Ayirish tizimi. Anatomiyasi. Ayirish tizimi kasalliklari



Yüklə 20,11 Kb.
səhifə6/8
tarix14.10.2023
ölçüsü20,11 Kb.
#155412
1   2   3   4   5   6   7   8
ayirish organlar tizimi

Siydik yo‘li (ureter, 152-rasm) ning uzunligi 30 sm atrofida bo‘lib, siydik buyrak jomi pelvis renalis dan qovuqqa o‘tadi. Bu nayni qorin parda faqat old tomondan qoplaydi. Siydik yo‘li joylashishiga ko‘ra ikki: qorin – pars abdominalis va chanoq – pars pelvina qismlaridan iborat. Siydik yo‘li boshlanish qismida, chanoqqa o‘tish chegarasida va qovuqqa kirish oldida birmuncha torayadi. Siydik yo‘lining qovuq devori ichidagi qismiga yashiringan qism pars intramuralis deyiladi.
Siydik yo‘lining qorin qismi orqa tomondan bel muskullariga tegib tursa, old tomondan erkaklarda moyak arteriya va venasi bilan, ayollarda esa tuxumdon arteriya va venasi bilan kesishib joylashgan. O‘ng siydik yo‘li qorin bo‘shlig‘ida pastki kovak venasi, ko‘richak va ko‘tariluvchi chambar ichaklar bilan yondoshgan. Chap siydik yo‘li esa aorta va pastga yo‘naluvchi ichakka tegib turadi. Siydik yo‘li chanoq bo‘shlig‘ining boshlanishida uning devori bo‘ylab yo‘naladi, so‘ngra devordan uzoqlashib erkaklarda urug‘ yo‘li bilan kesishadi va qovuqqa boradi. Ayollarda bachadon, qin yaqinida bachadon arteriyasi bilan kesishib o‘tib, qovuq devoriga kiradi.
Siydik yo‘lining devori quyidagi uch pardadan tuzilgan, ichki shilliq parda – tunica mucosa, o‘rta muskul parda – tunica muscularis va tashqi biriktiruvchi to‘qimali parda – tunica adventitia dan iborat.
Qovuq (siydik pufagi) (vesica urinaria, 152-rasm) kichik chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan, hajmi 500–700 ml bo‘lib, ichidagi siydik miqdoriga ko‘ra o‘z shaklini o‘zgartirib turadi. Qovuq pastida qovuq tubining keng qismi – fundus vesicae, yuqori toraygan uchi – apex vesicae (cho‘qqisi) va bu ikki qism oralig‘ida qovuq tanasi – corpus vesicae tafovut qilinadi.
Qovuq devori to‘rtta pardadan tuzilgan: 1. Ichki shilliq parda – tunica mucosa qovuq bo‘shaganda burmalar hosil qiladi: siydikka to‘lganda burmalar tortishib yoziladi. Shilliq pardada shilliq bezchalari va limfa tugunchalari joylashgan. 2. Biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan shilliq osti qavati (tunuca submucosa) shilliq pardada burmalar hosil bo‘lishida ayniqsa muhim ahamiyatga ega. 3. Muskul pardasi – tunica muscularis uch qavat joylashgan silliq muskul hujayralaridan iborat. 4. Seroz parda – tunica serosa qovuq cho‘qqisi bilan orqa yuzani o‘raydi. Qovuq pastida uchburchak shakldagi maydoncha (trigonum vesicae) mavjud. Maydonchadagi shilliq parda hech qachon burmalar hosil qilmaydi, chunki shilliq parda bevosita muskul parda bilan birikkan. Bu uchburchakning yuqorisi ikki tomoniga siydik yo‘li – ostia ureteres ochilgan bo‘lsa, uning pastki qismidan siydik chiqaruv kanali – ostium urethrae internum yo‘nalgan.
Erkak bilan ayolning qovug‘i topografiyasi jihatidan bir-biridan tubdan farq qiladi. Ayollar qovug‘ining orqasida bachadon va qin, erkaklarda esa urug‘ pufaklari va urug‘ chiqarish yo‘llari joylashgan. Ayollarda qovuqning ustiga bachadon engashib turganligi uchun qovuq cho‘qqisi yaxshi rivojlanmagan, tekis bo‘ladi. Qovuqning old tomonida, qovuq bilan qov suyaklari orasida ularni ajratib turuvchi oraliq joylashgan. Shuning uchun qovuq erkin harakat qila oladi. Qovuq siydik bilan to‘lganda chanoq bo‘shlig‘idan ko‘tarilib, qov birlashmasidan yuqoriga, hatto kindikkacha boradi. Qovuq tubi ayollarda maxsus boylamlar bilan mahkamlangan bo‘lsa, erkaklarda boylamlardan tashqari prostata bezi bilan birlashgan. Shuning uchun erkaklar qovug‘i ayollar qovug‘iga nisbatan balandroq o‘rnashgan.

Yüklə 20,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin