Мадан.наз.ва.тар.ўқув.қўл. янги вариант. 11.12.22. (восстановлен) (восстановлен)
19-mavzu.Qadimgi Xitoy madaniyati.va san’ati. (2 soat) Reja: 1.Qadimgi xitoy hududidan topilgan ibtidoiy davrga oid manzilgohlar.
2.Qadimgi xitoyliklarning diniy qarashlari.
3.Qadimgi xitoyda falsafiy tafakkurning ravnaqi. Konfusiy va
Daotsizm ta’limotlari.
4.Qadimgi xitoyliklarning jahon ilm-faniga qо‘shgan hissalari.
5.Qadimgi xitoy san’ati va arxitekturasi.
Xitoy — sivilizatsiya ilk bor paydo bо‘lgan tо‘rt mamlakatning biri bо‘lib, qadimgi Misr, Bobil va Hindiston qatorida turadi. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, mamlakatda besh mingta tarixiy va madaniy yodgorliklar mavjud. Miloddan oldingi uchinchi ming yillikda xitoyliklar qizil, oq, safsar rangli sopollar ishlab chiqarganlar. Sopollarga tо‘rtburchak, tо‘lqinsimon shakllar solganlar. Xitoy madaniyatidan qolgan eng noyob yodgorlik — xitoy alifbosidir. Xitoy yozuvi “iyeroglif” deb ataladigan belgilardan iborat bо‘lib, 50 ming belgidan, ya’ni iyerogliflardan iborat. “Iyeroglif” termini yunoncha bо‘lib, “toshga о‘yib yozilgan muqaddas belgi” degan ma’noni bildiradi. Bundan tashqari, 1958 yili xitoy tilining lotinlashgan alifbosi ham qabul qilingan.
Kundalik hayotda 4–6 ming belgi ishlatiladi. Hozirda yaxshi ma’lumoti bor xitoylik 6–8 ming belgini biladi. Gazetani о‘qiy olish uchun 3–5 ming belgini bilish kerak bо‘ladi.
Alifbo Xitoy madaniyatidan eng noyob merosdir. “Madaniyat” sо‘zi xitoychada “ven–xua” deb aytilib, “savodli bо‘lmoq” ma’nosini bildiradi. Xitoy iyerogliflarining xizmati shundaki, millat о‘z merosini saqlashga va yoyishga, davlatni markazlashtirib, mustahkamlashga imkon berdi. Xitoy rahbariyati iyeroglif yozuvni xitoy millati va madaniyati birligi uchun kafolat sifatida qaraydi. Xitoy iyerogliflari yana husnixat estetikasi uchun ham asosdir.
Qadimgi Hindiston kabi, qadimgi Xitoy ham Sharqda yirik о‘choklardan biri bо‘lgan. Eramizdan 2000 yil ilgari bu yerda ham dehqonchilik keng taraqkiy etib, sug‘orish ishlari ancha rivojlanadi. Bu yerda ham metaldan, xususan, temirdan mexnat kurollari ishlab chiqarish avj oladi.
Qadimgi xitoyliklar boshqa Sharq mamlakatlari kabi о‘zining qadi-miy va kо‘p qirrali madaniyatiga ega bо‘lgan.
Arxeologik qazishmalar Xitoy hududlarida odamlar qadimgi tosh davridayoq yashaganligini kо‘rsatadi. Pekin yaqinidagi Chjoukoudyan g‘oridan 40 taga yaqin “sinatrop” (xitoy odami) qoldiqlari topilgan. Topilgan ibtidoiy odamlarning suyaklari eng qadimgi odam suyagiga juda yaqin bо‘lganligini kо‘rsatadi. Bu odamlar quyi paleolit davrida yashagan, yirtqich hayvonlarni ovlab, turli narsalarni yig‘ib kun kechirganlar, olovdan foydalanganlar, oddiy tosh ov va mehnat qurollarini yarat olganlar.
Xitoyning boshqa hududlarida neolit davriga oid bir qancha manzilgohlar topilgan. Erta neolit davriga oid manzilgohlardan suyak va tosh qurollar topilgan.Sо‘ngi neolit davriga kelib esa, sinantroplar ovchilik qilishda bir muncha yirik qurollar, masalan, boltalar, shuningdek, о‘q va nayza uchlaridan foydalana boshlaganlar. Shuningdek, toshga jilo berishni о‘rganganlar. Mehnat qurollarining bu shaklda tayyorlana olishi qadimgi dehqonchilikka о‘tish uchun imkoniyat yaratgan. Shuningdek bu davrda yorg‘uchoqlar, jilo berilgan tosh asboblar (pichoq va boltalar), о‘q uchlari va kamonlarni ishlatish, hamda ayrim hayvonlarni, masalan, it va chо‘chqa va keyinchalik chorvachilikning rivojlanishiga zamin bо‘lgan boshqa hayvonlarni xonakilashtirish yо‘lga qо‘yilgan. Savat tо‘qish, mato tо‘qish va suyak nina bilan kiyim tikish, sopoldan turli xil idishlar yasash qо‘lga kiritilgan.
Yan-shao (Xenan)da о‘tkazilgan arxeologik qazishlar bu yerda tosh boltalar, poyteshalar, pichoqlar, о‘q uchlari, bug‘u shoxidan qilingan boltalar, sopol va tosh yaarxlari, suyakdan bigiz, toshdan yasalgan yorg‘uchoqlar, donni saqlash uchun о‘ralar qazish, chiroyli qilib ishlangan xilma xil sopol idishlar topilgan. Demak, bu о‘sha davrda kulolchilik ancha rivojlana boshlaganligini kо‘rsatadi. Sholi ekish yо‘lga qо‘yilib, boshqa qabilalar bilan mahsulot almashish yо‘lga qо‘yilgan. Sо‘nggi neolit davriga kelib esa, hо‘kiz, ot, qо‘y, it va chо‘chqa boqish hamda ularni kо‘paytirish imkoniyati kengaygan.
Mil. Avv. III ming yillik о‘rtalariga kelib, dehqonchilik va chorvachilik odamlarning asosiy mehnat faoliyatiga aylangan.
Yanshao (Xenan)da olib borilgan qazishma ishlari odamlar tesha bolta sopol buyumlar, jumladan, uch oyoqli idishlardan foydalanganliklarini aniqlab berdi. Yanshao odamlari sholi ekib, qо‘shni qabilalar bilan mol
aiira boshlab savdo-sotiqni rivojlantirganlar.
Mil.avv.XVIII asrlarga kelib, Xuanxe (Sariq daryo)ning havzasida dehqonchilik nihoyatda rivojlanib, ishlab chiqarish kuchlari taraqqiy etgan. Natijada ilk Shan (In) quldorlik davlati paydo bо‘lgan.
“Xitoy” yoki “xitoylik” atamasi mazkur о‘lkada yashagan xalqning о‘z asl nomi emas. “Xitoy” atamasi aslida qadimgi turkiylarning “kidan-qitay” sо‘zidan olingan bо‘lib, keyinchali mazkur atama muomala vositasi bо‘lib qolgan.
Hozirgi xitoy xalqi о‘zini hech qachon “xitoy” yoki “xitoylik” deb atamagan. Yevropaliklar esa bu yerni antik davrdagi lotincha “sinae”, sо‘ng xususan fransuzlar “chine” va inglizlar “china” degan sо‘z-atama bilan nomlaganlar.
Aslida, tarixiy xitoy manbaidagi xabarga muvofiq uzoq о‘tmishda xitoyliklar lug‘aviy jihatdan “ulug‘” ma’nosida “sya” (shya) deb ataladi. Bu atama Fenshuy daryosi quyidagi joy nomi “sya” tomonidan transformatsiya (о‘zgarishga uchragan) qilingan. (Qarang:N.Nizomiddinov.Qadimgi Xitoy tarixi, diniy e’tiqodi va madaniyati. Toshkent. 2014 yil,6-bet).
Aslida “xitoy” atamasi hozirgi davlat va xalq nomidan kelib chiqqan emas. “Xitoy” atamasi qadimda Hozirgi Xitoy Xalq Respublikasining shimoli-sharqiy qismi bо‘lmish Manjuriyada yashagan va keyinchalik G‘arbga qarab kо‘chgan “qiton” (kidon) xlqi nomidan kelib chiqqan. Musulmon manbalarija ushbu atama xitoy, qton, xatay, Yevropa adabiyotlarida esa, “catay”, “cata”, “cfthai” deb yozilgan.Hozirda esa, Xitoy aholisi “xanzu” deb ataladi. (Qarang: Ablat Xо‘jayev. Buyuk ipak yо‘li: munosabatlar va taqdirlar. Toshkent. 2007 yil. )
Qadimgi Xitoy qadimgi Misr, Mesopotamiya va Hindiston singari о‘z yozuvi va adabiyotiga ega bо‘lgan mamlakatdir. Qadimgi xitoyliklar taxminan miloddan avvalgi 3,5-4 ming yil ilgari о‘zlarining yozuvlarini yaratganlar. Ularning yozuvi ham misrliklarniki singari rasm-belgilar – iyerogliflar-dan iborat bо‘lgan. Har bir iyerolif-belgi butun bir sо‘zni ifoda etgan.
Bir kichik shoxcha belgisi "daraxt", ikkitasi "о‘rmon“, uchtasi esa "chakalakzor“ kabi ma’nolarni bildirgan. Xitoyda dastlabki yozuv miloddan avvalgi II ming yillikda, ya’ni Shan-In davrida kashf etilgan. О‘shanda iyerogliflar soni 2000 ga yaqin bо‘lgan. Xan davrida esa iyerogliflarning soni о‘n sakkiz mingta atrofida bо‘lgan.
Xitoy yozuvlari asrlar mobaynida ayrim о‘zgarishlarga duch kelgan. Ammo u о‘zining asosiy belgilarini hozirgi zamongacha saqlab qolgan. Xitoyliklar xatni dastlab suyak, yog‘och. chо‘p, teri va bambuk tanasidan tayyorlangan maxsus taxtachalarga yozganlar.
Miloddan avvalgi IV—III asrdan boshlab esa ipakdan tayyorlangan shoyi parchasiga yozishgan. Miloddan avvalgi I asr va milodiy I asr chegarasida xitoylar qog‘ozni kashf etishgach, yozuvlarni ana shu qog‘ozlarga о‘ngdan chapga tomon ustunlar tariqasida yuqoridan pastga qarab yozishgan. Yozuvni yozishda bо‘yoq chо‘p, qush patlari va chо‘tkachalardan foydalanilgan,
Qog‘ozni bambuk, latta va pо‘stloq aralashmasidan tayyorlaganlar. Tarixiy manbalarga kо‘ra, Xitoyda qog‘ozni milodiy II asrda yashagan Say Lungo degan kishi ixtiro qilgan degan taxminlar mavjud. Milodiy yilning birinchi asridayoq qog‘oz barcha yozuv vositalarini siqib chiqargan va kundalik hayotda keng qо‘llanilgan. (Qarang: A.Kabirov. Qadimgi Sharq tarixi. Toshkent. «Tafakkur. 2016 yil, 321-bet)
Diniy qarashlar. Xitoyliklarning diniy qarashlari boshqa Sharq xalqlari diniy e’tiqodidan farqlanib turadi. Xitoyliklarning diniy qarashlari markazida tabiat va uning hodisalarini ilohiylashtirish emas, balki, (Xitoy diniy falsafasining asosiy xususiyati - diniy qarashlardagi asosiy e’tiborning) ijtimoiy etika, ya’ni inson va jamiyat о‘rtasidagi munosabatlar, jamiyatni boshqarishda axloqiylikning о‘rni va roliga alohida e’tibor beriladi. Ular turmush sirlari, hayot va о‘lim muammolari ustida kо‘pam bosh qotirib о‘tirmaydi. Uning kо‘z о‘ngida fozilikka erishining yо‘llari, fozillikning buyuk timsoli turadi. Shu boisdan ham har bir xitoylik fozillikka erishish yо‘llari ustida bosh qotiradi, unga erishini muqaddas burch deb hisoblaydi. Agar hindlarning etnopsixologiyasidagi xarakterli jihat zohidlikka, yogaga va zohidona rohiblikka, shaxsni asbsolyut bilan qо‘shilib ketish istagi (nirvana)ga eltuvchi va shu bilan uning abadiy ruhini moddiy qobiqdan xalos qiluvchi introvertlik (shaxsning ijtimoiy aloqalardagi bosiqligi, yopiqligi, tortinchoqligi xayolchanligi) bо‘lsa, xitoylik barchasidan moddiy qobiqni, ya’ni о‘zining hayotini qadrlaydi. Xitoyliklarning milliy asixologiyasida ekstrovertlik (kirishimlilik, ijtimoiy faol pozitsiyada turuvchi shaxs) alomatlari ustunlik qiladi.
Xitoyda odamlarni narigi dunyo azoblaridan qutulish va abadiy rohat-farog‘atga intilish emas, bu dunyoda umumiy umum tomonidan qabul qilingan meyorlar asosida munosib hayot kechirish kо‘proq qiziqtiradi. Bunda xitoyliklarning ijtimoiy va oilaviy hayotini belgilovchi ustuvor jihat deterministik (aql-idrok bilan ish tutish), ya’ni insonning axloqiy hatti-haraktlarining sabablari va ular keltirib chiqaradigan oqibatlar tо‘g‘risidagi qarash ustunlik qiladi. Ularning diniy qarashlari obyektini shaxs qiyofasidagi xudo emas, balki, Buyuk osmon, ya’ni insonga nisbatan talabchan va befarq oliy bosh umumiylik tashkil etadi.
Buyuk osmon noqobillarni jazolaydi va ezgu niyatlarni mukofotlaydi, ya’ni u Aql-idrok, Adolat va Ezgulikning buyuk timsoli hisoblanadi.
Qadimgi Xitoy dinining azaliy tamoyillaridan yana biri, butun mavjudotni iki ibtidoga – in va yanga ajratish hisoblanadi. Yan yorug‘lik, yorqinlik, mustahkamlik va kuchlilik kabi sifatlar bilan bog‘liq holda, ya’ni ijobiy sifatlar shaklida tasavvur qilinsa, in esa ayollik timsoli hisoblanib, oy bilan bog‘liq holda tasavvur qilinadi va barcha qorong‘ulik, zimiston va kuchsiz sifatlar bilan ibtidosi shaklida talqin qilinadi.Ikkala ibtido ham bir-biri bilan uzviy bog‘langan, uyg‘un tarzda bir-biriga ta’sir kо‘rsatadi va tashqi olam ana shu ta’sirning natijasi hisoblanadi. (Qarang: Ergashev SH. Qadimgi sivilizatsiyalar. Toshkent. “O”BEKISTON”. 2016 y. 220-221-betlar.)
Qadimgi Xitoylar dastlab ota-bobolar ruhini ilohiylashtirganlar. Butun mavjudotning otasi hisoblan gan Nyuyva olam va odamzotni yaratgan.
Shuningdek, qadimgi xitoylar quyosh, oy, sayyora va yulduzlarni, tog‘lar va daryolarni muqaddaslashtirganlar. Masalan,Xuanxe daryosining toshib kishilarga kо‘plab talofatlar keltirib turishini “sariq ajdar”ga qiyoslaganlar. Shu bois unga qurbonliklar berib turganlar. Bu tasavvur suv ofatiga qarshi kurashuvchi dehqonchilikka homiylik qiluvchi imperator Xuande obrazini ilohiylashtiriga olib kelgan. Xitoyliklarning tasavvuriga kо‘ra Xuan Di (sariq podsho)suv ofatiga qarshi kurashish uchun osmondan qurg‘oqchilik mabudasini yerga tushiradi suv ofatining oldini oladi.
Qadimgi xitoyliklarning dastlabki falsafiy qarashlari mil. Avv. IX-VIII asrlarda yaratilgan “I-sin” („О‘zgarish kitobi) beriladi Bu asarda butun borliqning asosini besh xil element- metall, yog‘och, suv, olov va tuproq tashkil etishi kursatib о‘tiladi.
Mil.avv. I ming yillik о‘rtalariga kelib Xitoy faylasufi Kun Szi (mil.avv.551-479) konfusiy ta’limotiga asos solgan. Kun szi о‘z falsafiy qarashlarini “Aforizmlar” asari orqa ilgari suradi. Uning falsafiy ta’limotidagi asosiy urg‘u patriarxal davr axloqiy an’analarini saqlab qolishga qaratilgandir. Kishi xarakteridagi yuvvoshlik, itoatkorlik, о‘zidan kattalar, amaldorlarga sо‘zsiz bо‘ysunish, ya’ni xо‘jayin xо‘jayinligicha qolishi, kichiklarning kattalarga bо‘ysunishi zararuligi masalasi ilgari suriladi. Konfutsiy ta’limotiga kо‘ra, “odamlarning barchasi tug‘ma xususiyatlarga kо‘ra, bir-biriga о‘xshaydi. Tug‘ilganidan keyin hosil qilinadigan xususiyatlariga qarab esa, bir-biridan farqlanadilar. Faqat eng ulug‘ odam bilan uchiga chiqqan ovsargina hech qachon о‘zgarmaydi. Demak, tobeni xо‘jayinga, о‘g‘ilni otaga, kichikni kattaga, fuqaroni amaldorga о‘ysundirish uchunayuvvoshlik ruhi singdirilishi kerak”.
Shuningdek, Konfutsiy qadimgi Xitoyda insonparvarlik (jen)g‘oyalarini birinchi bо‘lib ilgari suradi. Uningcha, insonlar о‘rtasidagi о‘zaro hurmat va muhabbat hukmron bо‘lishi zarur. Mazkur ta’limotga kо‘ra, davlat tepasida aqlli odamlar turishi kerak va ular о‘z xatti-xarakatlari, xulq-atvorlari bilan butun xalqqa о‘rnak bо‘lishlari zarurligini ta’kidlaydi.
Konfutsiy ta’limoti insonning aqlli mavjudot sifatidagi axloqiy fazilatlariga alohida e’tibor bilan qaraydi. Mazkur ta’limotga kо‘ra, avvalo, insonning axloqiy fazilatlari samoviy qudrat tomonidan belgilab qо‘yiladi, lekin inson о‘zida umuminsoniy axloqiy fazilatlarni mujassamlashtira olsa, komil inson darajasiga kо‘tarilishi mumkin. Buning uchun inson ijtimoiy axloq meyorlari hisoblangan “Li” ga amal qilishi zarur. “Li”ga amal qilgan inson о‘zida umuminsoniy axloqiy fazilatlar – samimiylik, adolatgо‘ylik, odamiylik, rosgо‘ylik, xushmuomalalik, kamtarlik e’tiqodda mustahkamlik kabilarni mujassamlashtiradi.
Konfutsiylikda kohin – dindor shaxsning mavjud emasligi, marosimlarning uy sharoitida, ya’ni ajdodlar timsoli “chju”ga uy sharoitida topinishning qulayligi uning din sifatida keng tarqalishiga olib kelgan.
Xitoyning yana bir mutafakkiri Lao asos solgan daosizm mil.avv. VI asrda Xitoyda keng tarqalgan diniy-falsafiy oqimlardan biri bо‘lgan. Mazkur ta’limotga kо‘ra, “dao” olamning vujudga kelishidagi asosiy sabab bо‘lib, uning mohiyatini tashkil etadi. Lao szi (daosizm oqimining asoschisi )ning fikriga kо‘ra, “Dao” tabiiy yо‘l bо‘lib, tashqi dunyo, undagi barcha narsalar, о‘simliklar, jonivorlar, shu jumladan odamlar ham ana shu yо‘ldan borishi lozim. Daosizm diniy-falsafiy ta’limotida kohinlar muhim rol о‘ynaydi.
Daosizm milodiy V asrga kelib rasmiy diniy ta’limotga aylanadi.
Daosizm ta’limotida dunyoning moddiy negizlari tо‘g‘risida fikr yuritilib, narsalarning abadiy harakati, о‘zgarib turishi, qarama-qarshilikka egaligi, harakatlarning ichki qonuniyatlar asosida rо‘y berishi tо‘g‘risidagi tushunchalar ilgari suriladi.
Shuning uchun mazkur diniy-falsafiy oqimda davlat va uni boshqarish tо‘g‘risida fikryuritilib, xalqni ma’naviy ma’naviy qashshoqlikda saqlash davlatni boshqarishning asosiy sabablaridan biri ekanligi ta’kidlanadi. Bilimdon xalqni boshqarishning qiyinligi, bilimga tayanib mamlakatni idora qilish baxtsizlikka olib kelish, bilimni ishlatmaslik mamlakatga baxt keltirishi mumkinligi g‘oyasi ilgari suriladi.
Qadimgi xitoy falsafasida milodning 27-97 yillarida yashab ijod etgan faylasuf Van Chunning “Tanqidiy mulohazalar” deb nomlangan asari ham muhim о‘rini egallaydi. Mazkur asarda bilish nazariyasiga alohida e’tibor berilib, bilish qobiliyati yuksak darajada rivojlangan insonga xos xususiyatligi, tug‘ma bilishning yо‘qligi, kо‘z kо‘radigan, quloq eshitadigan, hid biladigan va boshqa sezgi a’zolari sezadigan narsalargina bilimning manbai ekanligi kо‘rsatib о‘tiladi.
Van Chunning fikriga kо‘ra, tabiatdagi о‘zgarishlar ongli faoliyat natijasi emas, balki tabiiy qonuniyat, suyuqlanish va quyuqlanish natijasidir. Ongli faoliyat faqat insonga xosdir, ruh va organizm birdir. Organizm о‘z faoliyatini tо‘xtatgacha, ruh ham sо‘nadi.
Xitoy yozuvi 1 dan 28 gacha bо‘lgan standart chiziqlardan iboratdir. Bu yozuv uslubi milodiy 1 asrda ishlab chiqilgan. Xitoy yozuvida 5 mingdan iboratbо‘lgan belgilar mavjud. Hozirgi xitoy tilida 4-7 ming atrofidagi belgilardan qо‘llaniladi.
Eng qadimgi xalq qо‘shiqlari tо‘plami hisoblangan “Shi szin” (“Qо‘shiqlar kitobi”) taxminlarga kо‘ra, mil. Avv. XII-VII asrlar oralig‘ida yaratilgan bо‘lib,unda Xitoy xalqining urf-odatlari, mehnat va marosim qо‘shiqlari joy olgan. Ba’zi qо‘shiqlarda afsonaviy ohanglar xalqning chinakam tarixiy voqealariga qо‘shilib ketsa, ayrimlarida xalq tomonidan sevib ardoqlangan qahramonlarning jasorati madh etiladi, boshqalarida esa, podosh va amaldorlar kо‘klarga kо‘tarilib maqtaladi.
Qadimgi xitoylar umumjahon tabiiy fanlari taraqqiyotiga ulkan hissa qо‘shganlar. Xityda matematika, geometriya rivojlangan. Tо‘g‘ri burchakli uch burchakning xususiyatlari ma’lum bо‘lgan. Gepotenuzaning kvadrati katetlar yig‘indisiga tengligi hal qilingan.
Astranomik kuzatishlar Shan (In)davridayoq boshlangan bо‘lsa, Chjan Go zamoni (mil.avv.IV-IIIasarlar)da nihoyatda aniqlikka ega bо‘lgan 365 kunlik taqvim ishlab chiqilgan. Sayyoralar va yulduzlar harakatini tо‘g‘ri kuzatish Quyosh va Oynining tutilishini oldindan aytib berish imkoniyatini bergan. Masalan, mil.avv. 720 yilga oid ayrim yozma manbalarda Quyoshning tutilishih davriyligi kо‘rsatib о‘tilgan bо‘lsa, mil.avv. 20 yillardagi yozma ma’lumotlarda Quyoshda dog‘ borligi ta’kidlanadi.
Xitoy olimi Chjan Xen dunyoda birinchi bо‘lib, yer qimirlashining epitsentri (markazi)ni kо‘rsatuvchi seysmografni yaratgan bо‘lsa, Nanchun Sho yer meridiani gradusi uzunligini о‘lchagan. Dunyoda birinchi bо‘lib, Xitoyda porox ishlab chiqarishda selitradan foydalanishgan. X asrda birinchi mushakbozlik raketalari tayyorlangan.
Milodiy II asrda qog‘oz ishlab chiqarila boshlangan bо‘lsa, V-VI asrlardan boshlab kitob chop qilish yо‘lga qо‘yilgan. VII asrda ,,Di bao” (,,Poytaxt axboroti”) nomli gazeta chiqa boshlagan. Shuningdek, xitoylar dunyoda birinchi bо‘lib, masofani о‘lchovchi spidometr va yer qutblarini kо‘rsatuvchi komposni ixtiro qilganlar.
VII–XIII asrlarda xitoyliklar rassomchilikni san’atning muhim kо‘rinishlaridan biri sifatida hurmat qilganlar. Bu davrdan saroy devorlariga, ibodatxonalarga solingan suratlar, miniatyuralar saqlangan. Bir necha metrli о‘rama qog‘ozlarda shahar va saroy hayoti, tabiat, portret, maishiy hayot tasvirlangan. Rassomlar guruchdan qilingan qog‘oz va ipakdan foydalanganlar.
Qog‘oz bilan birga xitoyliklar birinchi bо‘lib choy, chinni, porox, soyabon, muzqaymoq, ipak va gugurtni о‘ylab topib, dunyo bо‘ylab tarqalgan. Besh ming yil ilgari ilk bor dunyoda beton quyish texnologiyasini ishlab chiqqanlar. Gansu viloyatidagi arxitektura kompleksi shundan dalolat beradi.
Samo ibodatxonasi (1420 yilda qurilgan) Pekinning о‘ziga xos ramzidir. Bu ibodatxona dumaloq shaklda qurilgan bо‘lib, uch qavatli tomi bor. Aslida bu ibodatxona imperator sayr qiladigan о‘rama park bо‘lgan edi. Ibodatxona poydevorining diametri 30 metr, balandligi 38 metr. Ibodatxonaning yana bir diqqatga sazovor tomoni shuki, devor aks-sado beradi va bir tomondan ikkinchi tomonigacha ovoz yoyiladi.
G‘or ibodatxonalar ham Xitoy arxitekturasining e’tiborga loyiq tomonlaridandir. Asosan, tog‘larni о‘yib g‘orlarda barpo qilingan budda ibodatxonalari tarixi 1000 yildan nariga borib taqaladi.
G‘or ibodatxonalari orasida Gansu viloyatidagi Dunxuan shahrida barpo qilingan ibodatxona qadimgi Sharq san’atining xazinasi deb nom olgan. Bu ibodatxona Minshaman shahri etagidagi qoyaga о‘yilgan, uzunligi 1600 metr. Bu ibodatxonalar Mogao ibodatxonalari kompleksi deyiladi.
Ibodatxona qurilishi milodiy 360 yilda boshlanib, uzluksiz ravishda 700 yil davom etgan. Buyuk ipak yо‘li shu yerdan о‘tgan. Ibodatxona qurilishida savdogarlar, amaldorlar, oddiy odamlar ishtirok etganlar, nazrlar ataganlar. Ibodatxona kompleksida 735 g‘or, 45 ming kvadrat metr devor suratlari, 2415 ta turfa rangdagi haykalchalar saqlangan. Bu yodgorliklar 10 sulola hukmronligi davrida barpo bо‘lgan. 1988 yili YUNESKO qarori bilan mazkur ibodatxona kompleksi jahon madaniy merosi sifatida rо‘yxatga olingan.
Xitoy arxitekturasi Yaponiya, Koreya, Janubi–Sharqiy Osiyo mamlakatlari arxitekturasiga kuchli ta’sir etgan.
Qadimgi xitoyliklarning eng muhim va nodir arxitektura yodgorliklaridan yana biri, Buyuk Xitoy devoridir. Buyuk Xitoy devori mil.avv. IV- III asrlarda shimolda yashagan Xun (turkiy) qabilalar taxdidi va hujumidan saqlanish maqsadida qurilgan. Imperator sin Shi Xuandi Xitoyning shimol va shimoli-sharqiy chegaralarida uzunligi besh ming kilometrdan uzoq bо‘lgan Buyuk Xitoy devorini qurdiradi. Bu devorning qurilishida Min Tyan armiyasidan ajratilgan uch yuz ming askar harbiy asrlar, turli xil jinoyatchilar va qullardan iborat ikki million kishini ishlatadi.
Devorning balandligi 6,6 metr, ayrim joylarida 10 metrgacha, qalinligining pastki qismi 6,5 metr, ustki qismi esa 5,5 metrni tashkil etadi. Devor о‘n yil mobaynida qurilgan. Buyuk Xitoy devori granit toshlar, xom g‘isht va loydan qurilgan bо‘lib, har 60- 100 metr masofaga minoralar о‘rnatilgan.
Shahar qurilishi ham aniq reja asosida amalga oshirila boshlanadi. Shaharlarning atrofi zovur va qalin devorlar bilan о‘rab olinadi. Imperator saroyi esa, minora va darvozali qilib qurilgan mustahkam devorlar bilan о‘rab olinadi va ,,Berk shahar”nomini oladi.
Tan (618-907 yillar)va Sun (930-1279 yillar) imperiyalari davrida minoralar qurilishi va tasviriy san’atda bir qator muvaffaqiyatlarga erishiladi. Masalan, Tan davrida umumiy balandligi 60 metrli Dayanta minorasi quriladi. Minoraning kvadrat shaklidagi tag qismining har bir tomoni 25 metrdan iborat. Minora yetti yarus(pog‘ona)ga ajratilgan bо‘lib eng yuqori qismi stupa bilan tugallangan.
Budavrda shaharlarning maishiy hayotiga bag‘ishlangan tasviriy san’at asarlari, shuningdek, ,,Gul va qushlar”janri yuksaladi. Parda, yelpig‘ich kabi buyumlarga qush, о‘simlik, hasharotlarning tasvirlarini tushirish avj oladi.
Qadimgi xitoy ta’lim tizimiga e’tibor berilsa, miloddan avvalgi IV asrdayoq, ya’ni buyuk mutfakkir Konfusiy yashagan davrdayoq ancha mukammallik darajasiga kо‘tarilib ulgurgan edi. Konfusiy “Shu-szi” (“Ma’lumotli kishilar maktabi”)ga asos soladi. Mazkur maktabda tarix (“Shu szin”), poeziya (“Shi szin”), marosimlar (“Li szi”), ehtirom farzandlar qonuni (“Syao-szin”) va musiqa qoidalari (“Yue-szin”) о‘rganilgan. Ta’limning oxirgi bosqichi “О‘zgarishlar kitobi” (“I-szin”) va fol ochish hamda geksogrammalarni ta’riflash qoidalarini о‘rganish bilan yakunlangan.
Geksogrammalar olti qirrali yulduz insoniyat tomonidan ishlatiladigan eng qadimgi ramzlardan biri hisoblanadi. Kо‘pincha, ikkita qarama-qarshi tamoyilning (masalan, ayol erkak) о‘zaro ta’siri g‘oyasi ushbu belgiga kiritilgan bо‘lib, ularning har biri yulduzni tashkil etuvchi ikkita uchburchakdan birini anglatadi.
Bu belgilar о‘zaro qarama-qarshi ma’nolarni, masalan, samo va yerni, erkak va ayolni, jismoniy yoki ruhiy holatni anglatishi mumkin.
Aslida, olti qismli tuzilishlar iborat bо‘lgan geksogrammik belgilar, insoniyatning eng qadimgi davrlarida bir-biriga qarama-qarshi bо‘lgan narsalarni ifodalashda qо‘llanib kelingan. Masalan, osmondagi bulutlarning yomg‘irga aylanishi va yerdagi о‘simliklarga obi hayot baxsh etishi о‘rtasidagi о‘zaro aloqaga bag‘ishlangan bо‘lib, 8 ming yil davomida deyarli о‘zgarmagan va bir xalqdan ikkinchisiga о‘tib ketgan.
Misr va Finikiyada geksammagramik belgilar moddiy va ma’naviy tamoyillar, insoniy (pastga qaragan uchburchak) va ilohiy (yuqoriga qaratilgan uchburchak) muvozanatining ramzini anglatgan.
Aynan, buyuk Konfusiyni о‘zaro bir-biriga qarshi, lekin uyg‘un holatda mavjud bо‘ladigan tabiat va jamiyat qonunlari, masalan, tabiatning sir-sinoatlari va inson hayotiga qarshilik kо‘rsatishi, insonni о‘z qonunlariga moslashib yashashga majburlashi, jamiyatning kо‘zga kо‘rinmas qonuniyatlari va inson hayotining fojiasi kabi masalarning mohiyatini о‘zi tashkil etgan maktabda tahsil oladigan shogirdlari tafakkuriga singdirishga harakat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, qadimgi Xitoy madaniyati boshqa Sharq xalqlari madaniyati ta’siri ostida rivojlanadi va qadimgi Mо‘g‘uliston, Manjuriya, Tibet, Hindi Xitoy mamlakatlari, Koreya va Yaponiya kabi mamlakatlari madaniyati taraqqiyotiga sezilarli ta’sir kо‘rsatgan hamda umumjahon madaniyatining bir qismi sifatida shakllanib borgan. Kо‘pgina aniq fanlar taraqqiyotiga turtki bergan.