Chanoq bo‘shlig‘i keng qismining tekisligi oldingi tomondan
simfiz ichki yuzasining o‘rtasi bilan, ikki yon tomondan quymich
kosalarining o‘rta ichki yuzasi bilan, opqa tomondan II va
III dumg‘aza umurtqalarining birlashgan joyi bilan chegaralangan.
Chanoq bo‘shlig‘ining keng qismida ikkita: to‘g‘ri va ko‘ndalang
o‘lcham farqlanadi.
1. To‘g‘ri o‘lcham — simfiz ichki yuzasining o‘rtasidan II va
III dumg‘aza umurtqalarining birlashgan joyigacha bo‘lgan masofa
12,5 sm ga teng.
2. Ko‘ndalang o‘lcham — quymich kosalarining ichki yuzalari
o‘rtasidagi masofa 12,5 sm ga teng.
Chanoq bo‘shlig‘i keng qismining qiyshiq o‘lchamlari yo‘q,
chunki chanoqning bu joyi yaxlit suyak halqadan iborat emas.
Chanoq bo‘shlig‘i keng qismining qiyshiq o‘lchamlari shartli ravishda
(13 sm) hisoblanadi.
Chanoq bo‘shlig‘i tor qismining tekisligi oldingi tomondan
simfizning pastki chekkasi, ikki yon tomondan quymich suyaklarining
o‘siqlari, orqa tomondan dumg‘aza-dum birlashmasi bilan
chegaralangan. Chanoqning tor qismida ikkita: to‘g‘ri va ko‘ndalang
o‘lcham ajratiladi.
1. To‘g‘ri o‘lcham dumg‘aza-dum birlashmasidan simfizning
pastki chekkasiga (qov ravog‘ining uchiga) boradi; 11 sm ga teng.
2. Ko‘ndalang o‘lcham quymich suyaklarining o‘siqlari orasidagi
masofa 10,5 sm ga teng.
Chanoqning chiqish tekisligi oldingi tomondan simfizning pastki
chekkasi, ikki yon tomondan-quymich
do‘mboqlari, orqa tomondan
dum suyagi bilan chegaralangan.
Chanoq chiqish tekisligi ikkita uchburchak
tekislikdan iborat bo‘lib,
uchburchak tekisliklarning umumiy
asosi quymich do‘mboqlarini birlashtiruvchi
chiziq hisoblanadi.
Chanoqdan chiqish tekisligida ikkita: to‘g‘ri va ko‘ndalang o‘lcham
ajratiladi (20-rasm).
1. Chanoq chiqish tekisligining to‘g‘ri o‘lchami dum suyagining
uchidan simfizning pastki chekkasiga boradi; u 9,5 sm ga teng.
Homila kichik chanoqdan o‘tayotganida dum suyagi 1,5–2 sm
uzoqlashib, to‘g‘ri o‘lcham uzayadi va 11,0 sm ga teng bo‘ladi.
2. Chanoq chiqish tekisligining ko‘ndalang o‘lchami quymich
do‘mboqlarining ichki yuzalari orasidagi masofa 11 sm ga teng.
Shunday qilib, chanoq kirish qismidagi eng katta o‘lcham
ko‘ndalang o‘lchamdir. Chanoq bo‘shlig‘ining keng qismida to‘g‘ri
va ko‘ndalang o‘lchamlar teng; shartli ravishda qabul qilingan qiyshiq
o‘lcham eng katta o‘lcham hisoblanadi. Chanoq bo‘shlig‘ining
tor qismidagi va chanoq chiqish tekisligidagi to‘g‘ri o‘lchamlar
ko‘ndalang o‘lchamlardan kattaroq.
Chanoqning o‘tkazuvchi o‘qi (chizig‘
i). Kichik chanoqning hamma tekisliklari
oldingi tomondan — simfizning