20-mavzu.Qadimgi yunon madaniyati va san’ati.(2 soat) Reja: 1.Qadimgi yunon madaniyati rivojining bosqichlari.
2.Qadimgi yunonlarning falsafiy tafakkuri.
3.Qadimgi yunonlarning afsona va rivoyatlari.
4.Qadimgi yunonlarning ilm-fani. Qadimgi yunon san’ati.
Madaniyat tarixi, ayniqsa, adabiyot va san’at tarixi bilan qiziquvchi kishilar uchun qadimgi Yunoniston va qadimgi Rim mifologiyasi bilan tanishish о‘ta muhim ahamiyatga ega. Chunki, Yevropa Uyg‘onish davridan boshlab ijodkorlar – yozuvchilar, dramaturglar, rassomlar va haykaltaroshlar qadimgi yunonlar va rimliklarning mif (asotir)lari, dramaturgiyasi, badiiy tasvir san’ati, haykaltaroshligi va arxitek-turasidan о‘z asarlari uchun syujet tanlashda keng foydalana boshladilar.
Grek xalqining miflari umumbashariy madaniyat asosini tashkil etgan о‘zining ohangrabo qudraitiga ega bо‘lib, u hozirgi zamon kishisining tasavvuri va tafakkuri tarziga chuqur kirib borgan.
Qadimgi yunonlar о‘ta faol, qat’iyatli, serg‘ayrat xalq bо‘lib, garchi unda insonga tahdid soladigan, unga dushman bо‘lgan jonztlar mavjud bо‘lsa-da, real dunyoni bilib olishdan tap tortmaganlar. О‘zini qurshab turgan dunyoni bilib olishga bо‘lgan cheksiz tashnalik noma’lum, kо‘zga kо‘rinmas xavf-xatar oldidagi qо‘rquvdan ustun kelgan.
Yunonlar о‘z xudolarinini kishilar timsoliga о‘xshatib yaratarkanlar, antropomorfizmga ancha erta о‘tishgan, ularga gо‘zallik, istagan qiyofaaga kirish san’ati, о‘zgarmas va о‘tkinchi bо‘lmagan sifatlarni, eng asosiysi, umrboqiylik ato etishdi. Qadimgi yunonlar о‘z xudolari obrazini yaratarkanlar, ularni odamlarga о‘xshatib, mard, olijanob va rahmdil, lekin gohida zolim, qasoskor va dog‘uli qiyofali qilib yaratganlar.
Miloddan avvalgi III ming yilliklar boshlariga kelib, keyingi davr umuminsoniyat madaniy taraqqiyotiga kuchli ta’sir kо‘rsatgan qadimgi yunon madaniyatining kurtaklari paydo bо‘la boshlagan. Bu madaniyatning yuksak darajada rivojlanishi qо‘shni davlatlar, ayniksa, qadimgi Rim madaniyatining yuksalishiga sabab bо‘lgan.
Qadimgi yunonlar insoniyatning keyingi taqdirini belgilab bera oladigan hayot yо‘lini kо‘rsatib berganlar. Insoniyat adashib yurgan chakalakzordan yо‘l ochib, pastu-blanadliklardan oshib ravon yо‘lga chiqish yо‘lini kо‘rsatib berganlar. Insoniyatning keyingi taqdirini belgilab beruvchi hayot yо‘lining xilma-xilligi: demokratiya, siyosat, xususiy mulk, inson erkinligi va fuqarolik burchi kabi zamonaviy hayot yо‘lining xilma-xil kо‘rinishlardan iborat bо‘lishi mumkinligini kо‘rsatib berdi.
Yunonlar podsholikdan ortga, urug‘-jamoa davriga bir qadam tashlab, demokratik tartib ustunlik qilgan uyushma – polislani yaratishga erishdilar va о‘zini-о‘zi boshqarishning demokratik namunasini hayotda kо‘rsatib berdilar va bu namuna keyinchalik adolatli jamiyatni yaratish ustida о‘ylagan mutafakkirlar uchun о‘rganish obyektiga aylandi.
Polis odatda juda kichkina 5-10 ming aholi yashaydigan davlat bо‘lib, uning tarkibiga shahardan tashqari atrofdagi kishloqlar ham kirgan. Eng katta polislar Sparta va Afina polislari bо‘lib, ularda 200 minggach ahali yashagan. Har bir polisni boshqarishda aholining davlatni boshqarish tо‘g‘rsidagi fikri muhim bо‘lgan. Polisning har bir a’zosi (albatta qullardan tashqari) davlatni boshqarishga oid fikrlarini ochiqdan ochiq shahar markazidagi xalq tо‘planadigan joydagi minbarga chiqib aytish imkoniyatiga ega bо‘lganlar.
Tarixda ilk bor yunonlarning erkin jamoasida ilmiy tafakkur olamni bilishning usuli sifatida shakllangan, Yunonlar olamga idealistik va materialistik qarashlarning dialektik birligi tarzidagi falsafa fanining asoslarini ishlab chiqanlar. Aynan ular о‘tmish, bugun va kelajakning ahamiyatini anglab, tarix fanini yaratdilar. Etika va psixologiya, geografiya va trigonometriya, fizika va anatomiya kabi kо‘plab fanlarning nafaqat nomi emas, paydo bо‘lishi ham yunonlar bilan bog‘liq.(Qarang: Ergashev SH.Qadimgi sivilizatsiyalar.Toshkent. O”ZBEKISTON/ 2016 yil. 239-240-betlar.) Qadimgi yunonlar insoniyat hayotining ibtidoiy davr, ya’ni tumanlikdan chiqib, yorug‘likka chiqish yо‘lini kо‘rsatib berdilar.
Qadimgi yunon madaniyati о‘zining ulug‘vorligi, nafisligi, qamrab olgan kо‘lamining kengligi bilan hozirgacha kishilarni hayratga solib kelmoqda. Qadimgi yunonlar tomonidan vujudga ketirilgan madaniyat inson tafakkurining naqadar kengligi va bitmas-tuganmasligini kо‘rsatib berdi. Hozirgi zamon san’ati va adabiyotining kо‘pgina tur va janrlari-ning shakllanishiga sabab bо‘lgan.
Yunon madaniyati о‘sha davr kishilarining his-tuyg‘ulari, intilishla-ri-yu, orzu umidlari va ruhiy holatlarining ifodasi sifatida shakllan-gan. Yunonistonlik buyuk tafakkur egalari g‘oyaviy-badiiy jihatdan yuksak darajadagi asarlar yaratishib, insoniyat uchun abadiy muammo hisoblangan vatanparvarlik, jasurlik, insoniy qudrat, kurashchanlik kabi xislatlarni madh etishib, pastkashlik, qо‘rqoqlik, sotqinlik kabi illatlarni qoralaganlar.
Qadimgi yunon madaniyati inson badiiy tafakkurining shunday chо‘qqisiga chiqqanki, butun Yevropa xalqlari о‘z madaniyatlarini taraqqiy ettirishda mazkur xalq madaniyatiga etalon sifatida qaraganlar. Hatto diniy mutaassiblik hukmronlik qilgan О‘rta asrlarda ham Yevropa madaniyati qadimgi yunon madaniyatidan kuch olgan.
Uyg‘onish davrida esa Yevropa xalqlari antik davr (“antik” sо‘zi lotincha sо‘zdan olingan bо‘lib, “qadimgi” degan ma’noni anglatadi) madaniyatidan madad olib butun Yevropani chulg‘ab olgan mutaassiblik va xurofotga qarshi kurashganlar.
Qadimgi yunon madaniyatining taraqqiyot bosqichlari tо‘g‘risida tо‘liqroq tasavvurga ega bо‘lish uchun uni davriylashtirib о‘rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki, har bir tarixiy madaniy bosqichda bir-biridan farqlanib turadigan mazmunan boy va g‘oyaviy jihatdan mukammal madaniy boyliklar yaratilganligi kо‘zga tashlanadi.
Qadimgi yunon madaniyatini о‘rganar ekanmiz quyidagi bosqichlarning madaniy hayoti va ma’naviy-badiiy tafakkurining asosiy jihatlarini tahlil qilamiz.
1.Krit-Mikena yoki Egey madaniyati (mil.avv. III ming yillikdan to mil.avv. XII asrlargacha bо‘lgan davr)
2.Gomer davri madaniyati (mil.avv.XI-VIII asrlar)
3.Arxaika davri madaniyati (mil.avv. VII-VI asrlar)
4.Klassika davri yoki grek demokratiyasi davri madaniyati (mil.avv.V asr IV asrning 40 yillarigacha bо‘lgan davr)
5.Ellinizm davri madaniyati (IV asrning oxiri va I asrlar oralig‘i).
Albatta bu davrlar madaniyatining о‘ziga xos jihatlari, rivojlanish
qonuniyatlari mavjud bо‘lib, umumjaxon, ayniqsa, Yevropa madaniy taraqqiyotida muxim rol о‘ynaydi.
Yuqoridagicha, davriylashtirish shuni kо‘rsatadiki, qadimgi yunon
madaniyati uzoq davrlarni bosib о‘tib rivojlangan va insoniyat madaniya-tining umrboqiyligiga aylangan.
Qadimgi yunonlar о‘zlaridan keyingi avlodlarga shunday madaniy meros qoldirganlarki, bu madaniy boyliklar minglab yillar о‘tsa-da, о‘z jozibasini, nafisligi-yu, nafosatini hanuzgacha yо‘qotmagan va kо‘rgan kishini beixtiyor xayratlantiradi.
Qadimgi yunon madaniyatining yuksalishida Peloponnes yarim oroli О‘rta Yer va Egey dengizlarida joylashgan orollar, shuningdek qadimgi Sharq madaniyatidan baxra olgan Kichik Osiyoning G‘arbiy sohillarida yashagan kо‘pgina qabilalar madaniyati muhim rol о‘ynagan.
Qadimgi yunon madaniyatining dastlabki bosqichi “Krit-Mikena” yoki Egey madaniyati deb nomlanadi. Bu davr madaniyati asosan mil.avv.II ming yilliklarda juda katta yuksalishga ega bо‘lib, bir muncha sodda kо‘rinishda bо‘lsa-da arxitektura, tasviriy san’at haykaltaroshlik va diniy qarashlarda о‘z aksini topgan.
Krit madaniyati mil.avv. III-II ming yilliklarda shakllanish jarayonini
boshdan kechiradi va mil.avv. XVI asrdan boshlab Gretsiyaning quruqlikdagi xududlari, ayniqsa, Mikena madaniyatiga kuchli ta’sir kо‘rsatgan.
Krit orollari va quruqlik-Elladada (Mikena- deb ham yuritiladi)
olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida topilgan kо‘plab ashyoviy dalillar qadimgi yunon madaniyatining qay tarzda rivojlanganligini kо‘rsatadi.
Mazkur bosqichning ,,Krit-Mikena”deb atalishiga asosiy sabab, ingliz
arxeologi A.Evans XIX asrning 90 yillarida Krit orollarida katta qazishma ishlarini olib boradi. Natijada nemis arxeologi G.Shliman tomonidan 1874 yilda Peloponnesning shimoliy-sharqiy qismi - Mikenada topilgan madaniy qatlamdan ham kо‘ra qadimiyroq bо‘lgan madaniy qatlamni ochadi. Shu boisdan, XX asrning birinchi о‘n yilliklaridan boshlab ilmiy adabiyotlarda ana shu ikkala hudud nomidan kelib chiqib, “Krit-Mikena madaniyati” atamasi ishlatila boshlangan.
Taxminan mil.avv. II ming yillikda qurilgan Knos saroyi qoldiqlari
qadimgi Kritda arxitektura, tasviriy san’at ancha rivojlanganligini kо‘rsatadi. A.Evansning kо‘rsatishicha, Knoss saroyi uch va hatto tо‘rt qavatli qilib qurilgan. Saroy markazida xalq yig‘inlari о‘tkazilib turiladigan zal mavjud bо‘lgan. Sopol quvurlar orqali saroyda ishlatilgan tashlandiq suvlar oqizilib turilgan. Saroy binolarining devorlariga о‘simliklar, g‘aroyib hayvonlar suratlari va saroy ahlining hayotini tasvirlovchi rasmlar chizilgan. Krit arxitektorlari yuqoriga kengayib boruvchi ustunlardan ustalik bilan foydalanganlar. Bu esa saroy xonalarining hashamdorligini yanada oshirgan.
Kritliklar madaniyati rivojlanishining asosiy sabablaridan yana biri-kritliklar kо‘proq dengizda suzish uchun kо‘plab qayiqlar, sо‘ngra yirik kemalar qurishga majbur bо‘lganlar. Natijada hunarmandchilik yanada rivojlangan. Boshqa tomondan esa ular kemalarda suzishib Shimoliy Afrika, Misr va Old Osiyo hududlari bilan madaniy va savdo aloqalarini о‘rnatganlar. Mazkur aloqalar natijasida kritliklar Sharqning keng rivojlangan madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bо‘lganlar.
A.Evans qazishmalari natijasida topilgan kо‘plab piktografik va iyeroglif yozuvlar tushirilgan sopol lavhachalar kritliklar о‘z yozuv belgilarini yaratishda mil.avv. III ming yillikda, Shumer, Finikiya, Misrda keng tarqalgan suratli va belgili yozuvlardan foydalanganliklarini kо‘rsatadi. Natijada kritliklar taxminan mil.avv. XVII asrlarga kelib о‘zlarining bо‘g‘in chiziqli yozuvlarini vujudga keltirganlar.
Kritliklarning diniy qarashlari bir muncha sodda kо‘rinishda bо‘lgan. Shu sababli ular yirik-yirik ibodatxonalar qurmaganlar. Diniy topinish markazlari kichik-kichik sajdagohlar va mehroblar shaklida bо‘lgan. Ularning dastlabki diniy qarashlari totemistik kо‘rinishda bо‘lgan.
Keyinchalik Kritda xudo Zevs tо‘g‘risidagi tasavvurlar vujudga kela borgan. Muayyan davr ichida bu tasavvurlar sistemalashib, turli xil afsona-larning paydo bо‘lishiga olib kelgan. Bir afsonada kо‘rsatilishicha, yunon-larning bosh xudosi, mabudlar ma’budi Zevs Kritda tug‘ilgan. Sо‘ngra Zevs dengiz tо‘lqinlaridan о‘tib Finikiya malikasi gо‘zal Yevropani Kritga olib keladi. Ulardan Kritning eng odil hukmdori Minos tug‘iladi.
Mil.avv.II ming yillikdayoq oltin va emaldan mashhur Krit zargarlik buyumlari yasalgan. Kritlik kulollar sopol idishlarni nihoyatda bejirim qilib yasaganlar va ularningtashqi tomonidan о‘simliksimon naqshlar bilan bezaganlar. Shuningdek, kulollar pishiq loydan ma’bud va ma’budalarning, odamlar va hayvonlarning haykalchalarini yasaganlar.
Miloddan avvalgi III-II ming yilliklar davri materlk (quriqlik) uchun ellada davri deb, orollar uchun kiklada davri deb atalgan. Shuningdek, ellada davri mikena davri deb ham yuritilgan.
Mikenadagi kо‘plab saroylarning ichki binolari har xil freskalar (devor yuzasiga tushiriladigan rang tasvir surat) bilan bezatilgan. Shuningdek, ayrim suratlarda urush manzaralari tasviri ham uchraydi. Mikena (Tirinf)da joylashgan shoh Atrey maqbarasi arxeologlar tomonidan о‘rganilganida u yerdan oltin vaza, kabutarlarning bо‘rtma suratlari tushirilgan oltin qadah va boshqa buyumlar topilgan. Bu buyumlar Mikena hunarmandchiligi va xalq amaliy san’ati ham nihoyatda rivojlanganligini kо‘rsatadi.
Umuman, Krit-Mikena davri madaniyati qadimgi yunon madaniyatining sodda kо‘rinishda rivojlanish bosqichi bо‘lib, keyingi davr arxitektura, tasviriy san’at, xalq amaliy san’ati va diniy qarashlarining shakllanishiga samarali ta’sir kо‘rsatgan.
GOMER DAVRI MADANIYATI Miloddan avvalgi XI-IX asrlar odatda Gomer davri deb yuritiladi. Bu davr madaniyatini о‘rganishda Gomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlari qimmatli manba hisoblanadi. Gomerning mazkur dostonlari qadimgi yunonlarni ulug‘lovchi, yuksakliklarga kо‘taruvchi dostonlardir. Chunki, buyuk haykaltarosh Fidiy tasvirlaganidek, “Gomerning “Iliada” dostonini о‘qiganda undagi kishilar obrazi ikki marta ulug‘vor bо‘lib kо‘rinadi”.
Bu davrning Gomer davri deb atalishida Gomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlarida qadimgi yunonlarning о‘ta ulug‘vorlik darajasiga chiqilganligi muhim rol о‘ynagan. Chunki, “Iliada” va “Odisseya” dostonlarida oddiy insonlar xudo darajasiga olib chiqiladi. Yunonistonning oriyat va nomusni inson axloqiy idealining eng yuqori chо‘qqisi deb bilan qahramonlari Troyaga qarshi kurash olib boradilar. Bu urush bosqinchilik urushi emas, balki toptalgan or-nomusni himoya qilish urushi sifatida talqin etiladi. Bu urushda kishilarning ulug‘vor bо‘lib kо‘rinishining yana bir sababi, xudolar va qahramonlarning hamkorlikda jang olib borganliklaridir. Xudolar ham oddiy insonlar singari jangu-jadalda qatnashadi, tarafkashlik urushida tomonlarni qо‘llab-quvvatlaydi. YA’ni, insonlar xudolar darajasiga kо‘tarilib, xudolar esa insonlar darajasiga tushiriladi.
Aql-idrokda qudratli kuch bо‘lgan inson obrazi bu davr madaniyatiga singa boradi. Bu darga kelib, Krit-Mikena davri dunyoqarashida hukmronlik qilgan mifologik obrazlar, ya’ni yirtqich hayvonlar obrazi inson kо‘z о‘ngida о‘z kuchini yо‘qota boradi. Mifologik dunyoqarash sifatida shakllangan hodisalar о‘zining sir-asrorlarini ocha boradi.
Inson tabiatning har bir hodisasiga hukmronlik qiluvchi xudolarning asl mohiyatini anglab yetishga harakat qila boshlaydi. Uning noma’lum bо‘lgan sir-sinoatlariga chuqurroq kirib borishga intiladi. U tabiat kuchlari ustidan sehrlash yoki jodu qilish orqali hukmron bо‘lishga intilmaydi, balki aql-idrokni ishga solib hukmronlik qilishga intiladi.
Bu davrda qadimgi grek dinining asosiy belgilari shakllana boradi. Ular о‘z dinlarini Fessaliya va Makedoniya chegarasida joylashgan Olimp tog‘i bilan Olimp dini, Olimp tog‘ining qorli chо‘qqisini о‘z xudolarining yashash joyi deb hisoblaydilar.
Qadimgi Yunonlarning tasavvuriga kо‘ra, olam dastlab “xaos” (tartibsizlik)dan iborat bо‘lgan. Sо‘ngra, Zevs boshchiligidagi xudolar olamning turli hodisalarini boshqarib, tartibga keltira boshlaganlar. Zevsning avlodlari butun olamga hukmronlik qila boshlaydilar, ya’ni butun koinotni о‘zlarining mulklariga aylantiradilar. Zevs momaqaldiroq hamda bulutlar sultoni, ma’budlar ma’budi bо‘lib qoladi. Uning ukasi Poseydon dengizlar hukmdori, yana bir ukasi Aid oxirat xudosi bо‘lib tayinlanadi. Zevsning rafiqasi Gera osmon ma’budasi, ma’budlar malikasi, homilador ayollar va kelin-kuyovlar rahnamosi hisoblanadi.
Zevsning har bir farzandi ikkinchi darajali ma’bud va ma’budalarga aylanadilar. Ular ham olamning turli xil hodisalariga hukmronlik qila boshlaydilar yoki rahnamolarga aylanadilar. Masalan Gefest – otash ma’budi, temirchilar piri; Ares qonli urushlar ma’budi; Appolon yorug‘lik, san’at, she’riyat va musiqa ma’budi; Artemida qamar ma’budasi, о‘rmon va о‘rmonda yashovchi jonivorlar malikasi; Afina – shaharlar homiysi; Afrodita gо‘zallik ma’budasi; Erot – sevgi ma’budi; Germes – ma’budlar jarchisi, о‘lganlar ruhini oxiratga kuzatib boruvchi; Dionis – bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik xudosi; Demetra- tabiat ma’budasi hisoblangan.
Qadimgi greklarning tasavvuriga kо‘ra, butun tabiatda ilohiy mavjudotlar yashaydi. Chakalakzorlarda driadalar, nimfalar, echki oyoqli satirlar yashasa, dengizda nayadalar va ayol boshli qush – sirenalar hayot kechiradilar.
Qadimgi Yunonistonda xudolarga atab turli-tuman bayramlar tashkil etilgan. Bayramlar diniy xarakterga ega bо‘lish bilan birga insonni jismoniy chiniqtirgan, musiqa, poeziya, qо‘shiq va boshqa san’at turlarining rivojlanishiga ham ulkan hissa qо‘shgan.
Qadimgi yunonlar xudolarga atab tashkil etgan ulkan bayramlardan biri – Olimpiada о‘yinlaridir. Olimpiada о‘yinlari har tо‘rt yilda bir marta ma’budlar ma’budi Zevs sharafiga о‘tkazilgan. Birinchi Olimpiada о‘yini miloddan avvalgi 776 yilda о‘tkazilgan. Olimpiada о‘yinlari Peloponnesning Shimoli G‘arbida joylashgan Olimpiya shaharchasida о‘tkazilgan. Olimpiada о‘yinlari tantanali namoyish va qurbonlik qilish bilan boshlangan. Dastlab olimpiadachilar faqat yugurish bо‘yicha musobaqalashgan. Vaqt о‘tishi bilan olimpiada о‘yinlariga kurash, pentatlon (yugurish, uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, nayza otish va kurashdan iborat besh kurash), mushtlashish jangi hamda aravalar poygasi kiritilgan.
Olimpiya о‘yinlari kunlari dramaturglar, shoirlar, ashulachilar va sozandalar ham bahslashganlar, о‘zlari yaratgan asarlarni yig‘ilgan xalq hukmiga havola qilganlar.
Umuman olganda, olimpiya о‘yinlari singari bayram musobaqalari qadimgi yunon madaniyati, adabiyoti va san’atining keng kо‘lamda rivojlanishida ham muhim rol о‘ynagan, ijodkorlarning haqiqiy minbariga aylangan.
Qadimgi yunon madaniyati taraqqiyotida yunon yozuvining ahamiyati ham beqiyos katta bо‘lgan. Yunon yozuvi mil. avv. IX-VIII asrlarga kelib finikiya-liklar alifbosidan foydalanish asosida vujudga kelgan. Qadimgi yunonlar finikiyaliklarning faqat undosh tovushidan iborat bо‘lgan 22 harfidan о‘zgartirilgan holda foydalanganlar, ya’ni greklar о‘z alifbolariga unli tovushlarni qо‘shib, 24 harfdan iborat о‘z alifbolarini tuzganlar. Qadimgi yunon yozuvining ahamiyati, shundaki, slavyan alifbosi grek alifbosi asosida tashkil etilgan.
Gomer davri arxitekturasi va san’atida yuqori badiiy taraqqiyotga erishilmagan bо‘lsa-da, diniy e’tiqodlar bilan bog‘liq bо‘lgan terrakota haykalchalar (ma’budlarning kichik haykalchalari) yog‘och va toshdan ishlangan qо‘pol sanam va butlar ishlangan.
Bu davrda hunarmandchilik, kulolchilik va u bilan bog‘liq bо‘lgan vazaga gul solish san’ati ravnaq topgan. Vazalar va boshqa sopol idishlar yuzasiga geometrik naqshlar ishlana borgan.
Xulosa qilib aytganda, Gomer davri madaniyati – umumyunon madaniyatining kо‘zga yaqqol tashlanib turadigan bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu davr madaniyati, birinchidan, sistemalashgan diniy qarashlarning vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. Dastlab xaosdan iborat bо‘lgan olam hamda barcha voqea va hodisalarni tartibga solib turadigan о‘ziga xos diniy dunyoqarash shakllangan. Ikkinchidan, diniy dunyoqarashga bog‘liq bо‘lgan turli xil marosimlar, bayramlar tarkib topa boradi. Birgina olimpiya о‘yinlari yoki Dionisga bag‘ishlangan bayram marosimlarini olib qarasak, ular diniy qarashlar natijasida vujudga kelganligini kо‘ramiz. Tasavvurdagi xudolar, ularning tashqi kо‘rinish – kо‘rkamligi, kuch-qudrat ufurib turadigan tashqi qiyofasi tо‘g‘risidagi tasavvurlar, dastlab umum Yunonistonga, sо‘ngra butun Ellinistik dunyoga keng tarqalgan olimpiya о‘yinlarining vuduga kelishi va rivojlanishiga olib keldi. Uchinchidan, xalq og‘zaki ijodining rivojlanishi yozma adabiyotning paydo bо‘lishiga sabab bо‘ldi. Bu esa о‘z navbatida voqea hamda hodisalarni mifologik tarzda tasvirlashdan realistik tarzda ifodalashga olib keldi.