Axmamat jumayev, surayyo sharipova


METODLAR Ijtimoiy ish metodlari



Yüklə 464,23 Kb.
səhifə99/118
tarix15.08.2023
ölçüsü464,23 Kb.
#139446
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   118
Ijtimoiy pedagogika-fayllar.org

METODLAR


Ijtimoiy ish metodlari


Psixologik metodlar


Pedagogik metodlar


Ijtimoiy tashxis metodlari:
Intervyu, monitoring ijtimoiy so‘rov, ekspertiza, biografik metod.


Ijtimoiy profilaktika metodlari:
perseptiv metod, ijtimoiy davolash, sosiodrama, qo‘llab- quvvatlash.


Ijtimoiy nazorat metodlari:
Ijtimoiy nazorat, ijtimoiy vasiylik, Ijtimoiy nazorat metodlari: ijtimoiy nazorat, ijtimoiy vasiylik, ijtimoiy-tibbiy g‘amxo‘rlik. ijtimoiy xizmat ko‘rsatish.
Ijtimoiy reabilitasiya mstodlari: mehnat terapiyasi, guruh terapiyasi, maqom o‘zgarishi.
Ijtimoiy iqtisodiy metodlar: imtiyoz metodlari




Psixologik tashxis:
Intellekt va qobiliyatlarni o‘rganuvchi testlar, loyihaviy testlar, rasmli testlar, sosimetriya.



Psixokorreksion metodlar:
O‘yin terapiyasi, ijtimoiy-psixologik trening, xulq-atvor treningi.
Psixologik maslahat berish metodlari: empatik tinglash, sharhlash, identifi- kasiyalash, fasilita- siya, gipotezalarni ilgari surish. Psixoterapiya metod- lari:
suggestil. o‘z-o‘zini ishontirish. rasional- lash, psixotahlil, transakt tahlil. guruh terapiyasi, xulq-atvor terapiyasi, oilaviy psixoterapiya




Pedagogik tashhis metodlari:
Pedagogik eksperiment, pedagogik kuzatuv, tabiiy eksperiment.


Ta’lim metolari:
Og‘zaki metodlar (hikoya, suhbat, bahs, ma’ruza), ko‘rgazmali metodlar(namoyish, darslik bilan ishlash), amaliy metodlar (mashqlar, laboratoriya ishlari, didaktik o‘yinlar, ijodiy topshiriqlar, muammoli vaziyatlar).



Yuqorida ta’kidlanganidek, ijtimoiy pedagog va ijtimoiy xodim faoliyatining jihatlari serqirradir. Ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy va pedagogik texnologiyalarni birlashtiruvchi texnologiya hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish imkoni ijtimoiy pedagogik faoliyatning o‘z tuzilishiga ega ekanligiga bog‘liq.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsad va vazifalarni aniqlashdan boshlanadi. Bu muammolarni mutaxassislar hal qilishlari lozim, ya’ni bolada muomala ko‘nikmalarini shakllantirish, unga yangi muhitga moslashishishga yordam berish va boshqalar. Maqsadlar, o‘z navbatida, faoliyat mazmunini va uni amalga oshirish metodlarini, uni tashkillashtirish shakllarini aniqlab beradi. Ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsadi, uning natijalari va mazmuni qanchalik to‘g‘ri aniqlanganligi, unga erishish uchun qanday metodlar tanlanganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Shunday qilib, ijgimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy- pedagogik faoliyat metodlari va usullari majmuasidir. Ijtimoiy pedagogning ishtirokini talab qiluvchi har qanday muammoni hal qilish unga tashhis qo‘yishdan boshlanadi. Tashhis qo‘yish axborot tahlili, to‘plash va tizimlashtirishdan iborat. Keyingi bosqich bu muammoni hal qilish yo‘llarini qidirish. Buning uchun tashhis asosida maqsad qo‘yiladi va unga muvofiq faoliyatning aniq vazifalari belgilanadi. Ijtimoiy pedagog qanday texnologiyani qo‘llashiga ko‘ra, shunga mos tushuvchi faoliyat metodlari va shakllarini tanlaydi. Ish yakunlanganidan so‘ng, ijtimoiy pedagog bola muammosi qanchalik to‘g‘ri hal qilinganiga baho berishi lozim.
Ijtimoiy pedagogik texnologiyani qo‘llashning misoli sifatida, “Muammoli o‘smir bilan ishlash texnologiyasi”ni keltirishimiz mumkin:
Keng tarqalgan va samarali ijtimoiy pedagogik texnologiyalardan biri trening va psixodiagnostika hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogik trening jamoaviy ish olib borishning faol metodlariga asoslangan pedagogik ta’sirdir. Hozirgi zamon pedagogikasi va psixologiyasi bir qator usullar bilan insonning amaliy faoliyatiga ta’sir qilish imkoniga ega. Mana shunday usullardan biri, bu har xil toifadagi odamlarga psixologik yordam ko‘rsatishdan iboratdir. Ammo, psixologik yordam ko‘rsatish uchun avvalo ulardagi psixik o‘zgarishlr sabablarini va unga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash zarurati tug‘iladi. Bunda biz ijtimoiy psixodiagnostika faniga va uning metodlari hamda metodikalariga murojaat qilamiz.
O‘z-o‘zidan “psixodiagnostika” atamasi nimani anglatadi va u nimalarni o‘rganadi hamda uning nazariy amaliy vazifalari nimalardan iborat degan savol tug‘iladi.
“Psixodiagnostika” atamasi psixologik tashxis qo‘yish degan ma’noni anglatib, shaxsning ruhiy holatiga to‘liq yoki biror-bir alohida xususiyati haqida malakali xulosa chiqarishdir, bunda “tashxis” shaxsning taraqqiyot ko‘rsatkichi va tavsifnomalarni birgalikda talqin qilish asosida sinaluvchining holat va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iboratdir.
“Psixodiagnostika” atamasi ilk bor G. Rorshax (shveysariyalik psixiatr) ning “Psixodiagnostika” (1921yil) asarini chop etilishidan so‘ng psixiatriyada tarqalgan bo‘lib, u tez orada tibbiyotdan tashqarida ham keng miqyosda ommalashdi.
“Diagnoz” ya’ni “tashxis” esa shaxs rivojlanishidagi har qanday og‘ishlarni, hattoki uning holat va xususiyatlarining taraqqiyot darajasini aniqlash demakdir.
Demak, psixodiagnostika yordamida shaxsning individual psixologik xususiyatlari, hissiy-irodaviy sifatlari, xarakter va temperament xususiyatlari, qobiliyat va layoqatlari, qiziqishlari va moyilliklari aniqlanadi. Shuningdek, tashkillashtirilgan muloqotning maxsus turi bo‘lib, bu jarayonida shaxs rivojlanishi, kommunikativ malakalar paydo bo‘lishi, psixologik yordam ko‘rsatish masalalari hal qilinishi kuzatiladi.
Mashg‘ulotlar davomida o‘smirlarda ichki ko‘rsatmalar almashinuvi sodir bo‘ladi: bilimlar kengayadi, o‘ziga va yaqin atrofdagilarga ijobiy munosabat tajribasi shakllanadi.
Trening mashg‘ulotlari paytida har bir o‘smirga g‘amxo‘rlik ko‘rsatiladi. U boshqalarning yordamiga tayanishi mumkin. Shuning uchun bola turli muomala uslublarini sinab ko‘rishi, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni o‘rganishi, avval unga xos bo‘lmagan kommunikativ ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga qodirligini anglashi lozim. Bu mashg‘ulotlar uni jamiyatga integrasiyasini ta’minlashga yordam beradi. Ijtimoiy-pedagogik treningning vazifasi har bir ishtirokchiga o‘zini individual vositalar bilan namoyon qilishga yordam berishdir. Biroq buning uchun bola o‘z-o‘zini anglab olishi lozim.
Shaxsning o‘z-o‘zini tarbiyalashini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirish mumkin:
1.O‘z “Men”ini boshqalar bilan qiyoslash orqapi qabul qilish. Boshqalarni chetdan kuzatish qulayligi uchun o‘zini guruhning boshqa a’zolari bilan qiyoslash ajoyib imkoniyat yaratadi.
2.O‘zini boshqalarning qabul qilishlari orqali qabul qilish, ya’ni atrofdagilar berayotgan ma’lumotlarni qayta munosabatlarida ishlatish. Bu atrofdagilarning so‘zlari, his-tuyg‘ulari, xulq-atvor reaksiyalari orqali ularning o‘ziga nisbatan munosabatlarini bilib olishga yordam beradi.
3.O‘zini faoliyat natijasi orqali qabul qilish, ya’ni inson nima qilganiga baho berish. O‘z-o‘zini baholashning bu usuli o‘zidagi mavjud imkoniyatlar haqidagi fikrni mustahkamlaydi.
O‘zini tashqi qiyofasiga berilgan bahosi orqali qabul qilish shular jumlasidandir.


Yüklə 464,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin