Fan nomi: Geometriya Darsning mavzusi: 8-sinfda o’tilgan mavzularni takrorlash. Dars maqsadi: O’quvchilarga to’plam haqida tuhuncha berish, mavzuning ahamiaytini o’rgatish a) Ta’limiy maqsad – 8-sinfda o’tilgan mavzularni takrorlashorqali BKM larni mjustahkamlash b) Tarbiyaviymaqsad – O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalah; s) Rivojlantiruvchi maqsad – Geometrik tushunchasining qo’llanilishi. Dars turi: - Mustahkamlovchi, bilimlarni shakllantiruvchi; Darsda foydalaniladigan metodlar(an’anaviy, interfaol) Darsda foydalaniladigan jihozlar(texnik vositalar, ko’rgazmali va didaktik materiallar).
Darsning tarkibi: Tashkiliy qism;O’quvchilar darsga jalb etiladi, navbatchi axboroti tinglanadi, hozirgi dars va uning hayotdagi o’rni so’raladi
O’tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash); Yangi mavzuni tushuntirish;
Aylana va aylana uzunligi
Ta’rif: Tekislikda har bir nuqtasi markaz deb ataluvchi bir nuqtadan teng uzoqlikda turgan yopiq chiziq aylana deb ataladi.
Aylananing ixtiyoriy nuqtasini uning
markazi bilan tutashtiruvchi kesma aylana radiusi deyiladi. Aylana r adiusi odatda r yoki R bilan
belgilanadi.
Ikki radius orasidagi burchak markaziy burchak deyiladi.
Aylananing barcha nuqtalarida bir xil masofadagi nuqta aylana markazi deb ataladi va ko`pincha O harfi bilan belgilanadi.
Aylananing ixtiyoriy ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesma aylana vatari deyiladi.
Aylana markazidan o`tuvchi vatar aylana diametri deyiladi. Diametr odatda D harfi bilan belgilanadi. Aylananing markazi barcha diametrlarning o`rtasidir. Diametr ikki radiusga teng va aylanani teng ikkiga bo`ladi.