Muammoli vaziyat. Ota o‘z o‘g‘lining akademik liseyni tugatganlik diplomini olishi va 19 yoshga to‘lishi munosabati bilan ziyofat berdi. O‘g‘lini bugungi baxtli kuni bilan tabriklab unga qadah uzatdi. Oila a’zolari bu voqeaga quyidagicha munosabat bildirishdi:
Dadasi: o‘g‘lim muborak yoshing va diplom olishing bilan tabriklayman, shu munosabat bilan bir qadah ko‘taraylik!
Buvisi: jon bolam, spirtli ichimliklarga o‘g‘lingni o‘rgata ko‘rma, ichkilikbozlikning oxiri voy bo‘lishi mumkin.
Bobosi: .. mayli, otangning so‘zi yerda qolmasin.
Oyisi: ..o‘g‘lim, otang senga qadahni spirtli ichimliklarning qanchalik zararli ekanligini bilishing yoki bilmasligingni sinab ko‘rish uchun uzatdi.
Siz kimning fikrini to‘g‘ri deb o‘ylaysiz?
2-masala: Rus tili fani o‘qituvchisining darsi o‘quv jadvali bo‘yicha birinchi smena to‘rtinchi soat edi. O‘qituvchi sinf xonasiga kelsa, sinfda yaxshi o‘qiydigan olti nafar o‘quvchilar o‘zaro gapirishib o‘tirganini ko‘rdi. Ulardan o‘quvchilarning kelmaganlik sababini so‘raganida, uchinchi soatda jismoniy tarbiya darsi bo‘lmaganini va o‘quvchilar keyin darsdan qochib ketganligni aytishdi. O‘qituvchi qolganlarga mavzuni tushuntirdi va uyga topshiriq berib, ketaverishi mumkinligini aytdi. Keyingi kungi darsda qochib ketgan o‘quvchilar topshiriq mavzusi bo‘yicha to‘liq javob bergan bo‘lsa ham «ikki» baho qo‘ydi. O‘qituvchito‘g‘riishqildimi? Sizqandayyo‘ltutganbo‘lardingiz?
2-topshiriq. 3-masala: “Yozma bahslar” metodi asosida ushbu jadvalni to‘ldiring. Bu metod o‘quvchi talabalarga o‘quv xonasidagi tengdoshlari bilan birgalikda shu onda jamoatchilik fikrini to‘lqinlantirayotgan mavzularda muloqotlarni rejalashtirish imkonini beradi. Metod o‘quvchilarning berilgan mavzu yoki tushuncha sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish sharoitini yaratish, munozara madaniyatini o‘rgatish va o‘z fikrini asoslash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bu metoddan foydalanishda o‘qituvchi o‘quvchi talabalarni baholash uchun asos xizmatini o‘tovchi ajoyib materialga ega bo‘ladi. Yozma bahslar uslubiyoti bunday muloqotlarni o‘quv xonasidagi barcha o‘quvchilar ishtirokida yozma shaklda o‘tkazish imkonini beradi.