Axmedova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Qadriyaviy orientatsiyalar va tizimlar



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə168/202
tarix02.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#122287
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   202
Axmedova m. A. umumiy muxarrirligi ostida

1-§. Qadriyaviy orientatsiyalar va tizimlar


Qadriyaviy orientatsiyalar
Turli tarixiy davrlarda, turli mamlakatlarda va xalqlarda, ijtimoiy guruhlarda va ayrim individlarda turli-tuman qadriyaviy orientatsiyalar (mezonlar) mavjud bo‘lgan. Ular guruhiy darajada ham individual darajada ham mavjuddir. Qadriyaviy orientatsiyalarning xilma-xilligi turli omillar tomonidan taqozo etilgan. Bular qatoriga atrofni o‘rab turuvchi tabiiy muhit ham, yashash uchun mablag‘lar topish vositalari ham, siyosiy voqyealar, oiladagi tarbiya, shaxsiy hayotiy tajriba va boshqalar kiradi. Muayyan bosqichda, rivojlangan shaklda qadriyaviy mezonlar tizimli xususiyat kasb etadi.
Turli-tuman qadriyaviy orientatsiyalarning qadriyatlar tizimi sifatida tashkil topish ular orasida boshqa dunyoqarash mezonlarini bo‘ysundiruvchi, belgilovchi va shakllantiruvchi, ulardan ustun bo‘lgan qadriyatlar paydo bo‘lgan vaqtda yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda, qadriyatlar tizimining shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qiluvchi substansional negiz paydo bo‘ladi. Bu negiz paradigma (ustunlik qiluvchi qadriyatlar) xususiyatiga ega. Jamiyat darajasida olganda (ijtimoiy guruhlar darajasida) ushbu ustun qadriyatlar oxir-oqibatda muayyan tarixiy davrning ijtimoiy jamiyatiga xos tamoyillar bilan belgilanadi.
Individual darajada olganda qadriyaviy orientatsiyalar tizimining shakllanishi shaxsning yetukligini, uning butunligini anglatuvchi ko‘rsatkichdir. Shaxsning qadriyaviy orientatsiyalari eklektik va qarama-qarshi xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda biz yagona, bir butun tizim sifatida shakllanmagan, rivojlanmagan qadriyaviy mezon­larga duch kelamiz. Qadriyaviy orientatsiyalarda yetuklikning, yaxlitlik­ning va tizimlilikning yo‘qligi ularning tashqi, ko‘p hollarda tasodifiy omillarga bog‘liq bo‘lib qolishga, xulq-atvordagi hatti-harakatlar izchilligining mavjud bo‘lmasligiga, o‘z fikriga ega bo‘lmaslikka, qashshoq, o‘z qiyofasiga ega bo‘lmagan ehtiyojlar tuzilmasiga olib keladi.
Shaklllangan qadriyat orientatsiyalari asosida esa shaxsning dunyoqara­shi, tarbiya va va hayotiy tajriba tufayli ishlab chiqilgan xulq-atvor kodeksi tamoyillariga, hayotiy maqsadlar, chuqur va barqaror ehtiyojlar yotadi. Inson xulq-atvorining motivatsiyasi, yo‘nalish va strategiyasini belgilovchi ehtiyojlar, vaziyatlar va omillar pog‘onasida qadriyaviy orientatsiyalar tizimi, odatda, eng yuqori pog‘onada turadi.
Shaxsning qadriyaviy mezonlarining faoliyatida ongli va ongosti darajalarini ajratib ko‘rsatish mumkin.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin