Planimetriya bo`limida barcha nuqtalari bilan bir tekislikka joylashgan tekis (yassi) shakllar va ularning xossalari, stereometriya bo`limida fazoviy, ya’ni barcha nuqtalari bir tekislikka joylashmagan geometrik shakllar (jismlar) va ularning xossalari o`rganiladi.
Aylana va aylana uzunligi
Ta’rif: Tekislikda har bir nuqtasi markaz deb ataluvchi bir nuqtadan teng uzoqlikda turgan yopiq chiziq aylana deb ataladi.
Aylananing ixtiyoriy nuqtasini uning
markazi bilan tutashtiruvchi kesma aylana radiusi
deyiladi. Aylana r adiusi odatda r yoki R bilan
belgilanadi.
Ikki radius orasidagi burchak markaziy burchak
deyiladi.
Aylananing barcha nuqtalarida bir xil masofadagi nuqta aylana markazi deb ataladi va ko`pincha O harfi bilan belgilanadi.
Aylananing ixtiyoriy ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesma aylana vatari deyiladi.
Aylana markazidan o`tuvchi vatar aylana diametri deyiladi. Diametr odatda D harfi bilan belgilanadi. Aylananing markazi barcha diametrlarning o`rtasidir. Diametr ikki radiusga teng va aylanani teng ikkiga bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |