardan jamiyat, mahalla yoki oila uchun hech qanday naf bo‘lmaydi. Yoshlarning jinoyatga qo‘l urishi tarbiyada yo‘l qo‘yilgan xato yoki befarqlikning achchiq in’ikosidir.
Kelajagimiz yoshlarning qo‘lida ekanligini unutmagan holda ular tomonidan jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, ezgu va bunyodkorlik tashabbuslari chiqishini, shunday ishlar amalga oshirilishini ta’minlash uchun barchamiz birdek harakatda bo‘lmog‘imizi shart.
–Aslida ham, aholining tinchligini ta’minlash mahalladan boshlanishi kerak. Lekin mahallada jinoyatchilikni jilovlash ahvolidan xalqimiz qanchalik rozi, – deya savol qo‘ydi Prezident. Misol uchun, o‘tgan olti oyda mahallalarda barvaqt oldini olish mumkin bo‘lgan 12 mingga yaqin jinoyat sodir etilgan. Qotillik va tan jarohati bilan bog‘liq jinoyatlarning 50 foizi oilaviy-maishiy nizolar va muntazam janjallar oqibatida, o‘g‘rilikning 70 foizi ishsizlik va moddiy yetishmovchilik sabab, yoshlar va o‘smirlar jinoyatlari, asosan, oiladagi muhit va huquqiy savodxonlik yetishmasligi tufayli sodir bo‘lmoqda. Shuningdek, ayrim huquq-tartibot idoralari rahbarlari jinoyatchilikni oldini olishda jilovni qo‘yib yuborgan. Ular orasida shaxsiy manfaatlarini kasbiy majburiyatlaridan ustun ko‘rayotgan, huquq-tartibot idoralarida ishlashga nomunosib bo‘lgan bir qator rahbarlar ham bor, – dedi davlatimiz rahbari.
Yoshlik – insonning porloq kelajagi uchun urug‘ qadaydigan davrdir. Hayotning ushbu pallasini o‘z salohiyatini oshirish, jamiyatda munosib o‘rin egallashga intilgan yoshlarning kelajagi nurafshon. Ammo, ayrimlar “yoshlik – beboshlik” deya nojo‘ya harakatlarga qo‘l urib jinoyat ko‘chasiga kirib, o‘z boshiga kulfat solib qolganlarini bilmay qolyapti. Agar ular ham o‘z muvofaqqiyatlari bilan yurt ravnaqiga hissa qo‘shayotgan yoshlardan ibrat, o‘rnak olganlarida, ota-onalari farzandlariga befarq bo‘lmaganlarida edi bugun yoshlar o‘tasida jinoyatchilik ancha kamayardi. Adashgan yoshlar mayda bezorilik, o‘g‘irlikka qo‘l urib bebaho va betakror umrning oltin davrini panjara ortida o‘tkazmagan, yurug‘ kelajagiga bolta urmagan bo‘lardilar. Hozirgi kunda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik sonining ortib borayotgani, har birimizni tashvishga solayotgan va ayni paytda jamiyat va davlatning oldida turgan dolzarb muommolardan biri sifatida e’tirof etilishi, uning oldini olish naqadar muhim ekanligini ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Agar farzandlarimizga to‘g‘ri tarbiya bermasak, har kuni, har daqiqa uni yurish-turishi, kayfiyatidan ogoh bo‘lib turmasak, ularni ilm-u hunarga o‘rgatmasak, munosib ish topib bermasak, bu omonatni boy berib qo‘yishimiz hech gap emas” deya ta’kidlagan fikrlari ham yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, chin ma’noda vatanparvar etib tarbiyalash, ularning o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish dolzarb masala ekanligini anglashimiz mumkin. Borgan sari murakkablashib borayotgan tahlikali va ziddiyatli dunyo tevaragi eng avallo, ertangi kunimizning kelajagi bo‘lgan yoshlarimizni turli yot mafkuralar ostida jinoyatga moil bo‘lib ulg‘ayishining oldini olish ustuvor vazifalarimizdan biridir.
Mamlakatimizda yoshlar va voyaga yetmaganlar huquq-yerkinliklarini ta’minlash, ularning qonuniy manfaatlarini muhofaza yetish, eng asosiysi, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Voyaga yetmaganlar manfaatlarini himoya qilish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgani samarali ijtimoiy himoya tizimini joriy yetish hamda yoshlarni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lmoqda. Ayni paytda mamlakatimiz aholisining 60 foizini yoshlar tashkil etadi. Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda Respublikada jami 35 mln 271 ming aholining 9,4 mln yoki 26,9 foizini yoshlar (18-30 yosh), 12,7 mln yoki 36,3 foizini esa voyaga yetmaganlar tashkil etadi (18 yoshgacha). Ushbu ko‘rsatkichning o‘zi masala nechog‘li dolzarb ahamiyatga ega ekanidan darak beradi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarning ma’naviy va ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, ularga zamonaviy bilim olish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash masalalari Davlat siyosati darajasigacha ko‘tarildi. Shu o‘rinda, yoshlar bilan ishlash borasidagi faoliyatni huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan baza yaratildi.
Xususan, O‘zbekiston yoshlar o‘rtasida turli xil illatlarni oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida salmoqli ishlarni amalga oshirilmoqda. Xususan, mustaqillik qo‘lga kiritilganidan 3 oy o‘tmasdan, ya’ni 1991-yil 20-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. 2016-yilga kelib “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Bundan tashqari, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi, qator xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilindi. Shu bilan birga huquqbuzarliklar profilaktikasi sub’ektlarining kundalik faoliyatida aniqlangan muammolar, bu boradagi faoliyat asoslarini belgilovchi qonun hujjatlaridagi kamchiliklar mavjudligi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish zarurligini belgilab berdi. Loyihaning asosiy g‘oyasi huquqbuzarliklar profilaktikasining ustuvor vazifalari, tamoyillari va turlarini, huquqbuzarliklar profilaktikasi bilan bevosita shug‘ullanuvchi organlar va muassasalar tizimini, shuningdek, ularning vakolatlarini qonunchilik darajasida mustahkamlashdan iborat. Normativ-huquqiy bazaning tahlili shuni ko‘rsatdiki, huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari qonunlarning alohida normalari, Hukumat qarorlari, idoraviy normativ hujjatlar bilan tartibga solingan. Bu holat huquqbuzarliklar profilaktikasi subektlari faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini lozim darajada ta’minlamadi. Shuningdek, loyihani tayyorlashda huquqbuzarliklar profilaktikasini qonunchilik bilan tartibga solish sohasidagi MDH davlatlari va uzoq xorij davlatlarining tajribasi hisobga olindi. Xalqaro amaliyotni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, bir qator xorijiy mamlakatlarda (Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va boshqalar) huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yagona qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 2014-yil 14-mayda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Qabul qilingan Qonun huquqbuzarliklar profilaktikasining huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish, huquqbuzarliklar profilaktikasi subyektlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning izchilligi va tartibliligini ta’minlash, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarini tartibga soluvchi huquqiy normalarni birlashtirishga qaratilgan.
O‘tgan besh yil mobaynida Yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida 2017-2021-yillarda 50 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Jumladan, mazkur hujjatlar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6017-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23-sonli Qarori yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning ustuvor va dolzarb yo‘nalishlarini belgilab berdi. Harakatlar strategiyasida ham O‘zbekistonning jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi maqsadlari aniq va ravshan bayon etildi. Parlamentning yoshlar bilan ishlash borasidagi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi tuzildi va o‘z faoliyatini boshladi. Yoshlarning, ayniqsa uyushmagan yoshlarning kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib sharoitlar yaratishga, bandligini ta’minlashga, ishbilarmonlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etishga ko‘maklashish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish ushbu komissiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi. Har haftaning payshanba kuni mamlakatimizda Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish profilaktika kuni sifatida belgilangani bolalarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, o‘smirlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini mustahkamlash, ota-onalar hamda vasiylik organlarining mas’uliyatini oshirish borasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muhim yo‘nalish bo‘ldi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, oila, ta’lim muassasalari va keng jamoatchilik zimmasiga yoshlar huquqbuzarligi va jinoyatchiligining oldini olish, hududlarda voyaga yetmaganlarning ma’naviy, axloqiy, huquqiy, estetik, jismoniy, mehnat tarbiyasida ishtirok etish, ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ko‘maklashish, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga yordam berish vazifalari yuklatildi. 2021-yilning 26-mart kuni qabul qilingan “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni Harakatlar strategiyasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq vazifalar ijrosida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur Farmon 2021-yil – “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturining 32-bandi ijrosini ta’minlashga qaratilgani bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.
Farmonga ko‘ra, har bir mahalla, oila va shaxs kesimida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid muammolar bevosita joylarning o‘zida hal yetilishi belgilandi. Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari negizida mahalla huquq-tartibot maskanlari tashkil etildi.
Dastlab Toshkent va Samarqand viloyatlarida, yil yakuniga qadar yesa respublikaning boshqa hududlarida profilaktika inspektoriga masofadan turib murojaat yuborish va uni ko‘rib chiqish jarayonini kuzatib borish imkonini beruvchi “Smart mahalla” axborot dasturi yaratildi. 2020-yil 25-dekabrda ilk bor o‘tkazilgan O‘zbekiston yoshlari forumi davomida yoshlar bilan bog‘liq barcha masalalar atroflicha tahlil qilinib, bugungi kunda yoshlar masalalari bo‘yicha oldimizda turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi. Bunda, Muhtaram Prezidentimiz tomoningizdan ilgari surilgan “Yangi Renessans poydevorining bunyodkorlari – yoshlar” ulug‘vor g‘oya atrofida yoshlarni birlashtirish bo‘yicha barcha vazirlik va idoralari uchun aniq topshiriqlar berildi. Davlat rahbari forumda “Yoshlar bilan ishlash Prezidentdan tortib vazirgacha, hokimdan tortib mahalla raisigacha – hammamizning eng asosiy ishimizga aylanishi zarur. Har qaysi hokim, har bir vazir, har qaysi mahalla raisi “Bugun men yoshlar uchun nima ish qildim? Ertaga farzandlarimiz manfaati uchun yana nima ish qilishim kerak?” degan savollarga javob beradigan, shunday e’tiqod bilan yashaydigan vaqt keldi” deb ta’kidladi. Buning natijasida mehnat qilish niyati bo‘lmagan, huquqbuzarlik, jinoyat yoki ijtimoiy hayotning salbiy ko‘rinishlariga (yengil hayot tarzi, giyohvandlik, qimorvozlik) ergashayotgan yoshlar bilan ishlashning o‘ziga xos tajribasi shakllandi. 2020-yilda yurtimizning 33 905 242 kishilik aholisining 18 532 496 nafarini 0-29 yosh chegarasidagi insonlar tashkil yetib, bu ko‘rsatkich 2021-yilda 34 558 891 nafarga 18 722 583 nafarni tashkil yetgan. Statistik ma’lumotlarning guvohlik berishicha bugungi kunda mamlakatimiz demografik tarkibining yosharib borishi fonida, yoshlar orasida huquqbuzarlik sodir yetilishi miqdori ham oshib bormoqda. Xususan, 2019-yilda 30 yoshgacha bo‘lgan aholi orasida jinoyat sodir yetganlarning soni 15590 nafarni tashkil yetgan holda jami sodir yetilgan jinoyatlar orasida yoshlarga tegishlilari 36.7%dan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 2020-yilda ushbu ko‘rsatkich mos ravishda 18231 nafar jinoyat va 37% ko‘rnishda namoyon bo‘lgan.

Ushbu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni qisqartirish masalasi ham bevosita kun tartibidagi masalalar qatoriga qo‘shilmoqda. Shuningdek, bizda mavjud statitik ko‘rsatkichlardan ma’lum bo‘lishicha 39 088 nafar yoshlar notinch oilalarda istiqomat qilmoqda, 368 nafar yoshlar turli zararli noformal guruhlar, oqimlar ta’siriga tushib qolgan. Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi pastligi sababli ularning turli yot g‘oyalarga yergashishi, huquqbuzarlik va jinoyatchilik, yerta tug‘ruq hamda to‘y-hashamlarning ortiqcha sarf-xarajatlar bilan o‘tkazilishi kabi salbiy holatlar kuzatilmoqda. Yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik va huquqbuzarlikning chuqur tahlili bugungi kunda yoshlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar hanuz yetarli emas ekanligini ko‘rsatmoqda.



Yüklə 101,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin