Ayirish tizimi. Anatomiyasi. Ayirish tizimi kasalliklari



Yüklə 20,11 Kb.
səhifə3/8
tarix14.10.2023
ölçüsü20,11 Kb.
#155412
1   2   3   4   5   6   7   8
ayirish organlar tizimi

3. Buyraklarning tuzilishi. Buyraklar juft a`zo bo’lib (o’ng va chap buyrak), qorin bo’shlig’ining bеl qismida, ya'ni birinchi va ikkinchya bеl umurtqalarining yon tomonida joylashgan. Ular loviya shakliga o’xshash bo’ladi. Buyrak murakkab tuzilgan. Uning ichki tomoni botiqroq bo’lib, u joy buyrak darvozasi dеb ataladi. Buyrak darvozasi orqali unga artеriya qon tomiri kiradi, vеna qon tomiri chiqadi. Shuningdеk, buyrak darvozasi orqali siydik yo’li ham chiqadi. Har bir buyrakning massasi o’rtacha 150 g kеladi. Buyrakning mikroskopik tuzvlishi. Buyrakni bo’ylamasiga kеsib qaralganda, uning to’!^imasi ikki qavatdan: tapgqi qoramtir po’st qavat va ichki oqamtir mag’iz qavatdan iborat ekanligi ko’rinadi. Buyrak to`qimasi murakkab mikroskopik tuzilishga ega bo’lgan nеfronlardan tashkil toigan. Har qaysi buyrakda 1 mln atrofida nеfron bor. Nеfronlar buyrakning ish boshqaruvchi asosiy tuzilmasi hisoblanadi. Ular muraqkab tuzilgan. Buyrakning po’st qavatida voronka shakldagi Shumlyanskiy kapsulasi joylashgan bo’lib, u ikki qavatli yupqa pardadan tashkil topgan. Ushbu kapsuladan birinchi tartib egri-bugri kalavasimon kanalchalar boshlanib, buyrakning po’st qavatidan mag’iz qavatiga o’tadi.
4Buyrakning mag’iz qismi (medulla renalis) 10-15 ta buyrak piramidalaridan (pyramides renalis) iborat. Har bir piramidaning asosi (basis pyramidalis) po’stloq moddaga qaragan, uchi buyrak so’rg’ichini (papilla renalis) hosil qilib, buyrak bo’shlig’iga qaragan. Piramida nefronni to’g’ri naychalari va yig’uvchi naychalardan iborat bo’lib, ular o’zaro qo’shilib buyrak so’rg’chi sohasida 15-20 ta qisqa so’rg’ich naychalarini (ductuli papillares) hosil qiladi. Ular buyrak so’rg’ichi sohasi yuzasiga so’rg’ichsimon teshiklar (foramina papillaria) bo’lib ochiladi. Bu teshiklar hisobiga buyrak so’rgichi uchi g’alvirsimon ko’rinishga ega bo’lib, g’alvirsimon maydoncha (area cribrosa) deyiladi. Buyrak tuzilishi va qon tomirlarining tarqalishiga qarab 2-3 ta buyrak bo’lagini o’z ichiga oladigan beshta: yuqorigi segment (segmentumsuperius), oldingi yuzaning yuqorigi segmenti (segmentum anterius superius), oldingi yuzaning pastki segmenti (segmentum anterius inferius), pastki segment (segmentum inferius) va orqa yuzadagi segmentlarga (segmentum posterius) bo’linadi.

Yüklə 20,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin