Jismning bir necha kuchlar ta’siridagi harakati. Tabiatdagi barcha jismlarga bir vaqning o’zida bir necha kuchlar ta’sir qilib turadi bular asosan og’irlik kuchi, ishqalanish kuchi, elastiklik kuchlari kabi kuchlar deb aytishimiz mumkin(bu kuchlar haqida to’qliq ma’lumot ilovada ko’rsatilgan).
Agar moddiy nuqtaga bir paytda bir nechta kuchlar ta’sir etayotgan bo’lsa, unda har bir kuch moddiy nuqtaga Nyutonning ikkinchi qonuniga muvofiq tezlanish beradi. Bu qoidaga kuchlar ta’sirining mustaqillik prinsipi deyiladi.
3.1 – rasm, Jismlarning bir nechta kuch ta’siridagi harakatida kuchlar proyeksiyalari.
Jismga bir vaqtning o’zida bir nechta kuchlar ta’sir etganda jismning harakatini ifodalash uchun quyidagi qoidalarga amal qilinadi.
1. Jismga ta’sir etuvchi barcha kuchlarning vektorlari va tezlanish vektori chizmada tasvirlanadi(3.1 – rasm)
2. Chizmada koordinata o’qlarining yo’nalishi tanlanadi, bunda (ko’p hollarda) X o’qining yo’nalishi jismning harakat yo’nalishi bilan bir xil, Y o’qining yo’nalishi esa ixtiyoriy tanlab olinadi.
3 . Jism harakatiga Nyutonning II qonuni qo’llaniladi:
bunda m – jismning massasi, - jismning tezlanishi, jismga ta’sir etuvchi barcha kuchlarning vektor yig’indisi, ya’ni jismni harakatga keltiruvchi teng ta’sir etuvchi kuch.
4. Barcha kuch vektorlarining koordinata o’qlaridagi proyeksiyalari topiladi.
(3.1)
(3. 2)
(3.1) va (3. 2) ifodalardagi barcha vektor kattaliklarning qaralayotgan o’qdagi proyeksiyasining yo’nalishi o’q yo’nalishi bilan bir xil bo’lsa musbat ishorada, qarama-qarshi yo’nalishda bo’lsa manfiy ishorada olinadi.
Kuchni tashkil etuvchilarga ajratish va burchak ostida ta’sir etuvchi kuchlarni qo’shish. Jismning muvozanat sharti.Fizikaning jism yoki jismlar sistemasining muvozanat qonunlarini o’rganadigan bo’limi statika deyiladi. «Statika» so’zi yunoncha „status" — qo’zg’almas degan ma'noni anglatadi.
Dostları ilə paylaş: |