Ayol chanog‘I



Yüklə 28,04 Kb.
səhifə4/5
tarix02.05.2023
ölçüsü28,04 Kb.
#106373
1   2   3   4   5
Ayol chanog‘I

KICHIK CHANOQ
Kichik chanoq tekisliklari va olchamlari. Kichik chanoq tug‘ruq kanalining suyak qismi hisoblanadi. Kichik chanoqning orqa devori – dumg‘aza va dum suyaklaridan, yon devorlari – quymich suyaklaridan, oldingi devori – qov suyaklaridan va simfizdan iborat.
Kichik chanoqning orqa devori oldingi devoridan uch baravar uzun. Kichik chanoqning yuqori bo‘limi yaxlit qattiq suyak halqa hisoblanadi. Kichik chanoqning pastki bo‘limidagi devorlari yaxlit emas; ularda yopqich teshiklar va quymich o‘ymalari bor, bular esa ikki juft boylam (dumg‘aza-o‘tkir qirrali o‘siq boylamlari va dumg‘aza-do‘mboq boylamlari) bilan chegaralanadi.
Kichik chanoq kirish qismi, bo‘shlig‘i va chiqish bo‘limlariga ajratiladi. Kichik chanoq bo‘shlig‘ining keng va tor qismi bor. Shunga yarasha kichik chanoqning to‘rtta tekisligi tafovut qilinadi: 1) chanoq kirish tekisligi; 2) chanoq bo‘shlig‘i keng qismining tekisligi; 3) chanoq bo‘shlig‘i tor qismining tekisligi; 4) chanoqdan
chiqish tekisligi.
Chanoq kirish tekisligining chegaralari: oldingi tomonda qov suyaklari va simfizning yuqori chekkasi, ikki yon tomondan — nomsiz chiziqlar, orqa tomondan – dumg‘aza suyagining burni. Chanoq kirish tekisligi buyrak yoki ko‘ndalangiga yotgan oval shaklida bo‘lib, buning o‘ymasi dumg‘aza suyagining burniga mos keladi. Chanoq kirish tekisligida to‘g‘ri, ko‘ndalang va ikkita qiyshiq
o‘lcham tafovut qilinadi. 1. Togri olcham — dumg‘aza suyagining burnidan simfizning ichki yuzasi yuqori qirrasigacha bo‘lgan masofa – akusherlik konyugatasi yoki chin konyugata (conjugata vera) deb ataladi. Yana, anatomik konyugata – dumg‘aza suyagining burnidan simfiz yuqori qirrasining tashqi yuzasigacha bo‘lgan masofa ham ajratiladi; anatomik konyugata akusherlik konyugatasidan biroz (0,3–0,5 sm) kattaroq. Akusherlik konyugatasi yoki chin konyugata 11 sm ga teng. 2. Kondalang olcham — nomsiz chiziqlarning eng olis nuqtalari o‘rtasidagi masofa — 13 sm ga teng. 3. Qiyshiq olchamlar ikkita: o‘ng va chap qiyshiq o‘lchamlarning har biri 12 sm ga teng. O‘ng qiyshiq o‘lcham – o‘ng dumg‘aza-yonbosh birlashmasidan chap yonbosh-qov do‘mboqchasigacha
(tuberculum iliopectinium sinistra) bo‘lgan masofa, chap qiyshiq o‘lcham esa chap dumg‘azayonbosh birlashmasidan o‘ng yonbosh- qov do‘mboqchasigacha (tuberculum iliopectinium dextra) bo‘lgan masofa. Tug‘uvchi ayol chanog‘ining qiyshiq o‘lchamlari yo‘nalishini aniqlash maqsadida M.S.Malinovskiy va M.G.Kushnir quyidagi usulni taklif etishgan (19-rasm). Ikkala qo‘l panjasi kaftini
yuqoriga qilib to‘g‘ri burchak ostida juftlashtiriladi; barmoqlarning uchlari kresloda yotgan ayol chanog‘ining chiqish teshigiga yaqinlashtiriladi.
Chap qo‘l tekisligi chanoqning chap qiyshiq o‘lchamiga, o‘ng qo‘l tekisligi esa o‘ng qiyshiq o‘lchamiga
mos keladi.

Yüklə 28,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin