Issiqlik elektr stansiyasi(IES)ning ishlash sxemasi. Organik yoqilg‘i (ko‘mir, gaz, slanes yoki mazut) qozonning o‘chog‘ida yonganda ajralib chiqqan issiqlik qozonga uzatiladi va undagi suv qizib bug‘ga aylanadi. Bug‘ qizitkichda bug‘ kerakli temperaturagacha qizdiriladi va bug‘ turbinasiga uzatiladi. Bug‘ turbinasi elektr generatori bilan mexanik bog‘langan bo‘ladi va generatorda mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantiradi. Bug‘ turbinadan chiqayotgan bug‘ kondensatorga uzatiladi. Kondensatordan bug‘ yana qozonga qaytadi va shu tarzda sikl yana takrorlanadi.
Shunday qilib, IES yoqilg‘ining mexanik energiyasi issiqlik, keyin mexanik, so‘ngra esa elektr energiyasiga aylantirib beruvchi qurilma (8.8- rasm).
4.1 - rasm. IES ning prinsipial sxemasi.
Issiqlik elektr markazlari. Elektr tizimlarida elektr energiyasini ishlab chiqarish katta issiqlik isroflari bilan bog‘liq.Shu bilan birga ko‘pgina sanoat korxonalarida, jumladan, kimyo, to‘qimachilik, oziq-ovqat, metallurgiya va boshqalarda issiqlik texnologik maqsadlar uchun juda zarur.Aholi turar joylarini isitish uchun katta miqdorda issiqlik talab qilinadi.
Issiqlik energiyasining to‘liq ishlatilishi hisobiga IES lardagi FIK 60-65% ga yetadi.
Issiqlik energetikasi va uning yoqilg‘i bazasi. O‘zbekistonda 1960- yildan keyin quwatlarni o‘sishi, asosan, tabiiy gazda ishlovchi katta issiqlik elektr stansiyalarini ishga tushirish hisobidan bo‘ldi.
O‘zbekiston issiqlik energetikasi rivojlanishining asosini Buxoro va Sho‘rtan tabiiy gaz havzalarini ochish va ishga tushirish tashkil etdi.
1995- yilga kelib katta quwatli issiqlik elektr stansiyalarining ishga tushishi hisobiga energetika sistemasining o‘rnatilgan quwati 11 ming kVt ni tashkil etgan bo‘lib, yiliga 52 mlrd kVt • soat dan ziyod elektr energiyasini ishlab chiqarish imkonini berdi.
Hozirgi vaqtda O‘rta Osiyoda yirik 3000 mVt quwatli Sirdaryo IES i ishlamoqda.
O‘zbekistondagi issiqlik balansda tabiiy gazga alohida o‘rin ajratilgan. Chunki hozirgi zamonda energetikaning asosiy yoqilg‘i turi - tabiiy gazda Toshkent, Sirdaryo, Navoiy, Taxiatosh IES, Muborak IEM va katta qozonxonalar ishlaydi.
O‘zbekiston energetika sistemasi xalq xo‘jaligi va aholisini to‘la elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.
3.7.Magnit maydon bobida: Axborotlarni magnit usulida yozish. Magnit disketalar va ularning qo’llanilishi.
Dostları ilə paylaş: |