Reja: 1. Metod va usul, vosita tushunchalari, ularning farqlari.
2. Ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari mohiyati.
3. Ijtimoiy ish metolari.
4. Ijtimoiy pedagogik faoliyatda psixologik metodlar.
5. Ijtimoiy pyedagogik metodlar va ijtimoiy pedagogik trening o‘tkazish xususiyatlari.
6. Ijtimoiy texnologiyalar tasnifi.
AMALIY MASHGʻULOT UChUN TOPSHIRIQLAR: 1–topshiriq. Talabalar mavzuni “Tushunchalar tahlili” metodi orqali ochib beradi.
Metodning maqsadi: mazkur metod talabalar yoki qatnashchilarni mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu buyicha dastlabki bilimlar darajasini tashhis qilish maqsadida qo‘llaniladi. Metodni amalga oshirish tartibi:
ishtirokchilar mashg‘ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;
o‘quvchilarga mavzuga yoki bobga tegishli bo‘lgan so‘zlar, tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi ( individual yoki guruhli tartibda);
o‘quvchilar mazkur tushunchalar qanday ma’no anglatishi, qachon, qanday holatlarda qo‘llanilishi haqida yozma ma’lumot beradilar;
belgilangan vaqt yakuniga yetgach, o‘qituvchi berilgan tushunchalarning tug‘ri va to‘liq izohini o‘qib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi;
har bir ishtirokchi berilgan to‘g‘ri javoblar bilan o‘zining shaxsiy munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o‘z bilim darajasini tekshirib, baholaydi.
2- topshiriq. 1-masala: O‘z kasbining xususiyatlarini o‘rganib chiqqan ijtimoiy pedagog va psixolog oldida bolalar ijtimoiylashuvida, ularning deviant xulq-atvorini oldini olishda, ularga yordam berish jarayonida amaliy tatbiq etish muammosi turadi. Bu muammoni hal qilish uchun ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalarini bilish zarur.