Suvyig’ar - Aquilegia turkumining vakillari g’oyal chiroyli ko’p yillik o’tlar, barglari 2 maria qirqilgan. Gullari to’g’ri, yirik, osilgan, gulqo’rg’oni 2 qavat, 5 bargchali, gultojibarglari asosidan cho’zilib shiradon pixga aylangan. Turkumning 75 tacha turi bor, shundan 2 yovvoyi va bitta madaniy turi O’zbekistonda tarqalgan. Yovvoyi turlari Tiyonshan suvyig’ari (A. tianshanica) va Vikariya suvyig’ari (A. vicaria) tog’ning o’rta qismi yonbag’irlarida, qoyatoshlar soyalaridagi sernam joylarda o’sadi. Madaniy turi Oddiy suvyig’ar (A. vulgaris)ning gulxonalarda o’stiriladigan bir nechta navlari bor.
Pufanakdoshlar (Anemonoideae) kichik oilasi 18 turkumni o’z ichiga oladi. Barcha turlari ko’p yillik o’tlar, ba’zan chirmashuvchi butalar (ilonchirmovuq), barglari oddiy, turli darajada qirqilgan, bo’lakli. Gulqo’rg’oni oddiy (pufanak, ilonpechak) yoki murakkab (ikki qavat) 5 bargchali, changchi va urug’chilari ko’p, spiral shaklda joylashgan. Gulli poyasi bargsiz, barglari ildiz bo’g’zi atrofida va gulning ostida o’rnashgan. Mevalari bir urug’li yong’oqcha. Ko’pchilik turlari erta bahorda gullaydigan chiroyli efemeroidlar.
Pufanak - Anemone turkumining gullari yirik, aktinomorf, bittadan yoki yarimsoyabon to’pgulda o’rnashgan. Gulqo’rg’oni oddiy, gultojsimon, 5-6 bargchali, turlari silindrsimon yoki tuganaksimon ildizpoyali, poyasi bargsiz. Gulining ostida 3-4 bargchali, halqa bo’lib joylashgan „qoplag’ich barglari’’ bor. O’zbekistonda 6 turi tarqalgan. Shulardan cho’ziq pufanak (A. protracta), bandchali pufanak, qarg’atuyoq (A. petiolulosa), Chernyaev pufanagi (A. tschernjaevii) kabi turlari adir, tog’, yaylovlarda o’sadi. Bargchasi erta bahorgi chiroyli manzarali o’tlar.
1.2.Ayiqtovondoshlar oilasi gul tiplari Tog’ning qoya toshli va shag’al-toshli yonbag’irlarida pufanakka ancha o’xshash qo’ng’iroqsimon qoraburma (Pulsatilla campanella) uchraydi, u pufanaklardan qoplag’ich bargining 3 ta va asosi bilan tutashganligi, yopirma barglari 2 marta murakkab patsimon qirqilganligi, gulining siyohrang-ko’k bo’lishi bilan farqlanadi.